«Bu erda nima ortiqcha?» metodikasi
Ushbu metodika 4 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan va bundan oldingi metodikaga o‘xshashdir. Bu metodika bolalarning obrazli, so‘z-mantiqli tafakkur jarayonini analiz va umumlashtirish operatsiyalarini tadqiq qiladi. Metodikada bolalarga har xil predmetlar tasvirlangan rasmlar tavsiya qilinadi va quyidagicha ko‘rsatma beriladi: «Har bir rasmda tasvirlangan 4 ta predmetdan biri ortiqcha. Diqqat bilan rasmga qarab, qaysi predmet ortiqcha va nima uchun ortiqcha ekanligini tushuntirib ber». Topshiriqni bajarish uchun 3 daqiqa vaqt beriladi.
7-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |