Intellektual mulkda innovatsiyalar va novatsiyalarning
o’zaro aloqasi
Kashfiyot va ixtiro tushunchalarining innovatsion xarakteri.
“Kashfiyot”, ”ixtiro” tushunchalari innovatsiya bilan chambarchas bog’liqdir. Bunday bog’liqlikning asosi sifatida ushbu tushunchalar uchun muhim bo’lgan “yangi” va “ijod” tushunchalari chiqadi. “innovatsiya”- jamiyat tomonidan muayyan darajada tan olingan har qanday kashfiyotdir.lekin har qanday kashfiyot ham innovatsiya bo’la olmaydi.
Ixtiro, kashfiyot va innovatsiya o’rtasidagi o’ziga xos “oraliq” holatidir. Agarda, kashfitoy tabiatdagi avval ma’lum bo’lmagan hodisalarni aniqlash, innovatsiya bozor tallablariga muvofiq bo’lgan ujodiy faoliyat mahsuli bo’lsa, ixtiro esa, inson yaratuvchanlik faoliyatining turli texnik-texnologik mahsullarini ifoda etadi.
I.T.Balabanov kashfiyot va innovatsiyani qiyosiy tahlil qilgan holda, ularning o’zoro farqlarini quyidagicha tavsiflaydi.
G.A.Krayuxin va L.F.Shaybakovlarning fikricha “ kashfiyot tushunchasi ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan uzviy bo’gliq, innovatsiya tushunchasi esa ilmiy tadqiqotlar natijalarini amalda qo’llash bosqichida paydo bo’ladi.
Ilmiy izlanish jarayonida moddiy dunyoning ilgari noma’lum bo’lgan ob’ektiv qonuniyat, xossa va hodisalarni ochishga kashfiyot deyiladi. Topilgan yangi g’oya muallif tomonidan ilmiy asoslab berilsagina u kashfiyotga aylanadi.
Dunyoning eng mashhur kashfiyotlari quyidagilar:
- 1869-yilda Dmitriy Ivanovich Mendeleyev tomonidan kashf qilingan “ kimyoviy elementlarning darriy sestemasi” (bu g’oya uning tushiga kirgan);
- Eramizdan avvalgi 1550-yilda temirni eritish texnologiyasi;
- Tranzistor (1948-yilda amerikalik olimlar Uilyam Shokli, Dj. Bardin va Uolter Brattey tomonidan kashf qilingan);
- Shisha (eramizdan avvalgi 2200-yilda Markaziy O’rta yerdengizi bo’ylarida kashf qilingan;
- Mikroskop (17 asrgollandiyalik tabiatshunos olim Antoni van Levenguk tomonidan kashf qilingan;
- Sementning kashf qilinishi va undan XVIII asrda qurilish ishlarida foydalanish boshlanishi inqilobiy hodisa bo’lgan;
- Po’lat eramizdan avvalgi 300 yil ilgari Hindistonda kashf qilingan;
- Mis ishlab chiqarish –eramizdan avvalgi 3 ming yil ilgari kashf qilingan
- Rentgen nurlarining kristallar bilan difraksiyasi (1912-yilda Maks fon Laue tomonidan kashf qilingan va bu yadro fizikasining rivojlanishiga muhim sabab bo’lgan;
- Po’lat va cho’yanni eritish uchun mo’ljallangan konvektor XIX asrda ingliz muhandisi Genri Bessemer tomonidan kashf qilingan.
Это изображение, автор: Неизвестный автор, лицензия: CC BY-SA
Это изображение, автор: Неизвестный автор, лицензия: CC BY-SA
Это изображение, автор: Неизвестный автор, лицензия: CC BY-SA
Ixtiro-xalq xo’jaligining turli sohalarida, ijtimoiy madaniy qurilish va mudofaa sohalarida ijtimoiy samara beradigan, o’ziga xos texnikaviy yechimga ega bo’lgan yangilik. Ixtiro davlat tomonidan tan olinadigan va tegishli qonun bilan muhofaza qilinadiganyangi texnikaviy yechim. Har qanday yangilik ham ixtiro bo’lavermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |