Interfaol ta`lim va uning didaktik imkonIyatlari
Aralov Otabek Abduxamitovich.
Sirdaryo viloyati Sardoba tumani 18-umumta`lim maktabi informatika fani o`qituvchisi. Magistr
Telefon: +998932934013
Annotasiya: Uzluksiz ta`lim jarayonini isloh qilishda multimediali interfaol o`quv-uslubiy majmualar yaratish, uni loyihalash usullari, shuningdek, yaratishga qo`yiladigan asosiy psixologik-pedagogik talablar keltirilgan.
Kalit so`zlar: Veb-manba, multimediali dars, multimediali darslik, multimediali kurs.
Bugungi kunda sir emaski, mamlakatimizda barcha sohalar kabi uzluksiz ta`lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish orqali umumta`lim maktablarini yangi sifat bosqichiga ko`tarish shu kunning dolzarb masalalaridan biri bo`lib qoldi. Ta`lim tizimini tubdan isloh qilish, jahon ta`lim tizimiga raqobatbardosh milliy ta`lim tizimini yaratishga juda katta amaliy ishlar olib borilmoqda. Ta`limni rivojlantirish darslarni qiziqarli, amaliy hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni taqazo etmoqda. Ayniqsa, mustaqil ta`lim hamda masofaviy ta`limga e`tibor qaratilayotgani, endilikda o`quvchiga oson va qulay bo`lishi uchun multimediali interfaol o`quv uslubiy majmualar (MIO`UM) yaratish davr talabi bo`lib qolmoqda.
MIO`UM – davlat ta`lim standarti asosida sinflar kesimi bo`yicha fanlarning alohida muhumroq bo`limlariga oid elektron nashr bo`lib, quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Fanning dasturiga mos kelishi va oquv-uslubiy nashrlarga qo`yilgan talablarga javob berishi kerak;
U mutloq yangi yoki birinchi marta e`lon qilinayotgan bo`lishi, shuningdek, umumiy, maxsus va fakultativ darslarga mo`ljallangan bo`lishi ham mumkin;
sinf yoki bo`limning mazmunini ochib berishi, o`quv-uslubiy maqsadga erishish uchun yetarli hajmga ega bo`lishi lozim;
o`quv-uslubiy maqsadlarga erishishga xizmat qiluvchi ovozli, illyustrativ elementlarni o`z ichiga olish, ya`ni undan kompyuterning multimediali imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish lozim;
MIO`UMda boshqa boblar, mavzular, kerakli atamalarga gipermurojaat qilish, zarur bo`lganda tashqi veb manbalarga va resusrslarga murojaat qilishni o`zida jamlashi kerak;
o`quvchining o`quv materialini o`zlashtirish va mustaqil baholash uchun o`z-o`zini tekshirish imkonini beruvchi nazorat savollariga ega bo`lishi kerak.[1]
MIO`UMni yaratish jarayoniga turli yo`nalish bo`yicha mutaxassislarni jalb etish zarur. Hech bo`lmaganda, ularning fikrlarini o`rganib chiqish kerak. Bu mutaxassislarga o`qituvchi, psixolog, testolog (o`qitish natijalarini nazorat qilish usullari bo`yicha mutaxassis), shakllar dizayneri yoki veb-usta, dasturchilar kiradi.
MIO`UM ham xuddi boshqa qo`llanmalar singari ta`lim mazmunini tashuvchi va o`qitish omili bo`lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda MIO`UMning multimediali dars, multimediali darslik, multimediali kurs turlari mavjud.
MIO`UMni yaratishni loyihalashda quyidagi asosiy psixologik talablar qo`yiladi:
mazmunning ilmiyligi;
ochiqlik;
maqsadga yo`nalganlik;
motivlashtirishni ta`minlash;
kirish nazoratini mavjudligi;
o`qitishni individuallashtirish;
o`qitishni hamkorlikda olib borishni ta`minlash;
mantiqiy va tizimli fikrlashni shakllantirish;
tizimli teskari aloqani ta`minlash;
rivojlangan yordam tizimining mavjudligi;
o`quv materiali to`liqligi;
intelektual yadroning mavjudligi;
pedagogik egiluvchanlik;
ikki tomonlama muloqatni ta`minlash;
orqaga qaytish imkoniyati;
o`quvchining refleksi uchun maxsus ajratilgan joyning mavjudligi;
o`qitish jarayonining borishi va uning natijalarini hujjatlashtirish imkoniyati;
tuhunarli, qulay interfeysning mavjudligi;
dasturning statistik (matnli, grafik, illyustrativ) qismlarning aniq nusxasini olish imkoniyatini ta`minlash;
rivojlangan qidiruv tizimining mavjudligi.
Keyingi bosqichlarda MIO`UMni bezash usullari ishlab chiqiladi. Bezash jarayonida ham, albatta, mutaxassislar bilan hamkorlikda ish olib borish maqsadga muvofiqdir.
Xulosa qilib aytganda, ta`lim olish jarayonida MIO`UMlardan foydalanish o`quvchilarni mustaqil bilim olishi, mantiqiy firklashi, faqat o`quv muassasalarida emas balki, istalgan joyda bilim olishlarini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega.
Adabiyotlar:
Fizika, matematika va informatika. Ilmiy-uslubiy jurnal. Toshkent-2019. №1, B-67-80
N.I.Taylaqov. elektron darslik yaratishga qo`yiladigan talablar// Xalq ta`limi.-2005. -№2. – B.17-20
Fizika, matematika va informatika. Ilmiy-uslubiy jurnal. Toshkent-2019. №2, B-18-25
Do'stlaringiz bilan baham: |