Kesimning birikmalar va iboralar bilan ifodalanishi
1. Kesim ibora bilan ifodalangan gapni toping.
A) Dadam qo‘li ochiq odam edilar. B) Respublikamizning eng nufuzli dargohi O‘zbekiston Milliy universitetidir. C) U birdaniga to‘nini teskari kiyib oldi. D) U sirkasi suv ko‘tarmaydigan qiz edi.
2. Kengaygan birikma bilan ifodalangan kesim qaysi qatorda berilgan?
A) Hammasini aytib berishing darkor. B) Dadam qo‘li ochiq odam edilar. C) Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad – milliy o‘zligimizni chuqurroq anglash. D) Bu katta ahamiyatga ega hodisa hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |