Ilmiy uslub
1. “Moddalar tarkibining doimiyligi qonuni kimyoning asosiy qonunlaridan biridir”. Ushbu gap nutq uslubining qaysi turiga mansub?
A) rasmiy uslub B) ilmiy uslub C) publitsistik uslub D) badiiy uslub
2. Keltirilgan gaplardan ilmiy uslubga mansub bo‘lmagan gapni toping.
A) Tobe so‘zning hokim so‘z talabiga ko‘ra ma’lum kelishik qo‘shimchalari yoki ko‘makchi bilan kelishiga boshqaruv deyiladi. B) Tovush to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi. C) Har xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar murakkab moddalar sanaladi. D) Barcha gaplar ilmiy uslubga mansub.
3. Har bir fan sohasining o’ziga xos atamalariga tayanuvchi uslub…
A) rasmiy uslub B) ilmiy uslub C) publitsistik uslub D) badiiy uslub
4. Ilmiy uslubga xos xususiyat keltirilgan javobni toping.
A) daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan xulosalarga asoslanish B) har bir fan sohasining o’ziga xos atamalariga tayanish C) fikrning aniq va mantiqiy izchil shaklda bayon qilinishi D) A, B, C
Rasmiy uslub
1. Adabiy tilning yozma shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip, qa’tiy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi…
A) badiiy uslub B) rasmiy uslub C) publitsistik uslub D) ilmiy uslub
2. Davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning ish yuritish jarayonida foydalaniladigan uslubni aniqlang.
A) rasmiy uslub B) publitsisitik uslub C) ilmiy uslub D) badiiy uslub
3. Rasmiy ish yuritish hujjatlarining turi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
A) tashkiliy hujjatlar, farmoyish hujjatlari B) ilmiy asarlar, matbuot xabarlari C) ma’lumot-axborot hujjatlari, xizmat yozishmalari D) A va C
4. Ma’lumot-axborot hujjatlarining turlari to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang.
A) taklifnoma, telegramma B) guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom C) ariza, bayonnoma, tarjimai hol D) buyruq, ko‘rsatma, farmoyish
5. Rasmiy uslubga mansub farmoyish hujjatlarida gap kesimlari qanday shaklda bo‘ladi?
A) III shaxs, majhul nisbat, shart maylida B) I shaxs, o‘zlik nisbat, xabar maylida C) III shaxs, majhul nisbat, buyruq maylida D) A va C
Mustahkamlash
1. Men, Paxtakor tumanidagi 5-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Ahmadjon Mamajonov, “Gulzor” mahallasida yashovchi Bahrom Safarovning shaxsiy kutubxonasidan o‘n kun ichida qaytarish sharti bilan “O‘tkan kunlar” romanini oldim. Ushbu jumlaning qaysi uslubga mansubligini aniqlang.
A) badiiy uslub B) publitsistik uslub C) rasmiy uslub D) ilmiy uslub
2. Berilgan qaysi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?
A) Jahongir ko‘cha aylanib kelib uyga kirsa hech zog‘ yo‘q. B) Setora yodsirab, qovog‘ini solib, teskari burildi. C) Milliard yillar sari yo‘l olgan avlodlarning ibtidosiman. D) Anzirat xola o‘zi-o‘zidan javrab, qorong‘ida ivirsib yurar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |