SO‘ZBOSHI
Aziz o’quvchilar sizga kimyoning barcha nazariy qismidagi qiyinchiliklardan kelib chiqqan holda, sizlar uchun shu kitobchani yaratishga qaror qildik. Kitob barcha maktab va litsey darsliklari asosida tuzilgan. Bu kitobcha siz o’zingizga kerakli bo’lgan nazariy va amaliy ma’lumotlarni mukammal egallashingizga yordam beradi. DTM tomonidan tuzilayotgan savollardan kelib chiqqan holda, savollarni qiyinroq qilishga qaror qildik va kimyoning eng muhim ma’lumotlarini o’rganishingizni istadik. Kitobimiz sizga nafaqat kirish imtihonlarida balki doimiy kimyo bilan shug’ullanuvchilar uchun ham doimiy hamroh bo’ladi. Kitobimizdan kimyo fanidan dars berayotgan barcha o’qituvchilar foydalanishi mumkin. Agar, sizning bilim olishingizga va kimyoning nazariy va amaliy qismini yaxshi o’rganishingizga kitobchamiz ko’maklashayotgan bo’lsa, biz bundan xursandmiz!!!
Kitobcha “Intellectual School” o’quv markazi kimyo fani o’qituvchilari tomonidan tuzilgan.
Suxrob Jumayev
Shahboz Ahatov
KIMYO 7
Tabiatni o‘rganuvchi fanlar qaysilar?
Javob: Kimyo, biologiya, fizika
Moddalarning xossalarini ayting?
Javob: Rang, hid, zichlik, ta’m, qattiq, suyuq, gaz holati
Atom nimadan tashkil topgan?
Javob: Elektron, proton, neytron va boshqa mikrozarralardan tashkil topgan
Suyuqlikda qattiq zarrachalarning uzluksiz harakatini kim aniqlagan?
Javob: 1827-yilda ingliz olimi Broun mikroskopda suyuqlikdagi qattiq zarrachalaming harakatini kuzatganda, ular uzluksiz harakat qilishini aniqlagan
Broun harakati nima?
Javob: Suyuqlikda molekulalarining tartibsiz ravishda uzluksiz harakati
Diffuziya nima?
Javob: Bir modda molekulalarini boshqa modda molekulalari orasida tarqalishi
Molekula nima?
Javob: Moddaning kimyoviy xossalarini namoyon qiluvchi eng kichik bo‘lagi
O‘zaro bog‘langan atomlar guruhidan iborat zarracha nima deyiladi?
Javob: Molekula
Molekula va atomlarning o’zaro o’xshashligi nima?
Javob: Ularning doimiy harakatda bo‘lishi
Kimyoviy reaksiyalarda molekulalar qanday o’zgarishga uchraydi?
Javob: Atomlarga parchalanadi yoki atomlardan iborat tarkibini o‘zgartiradi
Kimyoviy reaksiyalarda atomlar qanday o’zgarishga uchraydi?
Javob: Kimyoviy reaksiyalarda deyarli o‘zgarishsiz qoladi
Kimyoviy element nima?
Javob: Atomlaming muayyan turi
Hozirgi kunda atomlarning nechta turi mavjud?
Javob: 118 ta turi
Elementning kimyoviy belgisi qanday ifodalanadi?
Javob: Element lotincha nomining bosh harfi yoki bosh harfiga keyingi harflardan birini qo‘shib yozish bilan ifodalanadi
Elementning kimyoviy belgisi - element lotincha nomining bosh harfi yoki bosh harfiga keyingi harflardan birini qo‘shib yozishni kim taklif etgan?
Javob: 1813-yilda shved kimyogari Berselius
Yer yuzasining foydali qazilmalar olinadigan qismini 90% massasini asosan qaysi elementlar tashkil etadi?
Javob: Beshta element: kislorod, kremniy, aluminiy, temir va kalsiy
Inson tanasining asosiy qismi tashkil etuvchi uch element qaysi?
Javob: Kislorod, vodorod, uglerod
Oddiy modda nima?
Javob: Faqat bir xil atomlardan tashkil topgan modda
Moddalarni tashkil etuvchi zarrachalarni tabiatiga ko‘ra nechta guruhga bo’linadi?
Javob: Molekular va nomolekular tuzilishdagi moddalarga bo‘linadi
Ingliz olimi J.Daltonning molekular tuzilishli moddalarga ta’rifi?
Javob: Molekular tuzilishdagi moddalar bir xil molekulalardan tashkil topgan va shuning uchun bunday moddalar tarkibi o‘zgarmas bo‘ladi deb ta’riflagan
Trakibi o’zgarmas moddalar nima deb ataladi?
Javob: Daltonidlar
Molekular tuzilishdagi moddalarga nimalar kiradi?
Javob: Odatda gazsimon holatdagi moddalar
Nomolekular tuzilishdagi moddalarga nimalar kiradi?
Javob: Asosan qattiq moddalar kirib, ular kristall tuzilishga ega. Ularning kristall tugunlarida molekula emas, balki atom yoki boshqa zarra turadi
Sof, toza modda nima?
Javob: Tarkibi va xossalari butun hajmi bo‘yicha bir xil bo‘lgan modda
Aralashma nima?
Javob: O‘zgaruvchan tarkibga ega va fizik usullar bilan toza moddalarga ajratilishi mumkin
Oddiy moddalarga misollar keltiring?
Javob: Vodorod, kislorod, temir, oltingugurt
Murakkab moddalar nima?
Javob: Turli element atomlaridan tashkil topgan moddalar
Murakkab moddalarga misollar keltiring?
Javob: Masalan: suv, osh tuzi, shakar
Allotropiya hodisasi nima?
Javob: Bir element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo‘lishi
Uglerodning allotropik shakllariga misol keltiring?
Javob: Olmos, grafit, karbin, fulleren
Oltingugurtning allotropik shakllariga misol keltiring?
Javob: Rombik, plastik, kristall va amorf
Fosforning allotropik shakllariga misol keltiring?
Javob: Qizil fosfor, oq fosfor, qora fosfor
Kislorodning allotropik shakllariga misol keltiring?
Javob: Ozon
Sifat analizi nima?
Javob: Birikma qanday tarkibiy qismlardan iborat ekanligini aniqlash
Miqdoriy analiz nima?
Javob: Birikma tarkibiy qismlari qanchadan iborat ekanligini aniqlash
Moddaning agregat holatlarini ayting?
Javob: Gaz, suyuq, qattiq holatlar
Sublimatlanish nima?
Javob: Qattiq holatdan to‘g‘ridan to‘g‘ri gaz holatiga o‘tish hodisasi
Kimyoviy formula nima?
Javob: Modda tarkibining kimyoviy belgilar va (zarurat bo‘lsa) indekslar yordamida ifodalanishi
Valentlik nima?
Javob: Element atomining boshqa elementlar atomlari aniq sonini biriktirib olish imkoniyati
Modda miqdori nima?
Javob: Moddani tashkil qiluvchi zarralar soni
Modda miqdori o‘lchami?
Javob: Mol
6,02•1023 ta zarra (atom, molekula va boshqa zarralar) tutgan modda miqdori nechaga temg?
Javob: 1 mol
Avogadro soni nechaga teng?
Javob: 6,02•1023
Kimyoviy tenglama nima?
Javob: Kimyoviy reaksiyalarning kimyoviy formulalar yordamida ifodalanishidir
Tarkibning doimiylik qonuni kim fanga kiritgan?
Javob: 1799-yilda fransuz olimi J.Prust
Tarkibning doimiylik qonunining ta’rifi?
Javob: Har qanday toza modda olinish usuli va joyidan qat’i nazar doimiy tarkibga ega bo‘ladi
Elementning ekvivalentligi nima?
Javob: 1 mol vodorod atomlari bilan birikadigan yoki kimyoviy reaksiyalarda 1 mol vodorod atomlarining o‘rnini oladigan miqdoriga aytiladi
Ekvivalent hajm nima?
Javob: Moddaning 1 ekvivalenti egallaydigan hajm bo‘lib, gazsimon holat uchun qo’llanadi (1 ekvivalent hajm H - 11,2 l/mol, О - 5,6 l/mol)
Avogadro qonuni ta’rifi?
Javob: Bir xil sharoitda o‘zaro teng hajmdagi turli xildagi gazlarda molekulalar soni teng bo‘ladi
Kimyoviy energiya nima?
Javob: Kimyoviy reaksiyalarda ajralib chiqadigan energiya
Ekzotermik reaksiyalar nima?
Javob: Issiqlik (energiya) chiqishi bilan boradigan reaksiyalar
Endotermik reaksiyalar nima?
Javob: Issiqlik (energiya) yutilishi bilan boradigan reaksiyalar
Yer po‘stida eng ko‘p tarqalgan element qaysi?
Javob: Kislorod
Kislorodni kim kashf etgan?
Javob: 1774-yil 1-avgustda J.Pristli va undan bexabar holda
1774-yil 30 - sentabrda K.Sheele tomonidan kashf etilgan
Kislorodning ekvivalent massasi va hajmiy ekvivalenti nechaga teng?
Javob: 8 g/mol va 5,6 l/molga teng
Kislorodning tabiatda eng ko‘p tarqalgan birikmasi?
Javob: Oq qum - SiO2
Sanoatda kislorod qanday olinadi?
Javob: Suvni elektroliz qilib yoki suyuq havodan olinadi
Laboratoriyada kislorod qanday olinadi?
Javob: 1) Kaliy permanganatni qizdirib parchalash 2) Bertole tuzini katalizator ishtirokida qizdirib parchalash 3) Ishqoriy metallar nitratlarini qizdirib parchalash 4) Suvni elektroliz qilish 5) Vodorod peroksidni (katalizator marganes (IV)-oksid ishtirokida) parchalash yo’llari orqali olinadi
Katalizator nima?
Javob: Kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradigan va bu jarayonda o‘zgarmasdan, sarflanmay qoladigan moddalar
Katalizator ishtirokida boradigan jarayon nima deyiladi?
Javob: Kataliz
Ozon qatlami qayerda joylashgan va qalinligi?
Javob: Stratosferada 2-4,5 mm qalinlikda
Ozonning fizik xususiyatlari nimalar?
Javob: Moviyrang, xarakterli hidga ega, suvda kisloroddan yaxshiroq eriydigan gaz (0°C da 1 l suvda 490 ml ozon eriydi)
Ozon laboratoriyada qaysi uskuna yordamida olinadi?
Javob: Ozonator yordamida olinadi
Eng faol metallmas qaysi?
Javob: Ftor
Ftordan keyingi faol metallmas qaysi?
Javob: Kislorod
Kislorodning oddiy va murakkab moddalar bilan o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida hosil bo‘lgan yangi moddalar nima deyiladi?
Javob: Oksidlar
Oksidlarda kislorodning valentligi?
Javob: 2 valentli
O‘simliklarning quruq biomassasining 45 foizini nima tashkil etadi?
Javob: Kislorod
Inson tanasining necha foizini kislorod tashkil etadi?
Javob: 65 foiz
Eng ko‘p birikma hosil qilgan element qaysi?
Javob: Vodorod
Koinotda eng ko‘p tarqalgan element qaysi?
Javob: Vodorod
Indikatorlar nima?
Javob: Moddalarning maxsus xossalari bilan bog‘liq ravishda rangini o‘zgartiruvchi sinov moddalar
Laboratoriyada vodorodning olinishi?
Javob: Rux yoki temiming xloridni sulfat kislota bilan ta’sirlashuvi natijasida olinadi
Laboratoriyada vodorodning olinishida qaysi apparatidan foydalaniladi?
Javob: Kipp apparatidan foydalaniladi
Sanoatda vodorodni olinish usuli?
Javob: 1)Suvni elektroliz qilish orqali; 2)Metanni qayta ishlash orqali
Qaysi metallmas metallarda erish xususiyatiga ega?
Javob: Vodorod
Eng katta diffuziya tezligiga ega bo‘lgan metallmas qaysi?
Javob: Vodorod
Ishqoriy va ishqoriy-yer metallar yuqori haroratda vodorod bilan tuzsimon birikmalari nima deyiladi?
Javob: Gidrid
Kelajak yonilg‘isi nima?
Javob: Vodorod
Qanday hajmiy nisbatdagi vodorod va kislorod aralashmasi «qaldiroq gaz» deb ataladi?
Javob: 2 hajm H2 : 1 hajm O2
Suvning issiqlik sig‘imi nechaga teng?
Javob: 4,18 J/K(g)
Kistallogidratlar nima?
Javob: Ba’zi tuzlar suv bilan birikmalar qilishi
Eng yaxshi erituvchi?
Javob: Suv
Ikki yoki undan ortiq tarkibiy qismlardan iborat suyuq gomogen (bir jinsli) tuzilmalar nima deyiladi?
Javob: Suyuq eritmalar
Eruvchanlik nima?
Javob: Moddaning erish qobiliyati
To‘yingan eritma nima?
Javob: Ayni haroratda eruvchi moddadan ortiqcha erita olmaydigan eritma
Eritma nima?
Javob: Erituvchi, erigan modda va ularning o‘zaro ta’sirlashuv mahsulotlaridan iborat bir jinsli tuzilmadir
To‘yinmagan eritma nima?
Javob: Ayni haroratda to‘yingan eritmada mavjud erigan moddadan kam miqdorini tutuvchi eritma
Suyultirilgan eritma nima?
Javob: Erigan modda miqdori juda oz bo‘lgan eritma
Konsentrlangan eritma nima?
Javob: Erigan modda miqdori yuqori bo‘lgan eritma
Massa ulushi nima?
Javob: Erigan modda massasini eritma massasiga nisbati bo‘lib, odatda 1 dan kichik sonlarda ifodalanadi
Foiz konsentratsiya nima?
Javob: Erigan modda massasining eritma massasiga nisbatining foizlarda ifodalanishi
Molyar konsentratsiya nima?
Javob: Erigan modda miqdorining eritma hajmiga nisbat bilan ifodalanishi, ya’ni 1 l (1000 ml) eritmada 1 mol modda erigan bo‘lsa, 1 M (bir molyarli) eritma deb ataladi
Normal konsentratsiya nima?
Javob: Erigan modda ekvivalent sonining eritma hajmiga nisbati, ya’ni 1 l (1000 ml) eritmada 1 g-ekv modda erigan bo‘lsa 1 N (bir normalli) eritma deb ataladi
Oksid nima?
Javob: Biri kislorod bo‘lgan, ikki elementdan tashkil topgan murakkab moddalar
Oksidlarning toifalanishi?
Javob: Asosli (Na2O, CaO, FeO), kislotali (CO2, SO2, P2O5), amfoter (ZnO, Cr2O3, Al2O3) oksidlarga toifalanadi
Befarq oksidlar nima?
Javob: Kimyoviy reaksiyalarda tuz hosil qilmaydigan oksidlar (NO, SiO, PO, N2O va b.)
Metall atomi va bir yoki bir necha gidroksoguruhlardan tashkil topgan murakkab moddalarga nima deyiladi?
Javob: Asoslar
Ishqorlar nima?
Javob: Suvda eruvchi asoslar (NaOH, KOH)
Suvda erimaydigan asoslarga misol keltiring?
Javob: Cu(OH)2, Fe(OH)2
Ham kislota, ham asos xossalarini namoyon qiluvchi asoslar nima deyiladi?
Javob: Amfoter asos (Zn(OH)2, Cr(OH)3, Al(OH)3)
O‘yuvchi natriy texnik maqsadlarda «kaustik soda» nima?
Javob: O‘yuvchi natriy - NaOH
Kislota nima?
Javob: Tarkibida metall atomlariga almashina oluvchi vodorod atomlari hamda kislota qoldig‘idan iborat bo‘lgan murakkab moddalar
Kislotalar eritmasini tayyorlashda o’ziga xosligi
Javob: Kislota suvga quyiladi
Tuz nima?
Javob: Metall atomlari (yoki ammoniy NH4+) va kislota qoldig‘idan iborat bo‘lgan murakkab moddalar
O‘rta tuz nima?
Javob: Metall atomi kislota tarkibidagi barcha vodorod o‘rnini olgan, metall atomi va kislota qoldig‘idan iborat murakkab modda (aluminiy fosfat - AlPO4 , kaliy permanganat - KMnO4 , natriy atsetat - CH3COONa , kaliy oksalat - K2C2O4)
Nordon tuz nima?
Javob: Metall atomi kislota tarkibidagi vodorodning bir qismini o‘rnini olgan, metall atomi hamda vodorod va kislota qoldig‘idan iborat murakkab modda (natriy gidrokarbonat - NaHCO3 , kaliy gidrosulfid - KHS, litiy gidrosulfat - LiHSO4)
Asosli tuz nima?
Javob: Tarkibida metall atomi va kislota qoldig‘i bilan birga gidroksid guruhi tutgan murakkab modda (magniy gidroksobromid - Mg(OH)Br, aluminiy gidroksosulfat - Al(OH)SO4 )
KIMYO 8
Lavuazye va Laplas qonuni ayting?
Javob: Har qanday murakkab moddaning oddiy moddalarga qadar parchalanish issiqligi uning hosil bo‘lish issiqligiga teng bo‘lib, ishorasi qarama-qarshi tarzda ifodalanadi
Gess qonunini ayting?
Javob: Reaksiyalarning issiqlik effekti boshlang'ich moddalar bilan hosil bo'lgan mahsulotlarning tabiatiga bog‘liq bo ‘lib, reaksiyaning oraliq bosqichlariga taalluqli emas
Tipik metallarning gidroksidlari va metallmaslarning gidroksidlari nima deyiladi?
Javob: Asos va kislota
Metallarning gidridlari va metallmaslarning gidridlarini agregat holatini ayting?
Javob: Qattiq moddalar; uchuvchan moddalar
Asos xossalarini ham, kislota xossalarini ham namoyon qiluvchi gidroksidlar nima deyiladi?
Javob: Amfoter gidroksid
Ishqoriy metallar barcha birikmalarida necha valentli?
Javob: I valentli
Kimyoviy reaksiyaga deyarli kirishmadigan elementlar nima deyiladi?
Javob: Inert elementlar
Tabiatdagi barcha narsalar juda kichik zarrachalar — atomlardan tashkil topganligini kim bayon qilgan?
Javob: 460 - 370 - yillarda Demokrit
Atomlarning bo‘linishini va atom mayda bo'laklar bilan bo‘shliqlardan iborat ekanligini va ular doirno harakatda bo‘lishini kim izohlab bergan?
Javob: Markaziy Osiyolik ensiklopedist olim Ar-Roziy
Atomlarni bo‘linmaydigan zarrachalar deb qaraydigan olimlarga qarshi o‘z fikrlarini bildirgan va atomlarni bo‘linadigan (lekin cheksiz emas) mayda zarrachalar ekanligini kim e’tirof etgan?
Javob: 979 -1048 - yillarda yashab, faoliyat ko ‘rsatgan ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy
Dorivor, tabiiy kimyoviy birikmalarning tarkibi va xossalariga ko‘ra sinflarga kim toifalashtirgan?
Javob: Buxorolik buyuk tabib Abu Ali ibn Sino
Kimyoviy element eng oddiy, kimyoviy jihatdan bo‘linmaydigan modda bo'lib, u murakkab moddalar tarkibiga kirishini kim tushuntirgan?
Javob: Ingliz kimyogari va fizigi R.Boyl
Massaning saqlanish qonunini kim kashf etgan?
Javob: 1756 - yilda Lomonosov
Tarkibning doimiylik qonunini kim kashf etgan?
Javob: 1801-1808 - yillarda J.L.Prust
Atom-molekular ta’limotni rivojlantirdi va atom massa haqidagi tushunchani kim fanga kiritgan?
Javob: 1803-1804 - yillarda Dalton
46 elementning atom massalari asosida kimyoviy elementlar jadvalini kim tuzgan?
Javob: 1814- yilda Berselius
Elementlarni triadalarga, ya’ni о‘xshash uchtadan iborat tabiiy oilalarini kim tuzgan?
Javob: 1817-1829 - yillarda Debereyner
Valentlik tushunchasini kim fanga kiritgan?
Javob: 1852 - yilda Franklend
Organik birikmalarning tuzilish nazariyasini kim kashf etgan?
Javob: 1861 - yilda A.M.Butlerov
Elementlarning atom massalariga asoslanib triadalar nazariyasini kim taklif etgan?
Javob: Debereyner
1862 - yilda kimyoviy elementlarning silindr shaklidagi jadvalini kim yaratgan?
Javob: A.de-Shankurtua
1864 - yilda elementlarning atom massalari ortib borishiga asoslangan jadvalni kim taklif qilgan?
Javob: Yu.L.Meyer
1865 - yilda elementlar ekvivalentlariga asoslangan oktavalar qonunini kim taklif etgan?
Javob: J.Nyulends
Davriy qonunni kim kashf etgan?
Javob: 1869- yilda D.I.Mendeleyev
Atomlar bo‘linmaydigan sharsimon zarralardir deb qarovchi g‘oyalarni inkor etgan va atom tuzilishining planetar modelini kim taklif etgan?
Javob: 1911 - yilda ingliz olimi E.Rezerford
Rezerford o‘z tajribalari natijalariga asoslanib qayday xulosalarga kelgan?
Javob: 1)Atom markazida musbat zaryadlangan yadro bor; 2)Yadro atrofida manfiy zaryadlangan elektronlar harakatlanadi; 3)Atom yadrosining zaryadi son jihatdan elementning tartib raqamiga teng; 4)Yadrodagi musbat zaryadli protonlar soni elektronlar soniga teng
Elektronlarning massasi protonlarning massasidan necha marta kichik?
Javob: 1840 marta kichik
Elektroneytral zarracha nima?
Javob: Atom
Zaryadsiz zarracha nima?
Javob: Neytron
Yadro qaysi zarrachalardan tashkil topadi?
Javob: Musbat zaryadlangan protonlar va zaryadsiz zarracha neytronlardan
Izotop nima?
Javob: Kimyoviy element atomi yadrosida protonlar soni bir xil, ammo neytronlar soni turlicha, shuning uchun ham atom massalari bilan farqlanuvchi atomlarning turlari
Vodorodning nechta izotopi bor?
Javob: 2 ta tabiiy izotopi va yadro reaksiyalari natijasida hosil bo‘ladigan yana bir izotopi mavjud: protiy; deyteriy; tritiy
Izobar nima?
Javob: Yadro zaryadlari turlicha bo‘lib, massalari bir xil bo‘lgan elementlar
Izoton nima?
Javob: Atom yadrolarida neytronlar soni bir xil, ammo protonlar soni bilan farqlanadigan elementlar
Vodorod atomida elektron yadro atrofida qanday harakatlanadi?
Javob: Sharsimon bulut hosil qilib harakatlanadi
Energetik pog‘onalardagi elektronlar soni qanday topiladi?
Javob: 2n2 formula bilan aniqlanadi
Energetik pog‘onani qanday elektronlar tashkil qiladi?
Javob: Energiya miqdori deyarli bir-biriga yaqin bo‘lgan elektronlar
Pauli prinsipi nima?
Javob: Har qanday atomda barcha kvant soni bir xil bo’lgan ikkita elektron bo‘lishi mumkin emas
Pog‘onachalarda elektronlarni to‘lib borishi ketma – ketligini ayting?
Javob: 1s2→ 2s2→ 2p6→ 3s2→ 3p6→ 4s2→ 3d10→ 4p6→ 5s2→ 4d10→ 5p6→ 6s2→ 4f14→ 5d10→ 6p6→ 7s2→ 5f14→ 6d10
Pog‘onachalarda elektronlarni to‘lib borishi ketma – ketligini qaysi qoida asosida aniqlangan?
Javob: Y.M.Klechkovskiy qoidasi
Xund qoidasini ayting?
Javob: Elektronlar avval yacheykalarni toq holatda to‘ldiradi
Elektron pog‘onachalardag'i yacheykalarning elektronlarga to‘lib borish tartibi qaysi olim qoidasiga amal qiladi?
Javob: Xund qoidasi
Davr nima?
Javob: Ishqoriy metalldan boshlanib inert gazlar bilan tugaydigan elementlarning gorizontal qatori
Kichik davrlarga nechanchi davrlar kitradi?
Javob: 1-, 2-, 3- davrlar
Katta davrlarga nechanchi davrlar kiradi?
Javob: 4-, 5-, 6-, 7- davrlar
Bosh guruhchalar nima?
Javob: Ham kichik, ham katta davr elementlarini o‘z ichiga olgan guruhchalar
Qo’shimcha guruhchalar nima?
Javob: Faqat katta davr elementlarini o‘z ichiga olgan guruhchalar
Oldindan bashorat qilingan ekabor, ekaaluminiy va ekasilitsiy elementlarini hozirgi nomini ayting?
Javob: Skandiy, Galliy, Germaniy
Galliy elementini kim kashf etgan?
Javob: 1875 - yilda fransuz olimi Lekok de Buabadron
Skandiy elementini kim kashf etgan?
Javob: Skandinav olimi Nilson 1879 - yilda
Germaniy elementini kim kashf etgan?
Javob: Nemis olimi K. Yinkler 1886- yilda
Reniy elementini kim kashf etgan?
Javob: V.Noddak va I.Noddaklar
Uran tuzlaridan rentgen nurlariga o‘xshash nurlar chiqishini kim aniqlagan?
Javob: Fransuz olimi A.Bekkerel 1896 - yilda
Fransuz olimlari Mariya Skladovskaya-Kyuri bilan Pyer Kyurilar 1898 - yilda radiometrik usul qaysi elementlarni kashf etgan?
Javob: Radiy va Poloniy
Radioaktivlik nima?
Javob: Kimyoviy elementlarning beqaror izotoplarining yadrolaridan turli zarrachalar va nurlar chiqarib boshqa xil yadroga aylanish hodisasi
“Radioaktiv” so’zining ma’nosi?
Javob: Lotincha so‘z bo‘lib “radio” - nur chiqaraman, “aktavus” - faol, faol nur chiqaruvchi demakdir
Radioaktiv element nima?
Javob: Barcha izotoplari radioaktiv bo‘lgan kimyoviy element
1899 - yilda ingliz fizik olimi Ernest Rezerford radioaktiv nurlarni o‘rganish davomida nurlarni nechta qismga bo’lgan?
Javob: 3 qismga : α- , β- , γ-nurlar
α - nur nima?
Javob: Geliy atomining yadrosi
β - nur nima?
Javob: Elektronlar oqimi (A. Bekkerel isbotlagan)
γ - nur nima?
Javob: Elektromagnit to‘lqinlar (1900 - yilda fransuz olimi P.Uilard isbotlagan)
Yadrosi barqaror element nima?
Javob: Radioaktiv bo‘lmagan element
Sun’iy radioaktivlikni kim kashf etgan?
Javob: 1934- yilda Fredrik Jolio-Kyuri va Iren Kyuri
Yadro reaksiyalarini o‘rganish sohasida bir qator ilmiy ishlarni boshlab bergan o’zbek olimlari?
Javob: U.O.Oripov, M.Mo‘minov
Elektrmanfiylik nima?
Javob: Ayni element atomining boshqa element atomidan elektronlarni tortib olish xususiyati
Elektrmanfiyligi eng yuqori bo‘lgan element?
Javob: Ftor
Elektrmanfiyligi eng kichik element?
Javob: Seziy
Metallmas va metallarda elektrmanfiylik qanday?
Javob: Metallmaslarning elektrmanfiyligi nisbatan katta, metallarning elektrmanfiyligi esa kichik qiymatga ega
Kovalent bog ‘lanish nima?
Javob: Atomlarning umumiy elektron juftlari vositasida bog‘lanishi
Qutbsiz kovalent bog’lanish nima?
Javob: Elektrmanfiyligi bir xil bo‘lgan atomlar orasida umumiy elektron juftlari hosil bo‘lishi hisobiga vujudga keladigan kimyoviy bog‘lanish
Qutbli kovalent bog‘lanish nima?
Javob: Elektrmanfiyliklari bir-biridan biroz farq qiladigan atomlar orasida hosil bo‘lgan kimyoviy bog‘lanish
Ammoniy ionining kimyoviy bog’lanish turi
Javob: Donor-akseptor bog‘lanishli ion
Bir atomning kimyoviy bog‘lanishda ishtirok etmagan, ya’ni taqsimlanmagan elektron jufti va ikkinchi atomning bo‘sh orbitali о‘rtasida hosil bo‘lgan bog‘lanish nima deyiladi?
Javob: Donor-akseptor yoki kordinatsion bog‘lanish
Ion nima?
Javob: Zaryadlangan zarracha
Atomlar elektron berganda yoki elektron biriktirib olganda zaryadlangan zarracha nima deyiladi?
Javob: Ion
Ionning zaryad miqdorini nima belgilaydi?
Javob: Atomning yo‘qotgan va qabul qilib olgan elektronlar soni
Qanday ionlar bir-biriga tortiladi?
Javob: Qarama-qarshi zaryadlangan ionlar
Ionlar orasida hosil bo‘lgan kimyoviy bog‘lanish nima deyiladi?
Javob: Ion bog’lanish
Ionlarning o'zaro birikishidan hosil bo‘lgan moddalar nima deyiladi?
Javob: Ionli birikmalar
Kristall panjara tugunlarida musbat va manfiy ionlar joylashgan va u lar orasida ionli bog‘lanish mavjud bo‘lgan tuzilmalar nima deyiladi?
Javob: Ionli kristall panjaralar
Kristall panjara tugunchalarida alohida atomlar joylashgan va ular orasida kovalent bog‘lanish mavjud bo‘lgan tuzilmalar nima deyiladi?
Javob: Atom kristall panjaralar
Kristall panjara tugunlarida alohida molekulalar joylashgan tuzilmalar nima deyiladi?
Javob: Molekular kristall panjaralar
Kristall panjara tugunlarida alohida atomlar va musbat ionlar joylashgan va ular orasida metall bog‘lanish mavjud bo‘lgan tuzilmalar nima deyiladi?
Javob: Metall kristall panjaralar
Atomning oksidlanish darajasi nima?
Javob: Atomlarning bergan yoki olgan elektronlar soni
Oddiy moddalarda atomlarning oksidlanish darajasi nechaga teng?
Javob: nolga teng (N2 O2 S, C, Na, Mg, Al, Fe ...)
Metall atomlarining oksidlanish darajasi?
Javob: Hamisha musbat oksidlanish darajasiga ega
Metallmaslardan ftorning oksidlanish darajasi?
Javob: Faqat -1 oksidlanish darajasiga ega
Ham manfiy, ham musbat oksidlanish darajasini namoyon qiluvchi oddiy moddalar?
Javob: Metallmaslar
Elementning quyi oksidlanish darajasi nechaga teng bo’ladi?
Javob: Sakkizdan valent elektronlarining ayirmasiga teng
Oltingugurt quyi oksidlanish darajasi toping?
Javob: (8 - 6 = 2) +2 ga teng
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari nima?
Javob: Elementlar oksidlanish darajalarining o'zgarishi bilan boradigan reaksiyalar
Oksidlovchi nima?
Javob: Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida elektron olgan element yoki ion
Qaytaruvchi nima?
Javob: Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida elektron bergan element yoki ion
Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarida elektron olib qaytariluvchi modda?
Javob: Oksidlovchi modda
Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarida elektron berib oksidlanuvchi modda?
Javob: Qaytaruvchi modda
Oksidlovchi va qaytaruvchi bitta modda tarkibida bo‘lsa, kimyoviy jarayon qanday kechadi?
Javob: Elektronlarning almashinuvi shu modda tarkibidagi zarrachalar orasida sodir bo‘ladi
Ichki molekular oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari nima?
Javob: Oksidlovchi va qaytaruvchi bitta modda tarkibida bo‘lib, elektronlarning almashinuvi shu modda tarkibidagi zarrachalar orasida sodir bo‘lishi
Bir xil molekuladagi, oraliq oksidlanish darajasidagi atomning bir qismi yuqoriroq, ikkinchi qismi esa quyi, oksidlanish darajasiga o ‘tishi bilan boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari nima deyiladi?
Javob: Disproportsiyalanish reaksiyalari
Distillangan suv elektr tokini o‘tkazadimi?
Javob: O’tkazmaydi
Quruq osh tuzi elektr tokini o‘tkazadimi?
Javob: O’tkazmaydi
Moddalar elektr tokini о’tkazish yoki о’tkazmasligiga qarab qanday guruhlarga bo’linadi?
Javob: Elektrolitlar va noelektrolitlar
Elektrolitlar nima?
Javob: Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o‘tkazadigan moddalar
Elektrolitlarga qaysi moddalar kiradi?
Javob: Suvda eriydigan kislotalar, ishqorlar va tuzlar kiradi
Noelektrolitlar nima?
Javob: Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini о‘tkazmaydigan moddalar
Noelektrolitlarga qaqnday moddalar kiradi?
Javob: Qutbsiz kovalent bog‘lanishli moddalar, metan, karbonat angidrid, shakar, spirtlar va distillangan suv kiradi
Elektrolitlar qanday holatda elektr tokini o‘tkazadi?
Javob: Faqat suvda eritilganda yoki yaxshilab suyuqlantirilganda
Elektrolitlar kristall holda elektr tokini qanday o’tkazadi?
Javob: Yomon o‘tkazadi yoki butunlay o‘tkazmaydi
Elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasini kim yaratgan?
Javob: 1887 - yilda shved olimi Svante Arrenius
Elektrolitlar (tuzlar, kislotalar hamda ishqorlar) - qanday holatda ionlarga ajraladi?
Javob: Suvda eritilganda yoki suyuqlantirilganda
Kationlar nima?
Javob: Musbat zaryadlangan ionlar
Anionlar nima?
Javob: Manfiy zaryadlangan ionlar
Dissotsiatsiya nima?
Javob: Ion bog‘lanishli birikmalarning suvda eritilganda ionlarga ajralishiga
Kristall panjara tugunlarida ionlar joylashgan birikmalar?
Javob: Tuzlar
Vodorod va metallar elektron berib, ammiak esa o‘zining xususiy juft elektroni hisobiga proton biriktirib olib nimaga aylanadi?
Javob: Kationlarga (H+, Na+, Zn2+, Al3+, NH4+)
Kislota qoldiqlari, gidroksid guruhlari qanday ko‘rinishida bo‘ladi?
Javob: Anion
Elektr manbaining katodi tomon harakatlanadigan zarrachalar?
Javob: Musbat zaryadlangan ionlar
Elektr manbaining anodi tomon harakatlanadigan zarrachalar?
Javob: Manfiy zaryadlangan ionlar
Suv va vodorod ionini hosil qiluvchi ion?
Javob: Gidroksoniy ioni H3O+ =H+ + H2O
Gidroksoniy ioni qanday bog’lanishli modda?
Javob: Donor - akseptor bog‘lanishli modda
Dissotsiatsiyalanganda kation sifatida faqat vodorod ioni hosil qiladigan murakkab moddalarga nima deb aytiladi?
Javob: Kislota
Dissotsiatsiyalanganda anion sifatida faqat gidroksid ioni (0H-) hosil qiladigan murakkab moddalarga nima deb aytiladi?
Javob: Asoslar
Dissotsiatsiyalanganda metall kationi bilan kislota qoldig‘i anioni (nordon tuzlarda vodorod kationi ham) hosil qiladigan murakkab moddalarga nima deb aytiladi?
Javob: Tuz
Elektrolitning dissotsiatsiyalanishi darajasi nima?
Javob: Dissotsiatsiyalangan molekulalar sonining erigan modda molekulalarining dastlabki soniga nisbati
Dissotsiatsiyalanish darajasi nisbatan yuqori bo'lgan elektrolitlar qanday elektrolitlar deb ataladi?
Javob: Kuchli elektrolitlar
Dissotsiatsiyalanish darajasi suyultirilgan eritmalarida ham kichik qiymatga ega bo‘lgan elektrolitlar qanday elektrolitlar deb ataladi?
Javob: Kuchsiz elektrolitlar
Elektrolitning dissotsiatsiyalanish konstantasi nimaga bog’liq?
Javob: Elektrolit va erituvchi tabiatiga hamda haroratga bog’liq
Elektrolitning dissotsiatsiyalanish konstantasi nimaga bog’liq emas?
Javob: Elektrolit konsentratsiyaga bog’liq emas
Lakmus eritmasi qo‘shilgan kislota eritmasiga sekin asta ishqor eritmasini qo‘shsak eritmaning rangi qanday o‘zgaradi?
Javob: Binafsha rangga o‘tadi
Alangani sariq rangga bo‘yaydigan ion?
Javob: Natriy (Na+)
Alangani binafsha rangga bo‘yaydigan ion?
Javob: Kaliy (K+)
“Gidroliz ” so‘zi ma’nosi?
Javob: Yunoncha “gidro ” - suv, “lizis” - parchalayman degan ma’noni anglatadi
Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo ‘Igan tuzlarning suvdagi eritmasining muhiti qanday bo’ladi?
Javob: Kislotali muhit
Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo ‘Igan tuzlar suvda eritilganda, eritma muhiti qanday bo’ladi?
Javob: Ishqoriy muhit
Gidroliz nima?
Javob: Tuzlar bilan suv orasida sodir bo‘ladigan reaksiyalar
To‘la gidrolizga uchraydigan tuzlarning tarkibi?
Javob: Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo‘lgan tuzlar
Harorat ko‘ tarilganda tuzlarning gidrolizlanishi qanday o’zgaradi?
Javob: Ortadi
Elementlarning metallmaslik xossalari davrlarda va guruhlarda qanday o’zgaradi?
Javob: Davrlarda tartib raqami ortgan sari kuchayib, guruhlarda yuqoridan pastga qarab kamayib boradi
Elektrmanfiylik qiymati eng yuqori bo‘lgan element?
Javob: Ftor
Kosmosda eng ko‘p tarqalgan metallmaslar qaysi?
Javob: Vodorod va geliy
Yer qobig‘ida eng ko‘p tarqalgan metallmaslar qaysi?
Javob: Kislorod (47%) va kremniy (29,5%) (Yer qobig‘i massasiga nisbatan)
Kislorod guruhchasi metallmaslari nima deyiladi?
Javob: Xalkogenlar
Ftor guruhchasi metallmaslari nima deyiladi?
Javob: Galogenlar
Geliy guruhchasi metallmaslari nima deyiladi?
Javob: Inert gazlar
Normal sharoitda gazsimon metallmaslarga misol keltiring?
Javob: Gazsimon (vodorod, azot, kislorod, ftor, xlor)
Normal sharoitda suyuq metallmaslarga misol keltiring?
Javob: Suyuq (brom)
Normal sharoitda qattiq metallmaslarga misol keltiring?
Javob: Qattiq (oltingugurt, uglerod, yod, fosfor)
Inert elementlarning tashqi elektron qobiqlar nega juda barqaror?
Javob: Inert elementlarning tashqi elektron pogonalarida 8 tadan (geliyda 2 ta) elektron tutadi va bu to’la to‘lgan holat
Fanga “ galogen” tushunchasini kim kiritgan?
Javob: 1811 - yilda nemis kimyogari I.Shveyger
“Galogen” so’zining ma’nosi?
Javob: “Tuz hosil qiluvchi”
Ftor gazining rangi?
Javob: Och-yashil rangli gaz
Xlor gazining rangi?
Javob: Sarg‘ish-yashil rangli og‘ ir gaz
Bromning rangi
Javob: Qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangli suyuqlik
Yodning rangi?
Javob: To‘q-kulrang kristall modda
Yod qizdirilsa qanday rangga o’zgaradi?
Javob: Yod qizdirilsa sublimatlanish xossasiga ega, u gunafsha rangli gaz holatiga o‘tadi
Sublimatlanish nima?
Javob: Qattiq moddalarning suyuq holatga o‘tmasdan gaz holatga, gaz holatdan уana suyuqlanmasdan qattiq holatga o‘tishi hodisasi
Qaysi metallmas suvni alangalantirib yondiradi?
Javob: Ftor
Sanoatda xlor olish uchun qaysi usuldan foydalaniladi?
Javob: Elektroliz usulidan foydalanidi
Sarg‘ish- yashil rangli, o‘ tkir xidli, bo‘g‘uvchi, havodan 2,5 marta og‘ ir, zaharli gaz xossalariga ega bo’lgan gazni ayting?
Javob: Xlor
Vodorod xloridning suvdagi eritmasi nima deyiladi?
Javob: Xlorid kislota
5% li yodning spirtdagi eritmasi tibbiyotda ishlatilishi?
Javob: Antiseptik va qon to‘xtatuvchi vosita sifatida, bir qator farmatsevtik vositalar olishda ishlatiladi
Flotatsiya nima?
Javob: Qattiq jismlarni suyuqlik sirtida qalqib turishi
Oltingugurt rudalarini “ bekorchi jins” lardan tozalash uchun sanoatda qaysi usuldan keng foylanadi?
Javob: Flotatsiya usuli
Oltingugurt (IV)-oksid sanoatda ishlatilishi?
Javob: Organik bo‘yoqlarni rangsizlantirishda, mikroorganizmlarni o‘ldirishda, quruq turshak tayyorlashda, va rezavor mevalarni yetiltirishda qo‘ llanadi
Neftni tozalashda qaysi modda ishlatiladi?
Javob: Suyuq SO3
SO3 ning konsentrlangan sulfat kislotada erishidan nima hosil bo’ladi?
Javob: Oleum
Kimyoviy reaksiyaning tezligi nima?
Javob: Kimyoviy reaksiyada ishtirok etayotgan moddalarning konsentratsiyalarini vaqt birligi ichida o‘zgarishi
Kimyoviy reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi omillarni ayting?
Javob: 1)Kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyada ishtirok etayotgan moddalar konsentratsiyalariga bog‘liq; 2)Kimyoviy reaksiya tezligiga haroratning ta’siri; 3)Kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalar tabiatiga bog‘liq; 4)Qattiq moddalar uchun reaksiya tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalarning sirtiga to‘g ‘ri proportsional; 5)Katalizatorning ta’siri
Katalizator nima?
Javob: Kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradigan, ammo o‘zi o'zgarmay qoladigan modda
Ingibitor nima?
Javob: Moddalarning kimyoviy reaksiyaga kirishish imkoniyatini susaytiradigan modda
Qaytar reaksiya nima?
Javob: Ayni bir sharoitda qarama - qarshi tomonga boradigan reaksiya
Qaytar reaksiyalarda chapdan o'ngga boradigan va o'ngdan chapga boradigan reaksiyalar nima deyiladi?
Javob: To‘g‘ri reaksiya; teskari reaksiya
Kimyoviy muvozanat nima?
Javob: To‘g ‘ri reaksiya tezligi bilan teskari reaksiya tezligi tenglashgan holat
Kimyoviy muvozanatga ta’sir qiluvchi ko’rsatgichlar?
Javob: Bosim, harorat va moddalar konsentratsiyasi
Metallarning azot bilan hosil qilgan birikmalari nima deyiladi?
Javob: Nitridlar
Sanoatda ammiakning olinishi?
Javob: Atmosfera havosidan ajratib olingan azot va suvni elektroliz qilib olingan vodorodni katalizator, bosim va harorat ta ’sirida reaksiyaga kirishtirib olinadi
Sanoatda nitrat kislota olish uchun qaysi gazdan foydalaniladi?
Javob: Ammiak
“Zar suvi” nima?
Javob: 1 mol nitrat kislota bilan 3 mol xlorid kislota aralashmasi
Oltin va platinani erita oluvchi suyuqlik?
Javob: Zar suvi
Nitratlar nima?
Javob: Nitrat kislota tuzlari
Nitratlarning qishloq xo‘jaligida qo’llanishi?
Javob: Mo‘l hosil olish uchun mineral o‘g‘it sifatida qo’llaniladi
Nitrat kislota tuzlarini aniqlash usuli?
Javob: Buning uchun nitrat tuzi konsentrlangan sulfat kislota bilan qo‘shib qizdiriladi va mis qo‘shiladi. Reaksiya natijasida qo‘ng‘ir gaz - NO2 hosil bo‘lsa, tuz nitrat ekanligini bildiradi
Fosforning birikmalardagi valentligi?
Javob: 3 va 5 valentli birikmalarni hosil qiladi
Fosfor oksidlanish darajalarini ayting?
Javob: - 3, 0, +3, +5
Fosforning tabiiy birikmalari ayting?
Javob: Fosforit va apatitlar
Fosforning fosforit yoki apatitdan olinishi?
Javob: Elektr pechlarida havosiz muhitda fosforit yoki apatit kremniy (IV)-oksidi hamda koks ishtirokida qizdiriladi
Qorong‘uda shu’lalanuvchi fosforning allotropik shakli qaysi?
Javob: Oq fosfor
Gugurt ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo hisoblangan fosforning allotropik shakli qaysi?
Javob: Qizil fosfor
Fosfat ioni uchun reaktivni ayting?
Javob: Ag+ ionlarini saqlagan suyuqliklar
Fosforning ahamiyatini yuqori baholab, uni “Hayot va tafakkur elementi” deb kim atagan?
Javob: Akademik olim A.Yu. Fersman
Suyak mustahkamligini va qattiqligini ta’minlaydigan tuzni ayting?
Javob: Ca3(PO4)2
O‘simliklarning kimyoviy tarkibida nechta kimyoviy element mavjud?
Javob: 70 ta
Makroelementlar nima?
Javob: O‘simliklar uchun ko‘proq miqdorda zarur bo‘ladigan elementlar
Mikroelementlar nima?
Javob: O’simlik uchun ozroq miqdorda kerak bo‘ladigan elementlar
Makroelementlar nimalar kiradi?
Javob: С, О, H, N, P, S, Mg, K, Ca
Mikroelementlar nimalar kiradi?
Javob: Fe, Mn, B, Cu, Zn, Mo, Co
O‘simliklarda sodir bo‘ladigan fotosintez jarayonini tezlashtiruvchi element?
Javob: Kaliy
Mineral o‘g‘itlarni tarkibidagi ozuqa elementlariga nimalar kiradi?
Javob: N, K2O, P2O5
Oddiy o‘g‘itlar nima?
Javob: Tarkibida faqat bitta ozuqa elementi bo‘ladi (NaNO3 , KCl, NH4NO3)
Kompleks o‘g‘it nima?
Javob: Tarkibida ikki yoki uch xil ozuqa elementi uchraydi (KNO3 ,NH4H2PO4)
Yer po‘stlog‘ining 98% ini tashkil etuvchi 8 ta elementni ayting?
Javob: O, Si, Al, Fe, Ca, Na, K , Mn
Mikrobiogen elementlarni ayting?
Javob: Fe, Mn, Co, Cu, Mo, Zn, F, Br, J, В
Gemoglobin sintezida katta ahamiyatga ega, DNK va aminokislotalar almashinuvida muhim elementni ayting?
Javob: Kobalt
Teri pigmentatsiyasida va temirning o‘zlashtirilishida katta rol o‘ynaydigan element?
Javob: Mis
Organizmda CO2 hosil bo‘lishi va oqsillarni o‘zlashtirilishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan element?
Javob: Rux
Tirik organizmlarda siydik hosil bo‘lishida asosiy element va С - vitaminining hosil bo‘lishida ham katta ahamiyatga ega bo’lgan element?
Javob: Marganes
Tirik organizmlar suyak to‘qimalarining hosil bo‘lishi va o‘sishida muhim ahamiyatga ega element?
Javob: Ftor
Oliy nerv faoliyatining normal kechishi uchun javob beruvchi element?
Javob: Brom
Organizmlarning normal o‘sishi, jinsiy yetilishi uchun zarur element?
Javob: Yod
Do'stlaringiz bilan baham: |