O‘zbek adabiy tilining talaffuz me’yorlari
1. Qaysi bo‘limda to‘g‘ri so‘zlash qoidalari o‘rganiladi?
A) Orfografiya B) Orfoepiya C) Leksikologiya D) Imlo
2. Qaysi so‘zda urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushmaydi?
A) muhim B) munis C) bog‘lar D) obraz
3. a tovushining o tovushiga yaqin talaffuz qilinishi qaysi so‘zda uchraydi?
A) avval B) nahor C) A va B D) oldin
4. Qaysi so‘zlardagi a tovushining talaffuzi va yozilishi bir-biriga mos kelmaydi?
A) bahor, shamol B) savol, balog‘at C) avval, asir D) olma, atlas
5. Qaysi so‘zda urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushgan?
A) obraz B) hamma C) savob D) direktor
6. Tonna, dotsent, izotop so‘zlaridagi o unlisiga noto‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni toping.
A) o unlisiga urg‘u tushsa o‘ tarzida talaffuz qilinadi B) o unlisi urg‘u olmasa, talaffuzda tushirib qoldiriladi C) o unlisi urg‘u olmasa a tarzida talaffuz qilinadi D) ushbu so‘zlardagi o unlisiga urg‘u tushishi ham, tushmasligi ham mumkin
7. Baland bolaxonali uy. Ushbu jumlada qanday holatda uyning balandligi anglashiladi?
A) baland so‘zidan so‘ng to‘xtalish bo‘lsa B) bolaxonali so‘zidan so‘ng to‘xtalish bo‘lsa C) so‘zlar orasida to‘xtalish bo‘lmasa D) har qanday holatda ham anglashiladi
8. Ma’nosi faqat urg‘u yordamida aniqlanadigan so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) chog‘lar, surma B) atlas, yigitcha C) barcha javoblar to‘g‘ri D) mexanik, fizik
9. 1) olmά; 2) όlma; 3) bόg‘lar; 4) bog‘lάr; 5) άtlas; 6) atlάs. Berilgan so‘zlardan qaysilari ot so‘z turkimiga mansub?
A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 4, 5, 6 D) 3, 4, 5, 6
10. Yangi, hozir so‘zlarida urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushganda qanday ma’no anglashiladi?
A) Yangi kitob, hozir shu yerda edi. B) U yangi keldi, davrada hozir bo‘ldi. C) U yangi keldi, hozir shu yerda edi. D) Yangi kitob, davrada hozir bo‘ldi.
11. Mantiqiy urg‘uning gapdagi o‘rnini ko‘rsating.
A) Mantiqiy urg‘u gapdagi biror so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. B) Mantiqiy urg‘u olgan so‘z ko‘pincha kesim oldida keladi C) Mantiqiy urg‘u chetdan kirgan so‘zlarda so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushmasligi mumkin. D) Mantiqiy urg‘u olgan so‘z har doim kesim oldida keladi.
12. Ega mantiqiy urg‘u olgan gapni toping.
A) Bugun Toshkentda o‘qituvchilar anjumani ochiladi. B) Toshkentda o‘qituvchilar anjumani bugun ochiladi. C) O‘qituvchilar anjumani bugun Toshkentda ochiladi. D) Toshkentda bugun o‘qituvchilar anjumani ochiladi.
13. O‘zbek tilida tutuq belgisi unli tovushdan so‘ng kelsa …
A) o‘sha unli ajratib o‘qiladi B) o‘sha unlidan keyingi tovush talaffuz qilinmaydi C) o‘sha unli talaffuzda tushib qoladi D) o‘sha unli cho‘zib talaffuz qilinadi
14. Qaysi so‘zdagi urg‘u bo‘g‘inni ayirib o‘qish uchun xizmat qilgan?
A) mas’uliyat B) Ra’no C) ta’minlamoq D) a’lo
15. Qaysi so‘zda tutuq belgisi noto‘g‘ri qo‘yilgan?
A) ta’minlamoq B) ta’qib C) ta’qamoq D) ta’zim
16. Qaysi jarangli tovushlar talaffuzda urg‘usiz bo‘g‘inlarda jarangsizlashishi mumkin?
A) b, g, d, y B) b, v, g‘, n C) b, l, g, d, m, z, D) b, v, g, d, z
17. Qaysi so‘zdagi jarangli tovush jarangsiz tovush bilan yonma-yon kelganligi uchun talaffuzda jarangsizlashadi?
A) ketdi B) zavod C) kitob D) isnod
18. Bir so‘ziga -ta qo‘shimchasi qo‘shilganda so‘zda qanday o‘zgarish yuz beradi?
A) so‘z oxiradagi r tovushi tushib qoladi B) hech qanday o‘zgarish yuz bermaydi C) qo‘shimcha tarkibidagi t tovushi qo‘sholoq talaffuz qilinadi D) so‘z oxiradigi r tovushi t ga aylanadi
19. Qaysi so‘z tarkibidagi f tovushining p tarzida aytilishi imloviy xatoni keltirib chiqarmasligi mumkin?
A) fabirka B) sof C) shafqat D) faylasuf
20. Qaysi so‘z tarkibidagi f tovushi ma’no farqlashga xizmat qilgan?
A) fabirka B) tif C) fe’l D) afv
21. Qaysi so‘zdagi h tovushi x ga almashtirilsa ma’no chiqmaydi?
A) hol B) hiyla C) ahil D) ham
22. X tovushi ma’no farqlashga xizmat qilgan so‘z berilgan qatorni toping.
A) uxlamoq B) xomxayol C) dastxat D) hosiyat
23. Quyidagi yuklamalarning qaysilari urg‘u qabul qilmaydi?
A) -mi, -chi, -a B) -mi, -a, -da C) barcha qo‘shimcha yuklamalar urg‘u olmaydi D) -mi, -gina
24. Noto‘g‘ri yozilgan so‘zni toping.
A) junjikmoq B) kubik C) maxfiy D) maxkam
Do'stlaringiz bilan baham: |