QOʻQON DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Mavzu: “Interfaol darslarda didaktik o’yinlardan foydalanish imkoniyatlari”
Bajardi: Alixanova Shahrizoda
Fan oʻqituvchisi:N.A.Abdurahmonova
Mavzu: “Didaktik o’yinlar”
Reja:
Kirish.
Pedagogik texnologiya - o’quv jarayonini harakatlantiruvchi kuch
Asosiy qism:
1.Zamonaviy darslar qanday bo’lishi kerak?
2.O’qitish-bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilish va o’zlashtirish jarayonidir.
3.Didaktik o’yinlar ta’lim metodi sifatida.
4.Darsda didaktik o’yinlardan foydalanish
Xulosa.
Ta’lim va o`qitish mazmunining nazariy masalalarini, uning shakli va uslublarini pedagogikaning bir qismi bo`lgan didaktika o`rganadi.
Umuman pedagogika singari didaktika hm rivojlanadi. Uning rivorlanishiga Yan Amos Kamenskiy hissa qo`shdi. Uning “Buyuk didaktika” asari o`qitishni rivojlanishiga katta ta’sir ko`rsatdi.
Boshlang`ich ta’lim didaktikaning asoslari Shvetsariya pedagogi I.G.Pestolotsi asarlarida ishlab chiqilgan. Bulardan tashqari rus didaktikasining atoqli namoyondasi K.D.Ushinskiy bo`lgan. U ham o`qitish masalalarini chuqur psixologik asosini yaratdi. O`zbek xalqi orasida ham H.H.Niyoziy, A.Avloniy kabi pedagoglar yetishib chiqdi.
Ular ham o`zbek xalq maktablarini ochish, o`quvchilarga darsliklar yozish kabi ishlarni davom ettirdilar.
Didaktikaga asoslangan holda biz o`quvchilarga bilim beramiz. Ta’lim jarayonida turli usullardan foydalanamiz. Dars turini to`g`ri va muvaffaqiyatli o`tish uslubini ham to`g`ri tanlasak dars yaxshi natija beradi. Har bir darsni ko`rgazmali va texnika vositalari bilan o`tkazish joizdir. Shundagina dars bilimga boy o`tadi. O`qituvchi izlanuvchan bo`lishi, darslarni rang-barang usulda o’tishi kerak.Dars qiziqarli o`tishi uchun faqat ko`rgazma qurollardan foydalanib qolmay, o`yin elementlaridan, dars davomida harakatli daqiqalardan foydalanish lozim.
O`yin elementlaridan nafaqat darsda, balki darsdan tashqari ishlarda konferensiya darslarida foydalanish mumkin. Bu albatta boshlang`ich sinf o`quvchilariga mo`ljallangan. Ular bu yoshda o`yinqaroq, tez zerikuvchan, diqqati tarqoq bo`ladi. O`yin orqali ularni darsga, mavzuga jalb qila olishimiz mumkin.
Boshlang`ich sinf o`quvchilari yosh bo`lgani uchun ularga sodda tilda tushunarli holda bilim berish va darslarda o`yin elementlaridan foydalanish lozim. Bola hayotining asosiy qismi o`yin bilan o`tadi. O`yinlar faqat didaktik vosita bo`lmay, bola hayotining asosiy shaklidir. Shuning uchun biz o`yinning nozik tomonlarini egallamay turib, o`yin faoliyatini boshqarishini o`rganmay turib oldimizda turgan mas’uliyatli vositalarni hal qila olmaymiz.
Tilni o`rganish o`quvcilar zehni, aqli, ongi, madaniy darajasini oshiradi va tilni puxta o`rganmay turib, boshqa fanlarni o`zlashtirish qiyin. Chunki har bir predmetni ifodalash, bolaga o`rgatish hamisha so`zlar vositasida amalga oshadi.
O`yin orqali bola faoliyati mukammallashadi, ularni jismonan rivojlanishiga yordam beradi. O`yin jarayonida qiyinchiliklarni, to`siqlarni yengishga o`rgatib boradi.
O`yin bolalar faoliyatining asosiy turi. Bola o`yin orqali materiallarning ko`rinishi, rangi, tuzilishi turli o`simlik va hayvonot olamidagi o`zgarishlarni anglaydilar.
O`yin- bu bolalar uchun o`qish, mehnat qilish va tarbiya vositalaridir. Biroq, darsning asosiy qismini o`yin darsiga aylantirib qo`ymaslik lozim.
Bola hayotining asosiy turi o`yindir. “Bola uchun o`yin voqelik”- deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, binobarin, tevarak atrofdagi voqelikdir. U bolaga xususan tushunarli bo`lgani uchun qiziqdir, o`yin bolaga shuning uchun tushunarliki, unda qisman bolaning o`zi yaratgan narsa bor.
Bolalarning o`yin faoliyati maktabgacha yoshda paydo bo`lib, o`z taraqqiyotida oddiy taqlid qilishdan murakkab rolli o`yinga qadar bo`lgan yo`lni bosib o`tadi, bu o`yin dastlab kishilarning predmetlar bilan bog`liq faoliyatini, so`ngra o’ziga xos xususiyatlarni aks ettiradi.
O`yin o`sib borayotgan bola organizmining zaruriy ehtiyojidir va u orqali bolalarda tashkilotchilik ko`nikmalari tarbiyalanadi. Ammo o`yin har qanday sharoitda ham o`yindir. Shunday o`yinlar ham borki, ular bolalarga mustaqillikni, oddiylikni, bir- biriga yordam berish hissini tarbiyalaydi.
Yan Amos Kamenskiy Grammatik o`yinlardan sistemali foydalanishning ahamiyati xususida gapirib, bunday deb yozgan edi: “Bola sog`lom bo`lishi uchun u doimiy harakatda bo`lishi zarur, shundagina o`yin qiziqarli o`tadi. O`yinga rahbarlik qilish va bolalarning hatti-harakatlarini doimo kuzatib turishi kerak. Chunki bolalar o`yin jarayonida har tomonlama tarbiyalanadilar.
Psixologik olimlar o`yinlarni to`rt guruhga bo`ladilar:
1. Funksional o`yinlar.
Bu o`yinlar bola organizmining har tomonlama rivojlanishida muhim rol o`ynaydi. Bu kichik yoshdagi bolalar uchun harakterli bo`lib, unda bolalar nima bilandir shug`ullanadilar, turli predmetlar bilan tanishadilar.
2. Qoidali o`yinlar.
Bu o`yinlarda bolalar tevarak-atrof va muhitdagi voqealardan habar topib, idrok etish bilan kifoyalanadi.
Bunda ko`rish, eshitish, his qilish kabi sezgi organlari idrok qiladi.
3. Rolli o`yinlar.
Bu o`yinda bolalar o`zlarini ma’lum bir rolini, qandaydir kasb egasi (shifokor, o`qituvchi, quruvchi kabi) vazifasini bajarayotgandek his etadilar. Har bir bola o`ziga tegishli rolni muvofaqiyatli bajarishga harakat qiladilar.
4. Konstruktorli o`yinlar.
Bu o`yinning asosiy mazmuni qurilishi komplekslari, taxta, qum, qog`oz materiallarining parchalarini qirqish, taxlash singari mehnat ko`nikmalarini hosil qilish kabilardan iboratdir.
Konstruktorli o`yinlar asosan ikkiga bo`linadi.
Ijodiy o`yinlar bolalar o`zlari o`yinning mazmunini, maqsadini, qoidasini topadilar. Ijodiy o`yinlarning asosiy qismini syujetli rasmli o`yinlar tashkil qiladi. Ijodiy o`yinlardan yana biri dramatik o`yindir. O`yinning mohiyati hikoya va ertaklardagi voqealarning mazmunini tasvirlashdan iborat bo`lib, ularda badiiy adabiyotlardagi persanajlar tasvirlanadi.
Qoidali o`yin. Huddi xalq o`yinlari singari qiziqarli bo`lib, unda bolalar hayoti, o`z tengqurlari va kattalarning mehnat faoliyatini tasvirlashga harakat qiladilar.
Demak, barcha turdagi o`yinlar bolalarning kattalar faoliyatiga qiziqishlariga, ularga taqlid qilishiga intilishlarining mehnati va oilaviy hayotini, uchuvchilar, kosmonaftlar, dengizchilar hamda boshqalarning qahramonliklarini aks ettiradi.
Ko`pchilik o`yinlarda didaktik o`yinchoqlar va bunga bevosita a’loqador bo`lgan boshqa qo`llanmalar foydalaniladi.
Didaktik o`yin jarayonida shunday holatlar ham tez-tez bo`lib turadiki bolalardagi eng yaxshi kayfiyat birdan sho`xlik, notinchlik va intizomsizlik bilan ham almashib qoladi. Bunday paytlarda o`qituvchi ayrim bolalarga tanbex berishga majbur bo`ladi va bu boshqarning o`yin kayfiyatini shubhasiz tushiradi. Agar shunday vaziyat sodir bo`lsa ham o`yin qoidasi bilan birga qo`shib tushuntirsa metodik jihatdan to`g`ri bo`ladi.
Individual didaktik o`yin o`qituvchi bilan o`quvchi o`rtasida bevosita munosabat yaratishga va bolalarning orqada qolishi sabablarini chuqurroq anglashga yordam beradi. Bunda o`ituvchining quyidagi kabi mantiqiy topishiriqli o`yin mashqlarini o`tkazishi maqsadga muvofiqdir.
O`qituvchi yoki o`quvchilardan birontasi bir so`z aytadi, bolalar ana shu so`zga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli so`z topib aytadilar.
Masalan: osh-mosh, tosh, bosh…
o`qituvchi yoki tarbiyachi bolalarga kaptok otadi. Kaptok otayotganda, o`qituvchi masalan: “anor”-, deydi. O`quvchilar esa sholi-poli, uy-o`y, rom-pom, uch-o`ch degan so`zlarni topib aytishlari kerak.
Har bir o`quvchiga stol ustida turgan rasmlardagi bir-biriga nomlari yaqin bo`lganlarini topib aytishi topsiriladi. Grammatik o`yinlar til o`rgatishdagi qiyinchiliklarni yengishga, ona tilidan olgan bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi.
Ayniqsa birinchi sinfga kelgn bolalarning ancha kamchilikari bo`ladi. Masalan:
Ular r,z,s,t,sh kabi tovushlarni to`g`ri talaffuz eta olmaydilar. Shuning uchun ham boshlang`ich sinf o`yin mashqlari ovoz, havo yo`lining ishlashini normallashtiradi, tovushlarni to`g`ri talaffuz qilib, eslab qolishga yordam beradi.
1-sinfda talaffuz etilishi qiyin bo`lgan so`zlar ishtirokida turli o`yinlar o`tkaziladi.
O`qituvchi bir necha so`zni (olma, shahar, gulzor) aniq, lekin juda tez aytadi. O`quvchilar bu so`zarni yaxshilab eshitib olishga va uni takrorlashga harakat qiladilar. Bu o`yin bolalarning eshitush qobiliyatini mustaxkamlashga yordam beradi, ularni intizomli bo`lishga o`rgatadi.
O`yin jarayonida bola xarakteridagi o`ziga xos tomonlari oydinlashib boradi, tarbiyachi ularning har biriga mos muomila qilishiga o`rgatadi. Ularning salbiy tomonini ochadi o`qituvchi esa o`z navbatida uni to`g`irlashga harakat qiladi.
O`yin orqali bola ko`rgan bilganini tasvirlaydi. Masalan: “Maktab-maktab”, “Magazin”, “Sotuvchi” kabi o`yinlar shular jumlasidandir.
A.S.Makarenko bola qanday o`ynasa ishni ham shunday bajaradi, deb juda to`g`ri ta’kidlaydi va o`yinni tarbiyaning muhim vositalaridan biri deb hisoblaydi.
O`qituvchi didaktik o`yinlarni rejalashtirayotganda quyidagi muayyan talablarga amal qilishi muhimdir.
O`yin o`rganilayotgan material uchun dalil va uni mustahkamlovchi omil bo`lib hizmat qilishi, ammo uning o`rnini to`liq egallab olmasligi, shuningdek qolgan vaqtda to`ldiruvchi vosita bo`lmasligi;
O`ynaladigan o`yinning maqsadini aniq bilishi va shu maqsdga erishishi uchun harakat qilishi;
O`yin qoidalarini, vazifalarini bolalarga ravshan va qiziqarli qilib tushuntirishi, ularda o`yinga bo`lgan qiziqishni oshirish hamda uni mashq bilan almashtirib yubormasligi;
O`yinning qanday o`ynalayotganini tez, to`g`ri, tushunish va uni o`quvchilar qanday bajarayotganini kuzatib turishi;
O`yin natijalariga mohirlik bilan yakun yasash va ularni erishilgan natijalar bilan bog`lash;
O`ynni qizqarli o`tkazish kerak.
O`yin paytida o`quvchilar har doim o`zlariga tanish bo`lgan manbaalarga asoslangan holda ish tutadilar, natijada bu material ularning xotirasiga yana ham mustakam o`rnashib qoladi.
O`yin elementlari bolalarni bilim saviyasini, nutqini, o`qishini o`stiradi.
“Xarflarni esda saqlash” o`yini
O`yinning maqsadi: o`quvchilar tovushlarni to`g`ri talaffuz etishga va esda saqlab qolishga o`rgatish.
Qo`llanmalar: o`quvchilarga tanish bo`lgan turli predmetlarning rasmlari shu predmetlarning nomlari bilan boshlanadigan unli xarf na’munalari (kartochkalar)
O`yinning borishi: O`yinda sinf o`quvchilarining bir guruhi qatnashadi. O`yin boshqaruvchi o`yinning o`tkazilishi haqida tushuncha beradi va u oldingi darsda o`rganilgan o, a, l, n xarflar yozilgan kartochkalarni olib qoladi.
Bir guruh o`quvchilarga oy, olma, olxo`ri, olcha, ot, ari, anor, ayiq, archa, lola kabi predmetlarni rasmlari tasvirlangan kartochkalar tarqatiladi.
O`yin boshqaruvchi o xarfi va predmet rasmi tasvirlangan kartochkalarni olib qo`yadi. So`ng boshqa a xarfi yozilgan boshqa bir kartochkani stol ustiga qo`yadi. O`yin ishtirokchilari esa shunga mos rasmli kartochkalarni ko`rsatadilar.
O`yin ana shu xolda davom etadi.Agar o`quvchi berilgan xarfni rasmli kartochkadan topa olmasa, u o`z rasmli kartochkasini ochib qo`yadi.
O`yin ishtirokchilaridan kimda kim xarf bo`yicha rasm kartochkani topib ayta olsa, shu o`quvchi kartochkasini hammaga ko`rsatb, keyin uni to`ntarib qo`yadi.
“Pochtachi o`yini”
O`yinning borishi: O`quvchilardan biri pochtachi qilib tayinlanadi. Pochtachi sumkasida kartochkalar bo`ladi. Ular quyidagicha tuziladi:
So`zlardagi unli xarflar yoki bo`g`in tushib qoldiriladi: …+ta, …+na, bo+…, sho+… .
Tushirilgan xarflarni qo`yib so`z hosil qilish, ya’ni bo`g`inlarga xarflarni qo`shish: lim…n, tom…n, …lim.
Ikki, uch so`zdan tuzilgan gaplar yozilgan kartochkalar. Bu gaplarda, biror so`z tushurib qoldiriladi.
O`quvchilar nuqtalar o`rniga shu so`zlarni topib yozadilar:
Lola mana…
Nabi ana…
Iqbol… ol
Dono… o`ynadi
“Quruvchilar” o`yini
Bu o`yinda berilgan so`zlarni o`z o`rniga qo`yib, chiroyli va to`g`ri gap tuza olgan o`quvchi g`olib hisoblanadi. Masalan: otdi, tong, sakkiz, soat, ketdi, Ravshan kabi gaplardan to`g`ri gap tuzdiriladi. Kim chiroyli va to`g`ri gaplar ko`p tuzsa, u yaxshi quruvchi hisoblanadi.
“Bu qanday so`z” o`yini
So`z uch xarfdan iborat. Birinchi xarf alfavitda o`n 16-o`rinda, keyingisi 15-o`rinda va oxirgisi 1-chi o`rinda turadi. Bu so`zni topib daftarga yozish. O`yin shu tariqa davom etadi.
“Estafeta” o`yini
Bu o`yin 2-sinfda “Urg`u” mavzusi o`tilgandan keyin o`tkaziladi. Doskaga uchta qatorga alohida so`zlar beriladi. Har bir qatordan bittadan o`quvchi doskaga chiqadi. Ular so`zlarga urg`u qo`yadilar:
I II III
ro`znoma oynaijahon jarida
do`kon oynoma daftar
xona bog`cha sumka
Kim urg`u belgisini doskadagi so`zlarga birinchi bo`lib, tez va to`g`ri qo`yib ulgursa, shu qator o`quvchilari o`yinda g`olib hisoblanadi. Estafeta g`oliblariga bayroqcha topshiriladi va sinfga osib qo`yiladi. Bu o`yinni tutuq belgisini o`tganda ham qo`llasa bo`ladi. Bunda so`zlarning tutuq belgisi tushib qoladi va o`quvchilar o`ylab shu so`zlarga belgilarni qo`yadilar:
Ra…no a…lo san…at
Tal…at ma…no e…tibor
“Harflarni qo’shish bilan yangi so`z hosil qiling”
Doskaga so’zlardan namuna yoziladi. O`quvchilar so`zlarni bironta harfini o`zgartirib boshqa nom yoki ism hosil qiladilar:
Ra’no-ma’no Zafar-Zufar
kiyik-kiyim ayiq-qayiq
Kimni ismi doskaga yozilgan bo`lsa, o`sha o`quvchi joyidan turib, o`z ismini va familiyasini hammaga eshittirib to`liq aytadilar.
Yuqorida berilgan o`yinlarning barchasi ona tili, o`qish darslariga oid. Shu fanlarda dars o`tishda shu o`yinlardan foydalanish mumkin.
O`yin elementlaridan darslarda, sindan tashqari mashg`ulotlarda foydalanish mumkin.
Matematika fanida quyidagicha o`yinlardan foydalanish mumkin.
“Eng yaxshi hisobchi”
O`quvchilar biri oldinga chiqib hisobchi bo`ladi. O`quvchilar “hisobchi”ga misollar beradilar. U misollarni og`zaki yechadi. Agar hisobchi bironta misolni yecha olmasa yoki noto`g`ri hisoblasa unung o`rniga bu misolni bergan bola turadi. O`quvchilardan qaysi biri hamma misolni yechsa shu o`quvchi “eng yaxshi hisobchi” bo`ladi.
“Zinacha” o`yini
O`qituvchi doskaga yoki kartonga zina ko`rinishida bir necha misol yozadi. Misollar pastdan yuqoriga qarab ishlanadi.
70-20
67+13 54+12
Doskaga ikki o’quvchi chiqadi. Zinani ikki chetidan turib, misollarni yechadilar. Kim zinaning cho`qqisiga birinchi chiqsa u g’olib hisoblanadi.
“Xato qilma “ o`yini
16-3= 120-20=
56-44= 60-25=
300-150= 800-20=
900-100= 900-400=
Singari misollar doskaga yozib qo`yiladi. Bu o`yinda hamma o`quvchilar qatnashadilar. O`quvchilar daftarlariga misollarni faqat javobini yozadilar. Kim xatosiz bajargan bo`lsa, o`sha o`quvchilar qatnashadilar va rag`batlantiriladi, 1,2,3-o`rinni olgan o`quvchilar g`olib deb topiladi.
O`qituvchi ishlash yo`llarini ko`rsatadi. O`quvchilar ovoz chiqarmay daftarga ishlaydilar, so`ng qo`l ko`taradilar.
“Misol ishlash” o`yini
O`yin mazmuni: doskaga ushbu misollar yozib qo`yiladi:
24-6 16+14 32-21
7+8 5+4 44+6
6+6 8+9 7+9
O`quvchilar bular orasidan bir xonali sonlarni qo`shish jadvaliga tegishli misollarni topishlari, ularni o`qishlari va javobini aytishlari kerak.
“Kim tezroq” o`yini
O`yin mazmuni: doskaga uchta misol yozilgan bo`ladi
8 5 9
6 8 3
+ 9 + 7 + 9
7 6 6
Har qaysi qatordan bittadan o`quvchi chiqariladi, ular o`qituvchining ishorasi bilan yig`indilarni hisoblashga kirishadilar va ularni doskaga yozadilar. Qolgan o`quvchilar esa kuzatib turishadi. Birinchi bo`lib to`g`ri yozgan o`quvchi g`olib hisoblanadi.
“Sonning tarkibini toping”
O`yin mazmuni: magnit doskasida 9 raqami ko`rsatiladi va u qanday sonlardan tuzilganligi so`raladi. O`quvchilar magnit doskasida ko`rsatadilar.
8+1=9 6+3=9
7+2=9 5+4=9
Bu o`yin orqali o`quvchilar soninig tarkibini aniqlashadi. Albatta, birinchi bo`lib yechgan o`quvchi g`olib hisoblanadi.
“Javobi 4 chiqishi kerak”
To`rt bola to`rt xil amal bo`yicha misol yechyapti. Ular bir shartga rioya etishlari-ya’ni, shunday sonlarni topishlari kerakki, ularni 2 ga bo`lganda, ko`paytirganda, qo`shganda va 2 ni ayirganda javobi bir xil, albatta 4 chiqsin.
X:3= X+2=
X*2= X-2=
Bundan tashqari turli matematik topshiriqlar, qiziqarli masalalardan ham foydalanilsa bo`ladi.
Masalan:
1)Bola 10 dan 10 ni olib tashladi va yana 10 hosil bo`ldi, buni u qanday bajardi? (qo`lqoplarini yechdi)
2)Likopchada 4 ta konfet bor. Bu konfetlarni 4 ta o`quvchiga 1 tadan bo`lib bering va likopchada 1 ta konfet qolsin (1 o`quvchiga konfet likopchada beriladi)
3)Beshta ikkilik va amal ishoralari bilan berildi. 7;11;15 va bundan sonlarni hosil qiling.
2+2+2+(2:2)=7
(22:2)-2+2=11
(22:2)+2+2+2=15
Oppoq tovuq don cho`qir
Suv ichadi olasi
Qancha tovuq bo`ladi,
Qo`shilganda olasi.
Mening sakkizta oshnam
Hammasi ham mendan kam
Sen o`ngacha sanasang,
Meni aytmay qo`ymaysan. (9)
Yozuv darslarida ta’limiy o`yinlar
“Yarimta harf”
Bir o`quvchi biron-bir harfni boshlanishini doskaga chizib ko`rsatadi, ammo harflarning nomini aytmaydi. Ikkinchi o`quvchi shu harfni nomini aytib, yozishni davom ettiradi.
“To`g`risini tanlab yoz!”
Doskada 1 ta harf 3-4 xilda yozib qo`yilgan bo`ladi. Shulardan bittasi husnixatga amal qilgan holda yozilgan bo`ladi. Doskadagi o`quvchilar to`g`ri yozilgan variantni topib, qayta yozib ko`rsatadi.
“Harflar adashib qoldi”
Magnit doskaga kesma harflardan so`zlar tuzadilar. Undagi biror harfni o`rni almashtirib qo`yilgan bo`ladi. Yoniga shu predmetni o`zi yoki rasmi osib qo`yiladi. O`quvchiga shu predmetni nomini bir necha marta talaffuz qilishi, bo`g`inlab aytishi tavsiya qilinadi va shundan so`ng adashib qolgan harf o`rniga qo`yiladi.
Mehnat darslarida o`yin vositalari
Maqsad: Mehnat darsi : “Mehmon kutamiz” Bolalarga mehmon haqida tushuncha berish, mehmon kutishda dasturxon bezash, idishlarni yuvishga o`rgatish.
Maktab oshxonasida ikkita stol bezatiladi va “mehmon kutamiz” o`yini o`tkaziladi. Bolalar 4 tadan ikki guruhga bo`linadi. Har bir guruh bolalari idishlarni yuvishlari, vazaga salfetkalarni to`g`ri va chiroyli solib qo`yishlari kerak bo`ladi.
O`yin bolalarda katta qiziqish uyg`otadi. Mehnat o`z-o`ziga xizmat qila bilish ko`nikmalarini va estetik didni shakllantirishga yordam beradi.
Nafaqat o`qish, yozuv, matematika fanlaridan, balki mehnat, rasm, jismoniy tarbiya fanlaridan ham o`yinlar o`tkazish mumkin.
Jismoniy tarbiya
Jismoniy tarbiya fanidan darslarda qo`llash mumkin bo`lgan o`yin elementlari jismoniy tarbiya darslarida ko`proq harakatli o`yinlar o`tkaziladi. Bunda xalq o`yinlaridan, milliy o`yinlardan foydalanish mumkin.
Masalan: “podachi” , “otishma” , “durra” , “qirq tosh” , “to`pni aylana ichiga tushir” , “chaqqonlar” , “chavandoz” , “chillak” kabi o`yinlar o`quvchilarni Vatanni himoya qilishga, chidamlilikka o`rgatadi.
“Eng chaqqon”
O`yinda 6-8 bola qatnashadi. Tekis joyga to`nka yoki kursi, yashik qo`yiladi. Uni to`nka deyiladi. Kim birinchi, kim ikkinchiligi chek tashlab belgilab olinadi. Bolalar to`nka ustiga o`z buyumlarini qator qilib qo`yadilar. Sakrashga ruxsat berilgach 1- bola yugurib kelib sakrayotgan bola o`z buyumini olishga harakat qiladi, olib o`tsa u bir ochko oladi. Ololmasa 0 ochko oladi agar olayotganda buyumini tushurib yuborsa oldingi ochkosidan mahrum bo`ladi.
Bolalar bir necha marta sakrashlari mumkin. Eng ko`p ochko olgan bola g`olib bo`ladi va u “eng chaqqon” deb ataladi.
“Shaharlarga sayohat”
Bu o`yinda 8-12 yoshdagi bolalar qatnashishi mumkin.
O`yin qoidasi quyidagicha: Masalan 20 ta bola bo`lsa ularni besh guruhga bo`lamiz va ularning oldiga doira chizamiz. Har bir doira ichiga bir shaharning nomini yozamiz. Masalan: Namangan, Buxoro, Andijon kabi shaharlar doira ichiga yozilgach, doirachalarga 1 tadan tosh qo`yib chiqamiz. Guruhlarga shaharlarni ko`rib kelining deb topshiriladi. Shundan so`ng barcha bolalar bittadan tosh olib turli shaharlarni aylanib, yana o`z o`rinlariga kelib, qo`llaridagi toshlarni joyiga qo`yadi. Qaysi guruh bolalari toshlarni tezroq doiraga qo`ysa o`sha guruh yutib chiqadi.
Men “diplom oldi” amaliyotida darslarni o`yin elementlaridan foydalanib o`tishga harakat qildim. Masalan: matematika fanidan “qarsak” , “baliq tutish” , “sehrli xaltacha” , “mohir hisobchi” kabi didaktik o`yinlardan foydalandim.
“Qarsak” o`yini . Doskaga 6 ta o`quvchi chiqadi. O`qituvchi ko’paytirish jadvalidan savollar beradi, ya’ni 4 ga bo`linadigan sonlarga o`quvchilar qarsak chalishlari kerak bo`ladi. G`oliblar rag`batlantiriladi.
O`yin orqali o`quvchilarni topqirlik, sezgirlikka, hozirjavoblikka o`rgatiladi.
Amaliyot davomida darslarda o`yin elementlaridan foydalanilsa, dars qanchalik qiziqarli bo`lishiga guvoh bo`ldim.
Xulosa
Pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga qo’llab boorish maktabimizda ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etishda muhim asosiy rolni o’ynamoqda,Bu ishlarni amalgam oshirishda asosiy e’tiborni quyidagilarga qaratish lozom deb hisoblaynan;
1.Kuchli ma’muriy rahbarlik.
2.Ichki muhitning yaxshiligi.
3.Tasyanch pedagogik yangiliklarga yonalganlik.
4.O’qituvchilarning o’quvchilardan yiqoriroq natijalarni kutishi uchun asoslar mavjudligi.
5.O’quvchilaro’zlashtirishini nazorat qilish tizimini yaxshilashdan iborat.
Olib borayotgan ishlarimizda asosiy ishtirokchilar o’quvchilar va o’qituv-chilar hisoblanib ,ular o’rtasida qobiliyatlarni shakllantirish ,istedodlarni royobga chiqarish uchun imkoniyatlarni choralari topiladi.
Maktabimizda ta’lim –tarbiya jarayonning samaradorliginioshirish uchun quyidagi masalalarni hal qilishda pedagogik texnologiyalarni qo’llashda quyidagilarga e’tiborga olish kerak deb hisoblaymiz;
-Maktabda ishlarni to’g’ri tashkil qilish va boshqarish.
-O’quv rejalarining turli sharoitlarga moslashganligi.
-Yo’riqnomalarning bevosita berilishi.
-Maktabda o’quvchilarning ta’lim- tarbiya olish imkoniyatini hamda o’quvchilatning ijodiy ishlash imkoniyatlarini kengaytirib boorish;
-Maktabda rag’batlantiruvchan o’quv muhitini ta’minlash;
-Amaliyotda yiqori ko’rsarkichlarga erishish natijalarida tasdiqlangan yangiliklarni tezkor tatbiq etish;
Kutilayotgan natijalatga mos bo’lgan pedagogik texnologiyalarni tanlash ,ta;lim –tarbiya jarayonini amalgam oshirish va muntazam takomillashtirib borishdan iborat deb hisoblaymiz.
Biz o’z pedagogik faoliyatimizda pedagogik texnologiyalarni quyidagi ko’rinishlarda foydalanamiz;
Seminar,trening.individual maslahat berish,korgazmali darslar tashkil etish.
Bir-birimizning ishlarimizni nazorat qilish,kuzatuv, tahlil qilish,metodik yordam berish aspsiy maqsadimiz hisoblanadi.
O”quv yili davomida yaxsi ishlkagan pedagoglarningishlarini metodina kengashlarda,pedagogika kengashlarida ommalashtirib boramiz.
O”quv yilining yaxshi yakunlashimizda o’zvaqtida yo’lqo’ygan kamchiliklarimizni o’zvaqtida tuzatamiz,tegishli chora tabbirlarni qo’llaymiz.
Foydalangan adabiyotlar:
1.”Pedagogik texnologiya asoslari”. J.G’.Yoldoshev,S.A.Usmonov.Toshkent-2004y
2.”Uzluksiz ta’lim” jurnali.
3.”Xalq ta’limi” jurnali.
4. Ta’lim menejmenti lurnali.
5.Boshlang’ich ta’lim jurnali.
6.”Практические пособие”. С.Б.Кульнеевич, Т.П.Локосенина
7.Barkamol avlod orzusi. I .A.Karimov.
8. “Ma’rifat” gazetasi.
9. “Учителъ Узбекистана” газетаси
Do'stlaringiz bilan baham: |