4.Butun jahon intellektual mulk tashkiloti
Butun jahon intellektual mulk tashkilotining tarixi 1883 va 1886-yillardan Sanoat mulkini muhofaza qilish Parij konvensiyasi va Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish Bern konvensiyasi qabul qilingandan boshlangan. Bu Konvensiyalar "Xalqaro byorolar" deb nomlangan o`z kotibiyatlarini tashkil etishni ko`zda tutgan edi. 1893-yilda bu ikki kotibyat "Intellektual mulkni muhofaza qilish bo`yicha birlashgan xalqaro byorolar" yoki fransuz tilida qisqartirilgan BIRPI nomi ostida yagona kotibiyatga birlashtirildi.
Hozirgi Butun jahon intellektual mulk tashkiloti (qisqartirilgan shaklda "BIMT", ingliz tilida - "WIPO", franstuz va ispan tillarida — "OMRI") 1967-yil 14-iyulda imzolangan "Butun jahon intellektual mulk tashkilotini ta`sis etish Konvensiyasi"ga muvofiq tuzilgan. Bu Konvensiya 1970-yilda kuchga kirgan.
Hozirda BIMT Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tizimi tarkibiga (1974-yil dekabridan) kiruvchi ixtisoslashgan muassasadan iborat. 2001yil 1-yanvariga kelib tashkilot 175 davlatni birlashtirdi.
“BIMT” ga hozirda quyidagi 193 mamlakat a’zo.
Aloqa ma'lumotlari, shartnomaga a'zolik, milliy intellektual mulk (IP) to'g'risidagi qonunlar, IP statistikasi, texnik hamkorlik, targ'ibot faoliyati, amaliy tadqiqotlar va boshqalarni toping.
A
“BIMT”ning Buxoro viloaytidagi texnologiyalarni va inovatsiyalarni qo’llab quvvatlash markazi ayni paytda Buxoro muhandislik – texnologiya institutida o’z faoliyatini amalga oshiradi.
Xulosa
Zamon shiddat bilan rivojlanmoqda har bir sohada, hattokinhar soniyada minglab hattoki millionlab yangiliklar yaratilmoqda. Mana shu yaratilgan yangiliklar uni yaratgan shaxsning mulki hisoblanadi, ya’ni intelektual mulki. Intellektual mulk - ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochilik va mualliflik obʼyekti huquqi majmuiga kiruvchi, fan, adabiyot, sanʼat va ishlab chiqarish sohasida ijodiy faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik sanʼati, jumladan ovoz yozish, radio, televideniye asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari, sanoat namunalari, kompyuterlar uchun dasturlar, maʼlumotlar bazasi, nou-xauning ekspert tizimlari, tovar belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy mulk obʼyektlariga kiradi. Mana shu mulk o’zining yaratuvchilarga ham iqtisodiy ham manaviy naf olib keladi. Nafaqat yaratuvchilariga balki atrofdagi boshqa insonlarga ham naf olib kelishi aniq. Naf olib kelar ekan uni o’girlanishoi yoki tortib olinishi mumkin bo’lgan xavfni ham vujudga keltiriladi. Mana shunday nojoya holatlarni oldini olish maqsadida mamlakatimizda ham juda ko’p islohotlar olib borilyapti. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ham aynan shu sohada judanko’plab islohotlarga shaxsan o’zlari boshchilik qilmoqdalar.
Davlatimiz rahbari quyidagi toshiriqlarni yig’ilishda masullarga berganliklari so’zimizning isbotidir.
Ilmiy yutuqlarning «elektron yarmarkasi»ni tashkil etish », –
«Patent egalarini tadbirkorlar bilan bog‘lash kerak»,.
Davlat rahbari mahalliy tovar belgilarini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish masalasiga ham e'tibor qaratgan. Bugungi kunda O‘zbekiston sanoatining bor-yo‘g‘i 72 ta tovar belgisi xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilgani, lekin bu juda kamligi ta'kidlangan.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga mahalliy brendlarning xalqaro ro‘yxatdan o‘tishini ko‘paytirish, ularning xalqaro bozorga chiqishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 08.12.1991
2. “Intellektual mulk to’g’risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida” O’zbekiston Respublikasi qonuni 26.12.2011
3. "O'zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" O’zbekiston respublikasi prezidentining qarori PQ-2637 20.10.2016
4. “Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston respublikasi prezidentining qarori PQ-4168 08.02.2019
5. “Intellektual mulk agentligi to'g'risida” nizomi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 394-sonli qarori 24.11.2016
6. "Butun jahon intellektual mulk tashkilotini ta`sis etish Konvensiyasi" 14.07.1967
7. www.aim.uz
8. www.fayllar.org
9. www.investopedia.com
10. www.ima.uz
11. www.kun.uz
12. www.lex.uz
13. www.tlu.ee
14. www.wipo.in
15. www.president.uz
16. www.wikepedia.org
Do'stlaringiz bilan baham: |