Sun’iy intellekt - inson intellektining ba’zi vazifalarini о‘zida mujassamlashtirgan avtomatik va avtomatlashtirilgan tizimlar xususiyatidir.
Kо‘z о‘ngimizda sun’iy intellekt kompyuter texnologiyalarining barcha
yо‘nalishlariga kirib bormoqda.
Sun’iy intellektning tizimlari hamma yerda - katta biznesdan tortib armiyagacha paydo bо‘lmoqda.
Sun’iy intellekt insonning kasbiy imkoniyatlarini cheksiz qiladi. Bu ilmiy yо‘nalish oyoqqa turish va rivojlanish bosqichidadir.
Sun’iy intellektning asosiy masalasi hisoblash mashinalarni foydaliroq qilish va intellekt asosida yotadigan prinsiplarni tushunishdan iborat.
«Sun’iy intellekt» tushunchasi dastlab AQShda paydo bо‘ldi va sekin-asta boshqa davlatlarda ham keng qо‘llanila boshlandi.
1956 yil AQShda kompyuter va dasturlash sohasidagi 10 nafar amerikalik yetakchi mutaxassisning birinchi uchrashuvi bо‘lib о‘tdi. О‘sha paytda mutaxassislardan kо‘pchiligi yaqin о‘n yil ichida sun’iy aql yaratilishi mumkinligini taxmin qilardi. Sun’iy intellekt atamasi 1956 Stenford
universitetidagi (AQSH) xuddi shunday nomdagi seminarda taklif qilingan. Seminar hisoblash emas, balki mantiqiy vazifalarni ishlab chiqishga mо‘ljallangan. Sun’iy intellektni amaliy qо‘llashda katta ilgariga surilish 70-yillarning о‘rtalarida rо‘y berdi, bu vaqtda inson tafakkurining universal algoritmini qidirish о‘rniga mutaxassislar-ekspertlarning aniq bilimlarini modellashtirish va bilim eng muhim tarkibiy qismi bо‘lgan dasturiy vositalar va tizimlarni ishlab chiqish
g‘oyasi kelgan.
Sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotlarning boshlanishini (50 yillar oxiri) Nyuell, Sayman va Shoularning turli xil masalalarni yechish jarayonlarini tadqiq qilish ishlari bilan bog‘lashadi. Ular ishining natijasi mulohazalar hisobidagi teoremalarni isbotlashga mо‘ljallangan «Mantiqchi-Nazariyotchi» va «Umumiy masala yechuvchi» dasturlari bо‘ldi. Bu ishlar sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotlarning birinchi bosqichini boshlab berdi. Bu tadqiqotlar masalalarni yechishda turli xil evristik usullarni qо‘llashga asoslangan dasturlarni ishlab chiqish bilan bog‘liq bо‘lgan.
Sun’iy intellektning qо‘llanilish sohalariga quyidagilar kiradi:
Teoremalarni isbotlash;
О‘yinlar;
Tasvirlarni tanish;
Qaror qabul qilish;
Adaptiv (moslashuvchan) dasturlash;
Mashinada musiqalarini bastalash;
Tabiiy tilda ma’lumotlarni qayta ishlash;
О‘qituvchi tо‘rlar (neyrotо‘rlar);
Og‘zaki konseptual о‘qitish.
1.1-rasm. Sun’iy intellekt tizimlarini qо‘llashning funksional strukturasi. Bu struktura uchta hisoblash vositalari majmuasidan tashkil topgan:
Loyihalangan dasturni bajaruvchi vositalar majmui;
Keng doiradagi foydalanauvchilar talablariga tez moslashuvchi strukturaga ega bо‘lgan intellektli interfeys vositalari majmui;
Uchinchi vositalar majmui birinchi ikki majmuaning о‘zaro aloqasini ta’minlaydigan bilimlar bazasi hisoblanadi.
Bajaruvchi tizim - shakllangan dasturni bajarishni ta’minlaydigan barcha vositalar majmuini birlashtiradi.
Intellektli interfeys - dasturiy va qurilmaviy vositalar tizimi bо‘lib, foydalanuvchilar uchun ularning kasbiy faoliyatida vujudga keladigan masalalarni hal qilishda kompyuterni qо‘llashni ta’minlaydi.
Bilimlar bazasi - boshqa komponentalarga nisbatan markaziy о‘rinni egallaydi, chunki bilimlar bazasi orqali masalani yechishda ishtirok etadigan hisoblash tizimlari vositalarining birlashuvi amalga oshiriladi.
Haqiqiy voqelikni tо‘la bilish, axborotlar bilan chiqish, qayta ishlangan axborotlarni saqlash va ulardan foydalanish imkoniga ega bо‘lgan tizimlarga bilimlar bazasi deyiladi. Ular tarkibiga ma’lumotlar bazasi va dasturiy vositalar kiradi. Bilimlar bazasini unga qо‘llaniladigan interfeysiga kо‘ra shartli ravishda uchga ajratish mumkin:
Birinchisi - intellektual axborot izlash tizimlari. Bu tizim orqali ish joyidan turib bilimlar bazasidan kerakli axborotni izlash va tarmoq kutubxonasidan foydalanish mumkin.
Ikkinchisi - hisoblashning mantiqiy tizimlari. Ular yordamida modellarning murakkabligiga qaramasdan boshlang‘ich ma’lumotlar asosida boshqarishning ilmiy masalalarini rejalashtirish va loyihalashtirish masalalarini hal qilish mumkin.
Uchinchisi - ekspert tizimlar.
Ekspert tizimlar yangi turdagi tizim bо‘lib, informatsionizlovchi va avtomatik boshqaruv tizimlardan sifat jihatdan shu bilan farq qiladiki, bunday tizimlar qiymatlar (ma’lumot) bilan emas, bilimlar bilan ishlaydi.
Ekspert tizimlar - xulosa chiqarishning qoida va mexanizmlari yig‘indisiga ega, hamda bilimlar bazasini о‘z ichiga olgan sun’iy intellekt tizimidir.
Sun’iy intellektni amaliy qо‘llashda katta ilgariga surilish 70-yillarning о‘rtalarida rо‘y berdi, bu vaqtda inson tafakkurining universal algoritmini qidirish о‘rniga mutaxassislar-ekspertlarning aniq bilimlarini modellashtirish va bilim eng muhim tarkibiy qismi bо‘lgan dasturiy vositalar va tizimlarni ishlab chiqish g‘oyasi kelgan.
Intellektual axborot tizimlari bilimlarga asoslanadi va quyidagi turlarga
bо‘linadi:
Amaliy dasturlarning intellektual paketlari (ADP) yoki vazifalarni yechuvchilar (EUREKA) paketi.
Avtomatlashtirilgan о‘qitish tizimlari.
Ekspert tizimlari.
Intellektual ADP ilmiy va iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq sohalarga keng tarqalgan. Bu tizimlarda ma’lumotlar bilan ishlash jarayonlari kо‘proq darajada soddalashtirilgan, ya’ni intellektuallashtirilgan, masalan, EUREKA dasturlash g‘oyasini dasturchisiz amalga oshirishga imkon beradi.
Avtomatlashtirilgan о‘qitish tizimlari (AО‘T) - bu bilimlarga asoslanuvchi va SHEHM bozorini rivojlanishi va paydo bо‘lishi bilan keng tarqalgan intellekt tizimining maxsus turidir. AО‘T, qoidaga kо‘ra, harakatlar va о‘qitish tizimini
faoliyat yuritishi uchun foydalaniladigan tuzilmalarni bayon qiluvchi bir yoki bir necha tillardir. AО‘T foydalanuvchilarning ikkita guruhi bilan ishlashga mо‘ljallangan. Birinchi guruh - AО‘T mualliflarining о‘zlari. Ikkinchi guruh - ushbu tizim yordamida о‘kiyotganlar. Mualliflarning vazifasiga bilimlar bazasi, vazifalarni, о‘quv materialining turi va tuzilishini ishlab chiqish, ularni tahrir qilish va kompyuterning xotirasida saqlash kiradi.
Ekspert tizimlari - mutaxassislarning aniq predmetli sohalardagi bilimlarini jamlovchi va bu empirik tajribani kamroq malakali foydalanuvchilarga maslaxat berish uchun nusxa kо‘payturuvchi murakkab dasturiy majmualardir.
Ekspertli tizimlar sohasidagi ishlanmalarning hozirgi holatini iqtisodchilar, moliyachilar, о‘qituvchilar, muhandislar, tibbiyotchilar, ruhshunoslar, dasturchilar, tilshunoslarning keng tabaqalari orasidagi bergan sari о‘sib boruvchi qiziqishning bosqichi sifatida ta’riflash mumkin.
Ekspert tizim ostidagi “Yasamalar” kо‘p sonli muloqotli tizimlar va intellektual amaliy dasturlar paketlari kо‘rinishida tarqatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |