Natijalarni baholash Topshiriq bajarish tezligi va sifatiga qarab ballarda baholanadi.
10 ball – bola hamma topshiriqni bajarishga 90 soniyadan kam vaqt sarflab, figuralarning burchaklarini to‘g‘ri va aniq birlashtira olsa hamda chiziqlar berilgan konturlarga aniq mos kelsa qo‘yiladi;
8 - 9 ball – topshiriqni bajarishga 90 soniyadan 109 soniyagacha vaqt sarflansa, ammo quyidagi kamchiliklarning birortasi mavjud bo‘lsa: bir ikkita chiziqning to‘g‘ri emasligi; ikki yoki uchta chiziq figura burchaklari noto‘g‘ri birlashtirilgan bo‘lsa; ikkitadan to‘rttagacha chiziqlar konturdan tashqariga chiqib ketgan bo‘lsa; to‘rttadan beshtagacha figura burchaklarini birlashtirishda noaniqlikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa qo‘yiladi;
6- 7 ball – hamma topshiriqni bajarishga 105 dan 120 soniyagacha vaqt sarflansa, ammo quyidagi kamchiliklarning birortasi mavjud bo‘lsa: uch yoki to‘rtta chiziqning egriligi; to‘rttadan oltitagacha figura burchaklarining noto‘g‘ri birlashtirilganligi; beshtadan oltitagacha chiziqlar konturdan tashqariga chiqib ketganligi; oltitadan ettitagacha figura burchaklarini birlashtirishdagi noaniqlik bo‘lsa qo‘yiladi;
4-5 ball – topshiriqni bajarishga 120 dan 135 soniyagacha vaqt sarflansa, ammo quyidagi kamchiliklarning birortasi mavjud bo‘lsa qo‘yiladi: besh yoki oltita chiziqning egriligi; ettitadan o‘ntagacha burchaklarning noto‘g‘ri birlashtirilganligi; ettita sakkizta chiziqning konturdan chiqib ketganligi; sakkiztadan o‘ntagacha burchaklarning noaniq birlashtirilganligi;
2 - 3 ball – topshiriqni bajarishga 135 dan 150 soniyagacha vaqt sarflansa, quyidagi kamchiliklardan birortasi mavjud bo‘lsa qo‘yiladi: 7 tadan 10 tagacha chiziqning egriligi; 11 tadan 20 tagacha burchaklarning noto‘g‘ri birlashtirilganligi; 9 tadan 10 tagacha chiziqlarning konturdan tashqariga chiqib ketganligi; 11 tadan 17 gacha burchaklarning noaniq birlashtirilganligi;
0-1 ball – topshiriqni bajarishga 150 soniyadan ko‘p vaqt sarflansa, bir yoki ikkita chiziqdan tashqari, qolgan chiziqlarning noto‘g‘ri chizilganligi; bir yoki ikkita burchakdan tashqari, qolgan burchaklarni birlashtirishdagi xatoliklar uchun qo‘yiladi.;
Taraqqiyot darajasi haqida xulosa chiqarish.
10 ball – juda Yuqori
8 - 9 ball – Yuqori
4 - 7 ball – o‘rtacha
2 - 3 ball – past
0-1 ball – juda past