Sport faoliyati psixologiyasi
|
Sportchi psixologiyasi
|
Sport faoliyatining umumiy psixologik xarakteristikasi
|
Ayrim sport turlarining psixologik xarakteristikasi
|
Sportchining maxsus sifatlari
|
Sportchi shaxsining umumiy xislatlari
|
Ta’lim va shug’ullantirishning psixologik asoslari
|
Sportchi irodasini tarbiyalashning psixologik asoslari
|
Sportchi mahoratining psixologik asoslari
|
1.2.Intellektning psixologik tadqiq etish masalalari
Intellektual – so‘zining lug‘aviy ma’nosi aqliy jihatdan yetuklik, fahm-farosat, aql-idrok, zakovat, zukko ya’ni zakovatli inson, zukko bo‘lish demakdir.
Mexanizm - so‘zi muayyan bir maqsadni amalga oshiruvchi omillar, fakrtorlar , tizimga, bir tartibli qolipga solish, ketma-ketlikni to‘g‘ri tanlay bilish demakdir.
Sportchining irodaviy harakatlarida emotsional, intellektual va ijrochilik komponentlari har doim yaxlit namoyon bo‘ladi. Mana shu komponentlarini takomillashtirish asosida irodaviy kuchlarini tarbiyalash amalga oshiriladi.
Maqsadga intilish sportchi faoliyatini ma’lum yo‘nalishda uzoq vaqt davomida yo‘naltirib turadi, bu faoliyatning yaqin va uzoq masalalarini hal etishga ongini qaratishga, mazmuni va darajasi bo‘yicha turli xil qiyinchiliklar keltirib chiqaradigan to‘siqlarni yengib o‘tishga irodaviy kuchlarini faollashtirishga yordam beradi.
Maqsadga intilgan sportchi o‘z oldiga qiyin, lekin mumkin bo‘lgan perspektiv maqsadni qo‘yadi va oraliq maqsadlarni (yillik) va bo‘lajak mashq mashg‘ulotlari va musobaqalariga yaqin vazifalarni belgilab o‘zining individual yo‘lini belgilaydi.
Maqsadga intilganlik faqat odamning nimani istashini bilish va tasavvur etishida emas, balki yana erishmoqchi bo‘lgan narsasiga intilishida ham namoyon bo‘ladi. Intilishning manbai sport masakasini takomillashtirish maqsadi va vazifasining o‘zi ham bo‘lishi mumkin, chunki ular sportchining ehtiyojlari va qiziqishlarini ifoda etadi, uning dunyoqarashi bilan bevosita bog‘liq, uning hayotiy ishonchi va qarashlaridan kelib chiqadi, uning uchun, A.S.Makarenkoning aniq ifoda bo‘yicha “ertangi quvonchdan” iborat bo‘ladi.
Yoshlarning intellektual ijodiy salohiyatiri rivojlantirib borish uchun quyidagi sxemada berilgan (3-shakl) usullardan foydalanishni tavsiya etamiz:
Qat’iylik va tirishqoqlik texnik, jismoniy va taktik tayyorgarlik masalalarini hal etish davomiyligi, katta muskul kuchlarini bajarishga talablar, musobaqalarda sport kurashlarining “qizg‘inligi” bilan ifodalanadigan shug‘ullanuvchining qiyinchiliklarida bo‘ladigan to‘sqlarni yengish jarayonida namoyon bo‘ladi.
Bunday holatlarda shug‘ullanuvchilarda psixologik qiyinchiliklar ham yuzaga kelishi mumkin: dangasalik, istamaslik, to‘yib ketish, monotoniya, yoqmasligi, charchoq va boshqalar.
Ko‘rsatilgan qiyinchiliklarni yo‘qotish zarurlik kabi, ayniqsa murabbiyning topshiriqlarini bajarish burchi va mas’uliyatini xis etish, mashqlar rejalari va musobaqalarda ishtirok etish kabi istaklar bilan asoslanadi. Mana shu istaklar asosida ko‘rsatma yuzaga keladi: “To‘siqlar shuning uchun mavjudki, ularni yengib o‘tish kerak”. Jamoatchilik burchi va shaxsiy mas’uliyati xissi haqiqiy irodali sportchilarda qoniqish, quvonch, to‘siqlarni yengib o‘tish va o‘zini yengish jarayonining o‘ziga sport qiziqishi amaliy intilishga aylanadi.
Intellektual komponenti sportchi intilayotgan natijalarning ahamiyatini tushunishida. To‘siqlarni yengib o‘tish samaraliligi va ularni og‘irlashtiruvchi qiyinchiliklar nimlarga bog‘liq bo‘lishini anglab yetishda namoyon bo‘ladi. Quyidagi irodaviy malakalari birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘ladi: muntazam mashq qilish, bir xildagi mashqlarni chidam bilan va ko‘p marotaba takrorlash, mashq mashg‘ulotlari rejalarini so‘zsiz bajarish. Ichki qiyin holatlarini yengish (toliqish, yomon kayfiyat, og‘riq, dangasalik va boshqalar), musobaqalar oxirigacha yuqori natija uchun faol kurashish. Ular orasida charchoqni yengish ko‘proq darajada o‘rganilgan, uni sport amaliyotida “chidash mahorati” deb ataydilar.
O‘zini tutib olgan sportchilarning intellektual faolliklari “mag‘lublik” fikrlariga yo‘l qo‘ymasligi (“eplay olmayman”, “bajara olmayman deb qo‘rqaman”, “kuchim yetmaydi”) va negativ tasavvurlarga, misol uchun gimnastik xodadan yiqilib tushish fikriga yo‘l qo‘ymasligi aniqligi bilan ajralib turadi. Emotsional hayajonlanish optimal darajasini ushlab turishga o‘zining sezgilarini, tuyg‘ularini tuta bilishi yordam beradi. U quyidagilarda namoyon bo‘ladi: ortiqcha tashvishlanishda, og‘ir paytda, og‘riq, javobgarlik xissi kuchli bo‘lganida hayajonini pasaytirishda; apatiya sarosimalik, toliqish, ishonchsizlik, qo‘rquv holatida emotsional tonusini ko‘tarishda. O‘z harakatlarini boshqarishni bilishi noqulay ichki holatlarida ularning texnikasini saqlab qolishda amalga oshiriladi. Masalan, o‘zini tuta biladigan futbol darvozabonlari ularning darvozalariga to‘p kiritilganida o‘zini hayajonlarini boshqarishni – uni ichlariga yutib yuborishni yoki uni esdan chiqarishni biladilar – shuning uchun o‘yinni ishonch bilan davom ettiradilar. Sarosimalik yoki tushkunlik bilan kurashishni bilmaydigan darvozabonlar o‘yin sifatlari keskin pasayadi.
Irodaviy sifatlarini tarbiyalash intellektual,emotsional va ijrochilik komponentlarini, ularning tuzlishini shug‘ullanuvchilarda mazmuni va qiyinligi darajasi bo‘yicha turlicha keltirib chiqaradigan to‘siqlarni bartaraf etish jarayonida akomillashtirish asosida amalga oshiriladi.
1. Irodaviy sifatlari intellektual komponentlarini takomillashtirish shug‘ullanuvchilarning maqsadga muvofiq va asosli qaror qabul qilishlari uchun zarur bo‘lgan umumiy va maxsus bilimlari bilan qurollanishlarini ko‘zda tutadi. Bilimlar bilan qurollanish shug‘ullanuvchilarning sport tayyorgarligini ularning yuksak aqliy faolliklari bilan birlashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi – sport texnikasi va taktikasi, jismoniy rivojlanish va mashg‘ulot metodikasi, psixologik tayyorgarlik bilimlari mohiyati va qonuniyatlari bilan tanishtirish yo‘li bilan. Shu bilan birga turli qiyinchiliklarning kelib chiqishi, ularning namoyon bo‘lishi xususiyatlari, ularni oldini olish yo‘llari va vositalariga e’tiborni qaratiladi.
Mas’uliyatli qaror qabul qilish va amalga oshirish paytida – toliqqan holatida, vaqt kamlik paytida. Tavakkalchilik va xavfli vaziyatlarda. Ko‘zda tutilmagan sharoitda, keskin sport kurashi vaqtida – to‘plagan bilimlarini qo‘llash ham katta ahamiyatga ega. Muammoli vaziyatlar laborator sharoitlarda ham (misol uchun, basketbol maydonchasi maketida) va tabiiy holatlarda ham yuzaga keltirilishi mumkin – ikki kishi to‘rt kishiga qarshi o‘ynash, musiqasiz figurali uchish kombinatsiyasini bajarish, chapaqay bokschi bilan mashg‘ulot o‘tkazish. Bunday sharoitlarda fikrlash masalalarini hal etish va muammoli vaziyatdan chiqish yo‘lini izlash fikri aniqligi va chaqqonligi, uning tezligi va mantiqiyligi, aqlining chuqur va kengligi, mustaqillik va tanqidiylik, mustaqilik va o‘ziga xos yo‘l qo‘llashi. Antitsipatsiyaga qobiliyati kabi sifatlarini rivojlanishiga kerakli mashq qildiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
2. Emotsional komponentini takomillashtirish shug‘ullanuvchilarda irodaviy harakatlari natijaviy va protsessual motivlarini tarbiyalashni ko‘zda tutadi. Natijaviy motivlarini tarbiyalash bir tomondan shug‘ullanuvchilarni ma’naviy axloq qoidalari bilimlari bilan, etika qoidalari va normalari bilan tanishtirish, ma’naviy ishonch va qarashlarini shalklantirish yo‘li bilan amalga oshiriladi, boshqa tomondan – to‘siqlarni yengish jarayonida turli qiyinchiliklarni hal etishda ma’naviy va sport hayajonlari tajribasini to‘plash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Buning asosida hayajonlarini sportchini to‘la o‘zini bag‘ishlashi, fidokorligi va hatto “men bajarishim kerak...”, “bu juda zarur” shiorlari ostia mashg‘ulot va musobaqalar jarayonida hamma narsadan kechishiga chorlovchi sport faoliyatiga mustahkam emotsional munosabatiga aylanishi sodir bo‘ladi.
Фаоллик
Билиш ва қизиқиш
Қобилият
Истеъдод
Билишга интилиш
Шахсий сифат
Мақсад қўйиш
Кўпроқ ўқиш
Меҳнат
Хусусият
Характер
Yoshlarning umumiy faoliyat turlarini birma-bir o‘rganmasdan turib ularning ijodiy salohiyatiga baho bera olmaymiz. Chunki, o‘quvchilar o‘rganilayotgan fanni “a’lo” va “yaxshi” o‘zlashtirishiga qarab uning iste’dodini baholashimiz ham noto‘g‘ri uslubdir. Ma’lumki, bir yo‘nalishni chuqur o‘zlashtirib tor mutaxassislik doirasida “a’lo” bo‘lib ixtisosligi bo‘yicha o‘qitilayotgan fanlarni yaxshi o‘zlashtira olmasligi mumkin. Buning uchun barcha ta’lim maskanlarida tahsil berayotgan ustozlarimiz o‘z shogirdlarining ijodiy salohiyati va mahoratini rivojlantirish uchun o‘quvchining intellektual sifatlarini o‘rganishi zarur bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |