INTELEKTUAL O’LCHASH ASBOBLARI 2-AMALIY MASHG’ULOT
5-MS-17 GURUH TALABASI H.ORTIQOV
1
2-AMALIY TOPSHIRIQ
Nazorat savollari:
1.Datchiklar deganda nima tushunasz?
2. Datchiklarning asosiy ko‘rsatkichlarini ayting.
3. Datchikning nisbiy xatoligini ifodalovchi formulani tushuntiring.
1.
Datchik (ruscha), birlamchi oʻzgartirgich — oʻlchanayotgan fizik
kattalik (bosim, temperatura, elektr kuchlanish, siljish va b.)ni uzatish, unga
ishlov berish va qayd qilish uchun signal (odatda, elektr signal)ga aylantirib
beradigan vosita. Oʻlchash, signal yoki rostlash qurilmalari tizimining muhim
qismi; sezgir elementi tekshirilayotgan miqdorlar (bosim, temperatura, tezlik,
yorugʻlik kuchi, elektr toki, kuchlanish va b.) taʼsirini sezadi. Ishi elektr
qarshiligi, sigʻim, induktivlikka, shuningdek, nazorat qilinadigan mexanik,
akustik, issiqlik, elektr, optik, magnit kattaliklar taʼsir etganda elektr yurituvchi
kuch (e. yu. k.) hosil boʻlishiga asoslangan D.lar (sigim datchigi, induktiv D.,
induksion D. va h. k.) keng tarqalgan. Elektr zanjirlarida kontaktlarning ulanib-
uzilishiga asoslangan D.lar (kontakt datchigi) va elektr mashina D.lari ham bor.
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va ilmiy tadqiqot ishlarining
amaliy kis-mini bajarishda ishlatiladi. D. avtomatika va telemexanika
qurilmalarining muhim qismi hisoblanadi.
Har
xil
texnologik
jarayonlarni
avtomatlashtirishda
ularning
ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot olish zarur hisoblanadi. Bu maqsadda
birlamchi o‘zgartirgichlar (yoki datchiklar) keng qo‘llaniladi.
INTELEKTUAL O’LCHASH ASBOBLARI 2-AMALIY MASHG’ULOT
5-MS-17 GURUH TALABASI H.ORTIQOV
2
Datchik deb nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni kerakli
yoki avtomatika tizimining keyingi elementlarida qo‘llash uchun qulay qiymatga
o‘zgartiradigan vositaga aytiladi.
Datchiklarning aniq va ishonchli ishi, butun tizim ishini tegishli asosiy
ko‘rsatkichlarini belgilab beradi. Datchiklar yuqori ta'sirchanlik (sezgirlik) va
aniqlikka, uzoq xizmat muddati va ishda beshikastlikka, kichik o‘lcham va
og‘irlikka, hamda past narxga ega bo‘lishlari kerak.
2. Datchiklarning asosiy ko‘rsatkichlari
Datchiklarning turlari ko‘p bo‘lishiga qaramay, ular bir xildagi bir necha
asosiy ko‘rsatkichlarga ega:
INTELEKTUAL O’LCHASH ASBOBLARI 2-AMALIY MASHG’ULOT
5-MS-17 GURUH TALABASI H.ORTIQOV
3
Statik tavsifnomasi - chiqish kattaligini kirish kattaligiga bog‘liqligi (3-
rasm).
Statik tavsifnomasi chiziqli datchiklar (a) uchun sezgirlik koeffityenti
o‘zgarmaydi.