Uyushiq to‘ldiruvchi, uyushiq aniqlovchi
1. Qaysi qatorda uyushiq to‘ldiruvchi qatnashgan gap berilgan?
A) O‘n-o‘n bir yoshli bola dushmanlar keltirgan ochlik va boshqa kulfatlarni kattalar qatori boshidan kechirdi. B) Daryo goh shovqin solib, goh tinch oqar edi. C) Bu daftarni senga oldim. D) Shu masalada sizni Moskvaga, Leningradga safarga yubordik.
2. Taram-taram olmalarni, asl nashvatilarni, po‘sti yupqa luchchak shaftolilarni, quymoqqa o‘xshash anjirlarni aytmaysizmi, bay-bay. Ushbu gapda qaysi gap bo‘laklari uyushgan?
A) ega B) qaratqich aniqlovchi C) vositali to‘ldiruvchi D) vositasiz to‘ldiruvchi
3. Vositali to‘ldiruvchi uyushgan gapni toping.
A) To‘lqin, Ozoda va Shoiraning ukalari bog‘chada tarbiyalanishadi. B) Uning niyatini, do‘stligini qushlar tushundilar. C) Men onam, otam va opam bilan xayrlashib, yo‘lga tushdim. D) Ziyoda daraxtlarni va gullarni parvarish qilishni juda yoqtiradi.
4. Uyushiq aniqlovchi berilgan qatorni toping.
A) Ufqqa tutashib ketgan polizlar, tokzorlar qizg‘ish qahrabo rangda tovlanadi. B) Maxdum bo‘ychan, olago‘sht, siyrak mo‘y, oq tan, istarasi issiq bir domla edi. C) Men onam, otam va opam bilan xayrlashib, yo‘lga tushdim. D) Dadasi har kuni ishga ketishda ham, ishdan qaytishda ham uni qo‘liga olar, suyar va gaplariga, qiliqlariga zavq bilan kular edi.
5. Uyushiq aniqlovchi qaysi qatorda berilgan?
A) Daryo goh shovqin solib, goh tinch oqar edi. B) Hulkar eshik oldida bir otasiga, bir Avazga, bir onasiga qarab qo‘yar edi. C) To‘lqin, Ozoda va Shoiraning ukalari bog‘chada tarbiyalanishadi. D) Podsho kulib, jiddiy o‘y bilan quloq soldi.
6. Yoqimli, orombaxsh shamol esadi. Ushbu gapda qaysi gap bo‘lagi uyushgan?
A) ega B) aniqlovchi C) hol D) to‘ldiruvchi
7. Shu yerda, jiydazor yonidagi xilvat joyda, u menga o‘z o‘tmishini, to‘g‘rirog‘i, shu yozda boshidan kechirgan va qalbida chuqur iz qoldirgan bir voqeani hikoya qilib berdi. Ushbu gapda qaysi gap bo‘laklari uyushgan?
A) hol va to‘ldiruvchi B) hol va aniqlovchi C) faqat aniqlovchi D) faqat to‘ldiruvchi
8. Uyushiq sifatlovchi aniqlovchi berilgan qatorni toping.
A) Tog‘ etaklaridan nafis gullarning, xushbo‘y giyohlarning hidlari anqiydi. B) Unga Volkov mashinalarning va turbinalarning vagonga yuklangani haqida xabar qilgan edi. C) Shu payt yonimizdan ikki muloyim, nuroniy chol o‘tib qoldi. D) Daryo goh shovqin solib, goh tinch oqar edi.
9. Qaysi qatorda uyushiq qaratqich aniqlovchi berilgan?
A) U dam hazil bilan, dam jiddiy so‘rardi. B) Munaqqash devorning oltin, kumush, ko‘k, qizil, pushti gullari yulduzlardek yashnab, uyga bir hayotiylik berar edi. C) Ko‘p o‘tmasdan sergo‘sht, juda mazali shavla tortildi. D) Tog‘ etaklaridan nafis gullarning, xushbo‘y giyohlarning hidlari anqiydi.
10. Qaysi qatorda ayiruv bog‘lovchisi uyushiq aniqlovchilarni bog‘lashga xizmat qilgan?
A) Ba‘zan tongda, ba‘zan yarim tunda kirib keladi. B) Ba‘zan chumchuqning, ba‘zan kaklikning yoqimli ovozi kishiga orom bag‘ishlaydi. C) Bahor havosi betayin: goh yomg‘ir yog‘adi, goh charaqlab quyosh chiqadi. D) Bu topshiriqni Nodira yoki Bahodirga yuklash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |