Sintaktik vositalar
1. Novdalarni bezab g‘unchalar,
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg‘ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini. Mazkur parchadagi salbiy bo‘yoqli ijobiy baho bildirib kelgan so‘zni toping.
A) sahar B) shabboda C) qurg‘ur D) olib ketdi
2. “Yusuf savdosida beqaror Zulayho ismidan, Majnun ishqida yig‘lagan Laylo nomidan Sizga boshimdagi sochlarimning tuklaricha behad salom”. Mazkur jumla qaysi nutq uslubiga xos?
A) rasmiy uslub B) so‘zlashuv uslubi C) badiiy uslub D) ilmiy uslub
3. Uslubiy bo‘yoqdorlikka ega bo‘lgan gap qaysi qatorda berilgan?
A) Osmon tushib ketsa, ko‘tarib qolaman. B) Men qichqirmasam tong otmaydi. C) Dadam, qoziqning o‘rtasi bo‘l deb o‘rgatganlar. D) A, B, C
4. Uslubiy bo‘yoqdorlikka ega bo‘lgan qo‘shma gapni aniqlang.
A) Men qichqirmasam tong otmaydi. B) Boy bo‘lib boltang yo‘q, gadoy bo‘lib xaltang yo‘q. C) Siz hali o‘zingizni odam sanaysiz-a! D) Dadam, qoziqning o‘rtasi bo‘l deb o‘rgatganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |