1-boshlovchi: Mehri daryo, qalbi jo`shqin mehribonlar assalom, Ilmi tengsiz, bilimi yuksak qadrdonlar assalom. Topqitu,o`tkir zehnli qiz-yigitlar assalom, Davramiz ustozlari, murabbiylar assalom! 2-boshlovchi: Assalom, yurtimizning bilimga boy maskani! Assalom, ey ilmu fanning sohib-u davronlari, Davramizga xush kelibsiz, elning sharaf-shonlari, Siz kelajak bunyodkori, topqir-u zukkolari. 1-boshlovchi:Assalomu-alaykum qalbi quyosh, mehridaryo, aziz ustozlar! Hamda bilimga chanqoq o`quvchilar. Bugungi bayram tadbirimizga hisob-kitob ilmi-matematika faniga bag`ishlanadi. 2-boshlovchi:Bugungi tadbirimizni tomosha qilib, jo`r taassurotlar olasiz degan umiddamiz. Tadbirimiz rang-barang quvnoq topshiriqlarga boy. Bugungi tadbir noan’anaviy tarzda o`tkazilib, yutuqlarni qo`lga kiritasiz. Savollarga javoblaringiz, aktyorlik mahoratingiz, topqirligingiz ,ijodkorligingizga qarab, 5,10 ,15 balli kartochkalarni yig`asiz. Tadbir oxirida yig`gan ballaringiz hisoblanadi. Yig`gan balingizga qarab badiiy asarlar sizlarga taqdim etiladi. Eng faol qatnashgan o`quvchilarga yana “Faxriy yorliq”lar ham beriladi. Davramizga ‘Al-jabr” fani asoschisi, buyuk alloma bobomiz al-Xorazmiy taklif etamiz. Sahnaga al-Xorazmiy qiyofasidagi o`quvchi kirib keladi va o`quvchilar bilan salomlashib,o`z fikrlarini bildirib, sahna to`ridan joy oladi. 1-boshlovchi: Matematika bu fanlar otasi Fizika, Kimyo unga egizak. Al-Xorazmiy ,Beruniylar hissasi Fanlarning ko`ksiga zarrin bir bezak. Navbat “Matematikaga oid she’rlar”ga: Uchburchak Ko`pburchakning jajjisidir uchburchak, Uchim uchta shu boisdan uchburchak. Chegaramda posbonim uch tomon, Bir-biriga teng bo`lolmas har zamon. Ikki tomon yig`indisidan qachon, Katta bo`libdiki, uchinchi tomon. Ikki tomon ayirmasidan hamon, Katta bo`lib qoldi uchinchi tomon. To`rtburchak Asl zotim so`rsangiz, ko`pburchak, To`rt uchim bor, shu sababli to`rtburchak. Sanash uchun gar o`rtaga tushsangiz, To`rt “a” bo`lur burchaklarim qo`shsangiz. Ko`pdir meni bir necha xil turlarim, Bayon qilay sizga juda zo`rlarim, Parallelogramm bilan kvadrat, To`g`ri to`rtburchag-u rombdan iborat. Parallelogramm Keling endi so`zingizni men olay, Fikrlarim muhokamaga solay. Kelishsa gar juft parallel chiziqlar, Turing, deydi qo`ymas holimga ziqlar. Ikkita teng uchburchakka ajratar, Diagonal o`tkazsangiz bexatar. To`g`ri to`rtburchak ( parallelogrammga qarab) Qani hamma burchaklaring teng qilgil, Shu turishda kimligimni bir bilgil. Endi bo`ldi shakling aniq meningdek, Xossalarim boshqachamas seningdek. Kvadrat Burchaklaring tenglashtirchi rombjon, Kvadrat bo`lib turgin bir on. 2-boshlovchi: “Tarixga nazar” tashlaymiz. Do`stlar tarixsiz kelajak bo`lmaganidek, fanlar rivojida ham tarixiy lavhalar muhim ahamiyatga ega: Al-Xorazmiy O`rta asr sharoitida butun hayotini ilmu-fanga bag`ishlagan. O`rta Osiyo olimlarining ilmiy karvonboshisidir. Al-Xorazmiy Bag`dod akademiyasi “Bayt-ul-hikma” ya’ni “Donishmandlar uyi” negizida tashkil etilgan eng yirik observatoriya va kutubxonaning boshlig`I bo`lgan. Al-Xorazmiy ulug` matematik, astronom, geograf, geodezit, vrach va filosofdir.
1.Birinchi matematik ayol Gipoteyada eramizning V asrida yashagan. 2. Birinchi marotaba hisoblash markazi Ulug`bek tomonidan Samarqand yaqinida cho`lda tashkil etilgan. 3.Birinchi hisoblash mashinasi fransuz fizigi va matematigi Blez Paskal tomonidan 1642-yilda ixtiro qilingan. 4.XV asrda Samarqanddagi Ulug`bek rasadxonasida Jamshid al-Koshiy fanga birichi marta o`nli kasrlarni kiritdi. 5.Tekislikda to`g`ri burchakli koordinatalar sistemasidan foydalanish XVII asrning taniqli fransuz matematigi R.Dekart kiritgan. 6.Matematika bo`yicha “Nobel mukofoti” ilk bor ayol kishiga topshirildi. Norvegiya fanlar akademiyasi 2019 –yil uchun matematika bo`yicha “Nobel mukofoti”- Abel mukofotini amerikalik ayol matematik Karen Ulenbekka topshirdi.Ushbu mukofot ilk bor ayol kishiga berldi. Ulenbek ushbu mukofotni “Xususiy hosilalardan geometrik differensial tenglamalar, maydonning kalibr nazariyasidagi yutuqlari va ishlarining matematik analiz, geometriya va matematik fizikaga fundamental ta’siri” uchun olgan . Ayol matematik 1942 –yilda tavallud topgan, ayni vaqtda Texas shtati universiteti va Prinston universitetida faoliyat yuritadi. Abel mukofoti 2003 –yildan boshlab har yili atoqli matematiklarga topshirib kelinadi. Mukofot qiymati 6 mln norveg kroni ( 700 ming dollar)ni tashkil qiladi. 1-boshlovchi: Marhamat “Ertakchi bolajaonlar” “To`g`ri chiziqning dunyoga kelishi” Qalam, chizg`ich, sirkul va o`chirg`ichlar yashaydigan Geometriya mamlakatida bir jajjigina nuqta bo`lgan ekan. Bu nuqta juda chiroyli qip-qizil rangda ekan.U “O`zim yolg`izman” debdi o`ziga o`zi. Bitta ham o`rtog`im yo`q endi o`zimga o`rtoq izlayman.Mayli, nima bo`lsa, peshonamdan ko`raman. Shunday qilib, qizil nuqta sayohatga otlanibdi. U yo`lda chiroyli ko`k nuqtaga duch kelibdi. Qizil nuqta ko`k nuqtadan so`rabdi: “Qayoqqa ketyapsan?” Ko`k nuqta javob beridi. “O`zimga o`rtoq izlab ketyapman”. “Kel birga do`st bo`lamiz” debdi qizil nuqta.”Ho`p” debdi ko`k nuqta. Ular yo`lga ravona bo`libdi. Yo`lda ular yashil nuqtaga duch kelibdi. Ular yashil nuqtadan : “Qayoqqa ketyapsan?” deb so`rashibdi. “O`zimga o`rtoq izlab ketyapman”deb javob beribdi yashil nuqta. “Kel birga do`st bo`lamiz” deyishibdi. Tez orada ularni soni juda ko`payib ketibdi. Barcha nuqtalar bir chiziqqa tizilishib yelkama-yelka turishgan ekan mo’jiza yuz berib to`g`ri chiziq dunyoga kelibdi. Burchakning hosil bo`lishi Bir bor ekan, bir yo`q ekan qadim Matematika mamlakatida nuqta va to`g`ri chiziq yashagan ekan. Nuqta to`g`ri chiziqning ustiga chiqib tinmay sakrab o`ynar ekan. Kunlardan bir kuni to`g`ri chiziq sinib ketibdi. Nuqta uning singan joyidan mahkam ushlab olib, qo`yib yubormabdi. Natijada burchak hosil bo`libdi. Shundan buyon nuqta burchakning uchida yashar ekan. 2-boshlovchi: “ Matematik sonlar qatnashgan maqollar aytish” musobaqasi 1.Yetti o`lchab, bir kes. 2. Ikki o`nbesh, bir o`ttiz. 3. Birni kessang, o`nni ek. 4. Yigit kishiga qirq hunar ham oz . 5.Sanamay sakkiz dema. 6. Bir kun tuz yegang joyingga , qirq kun salom ber. 7.Bilagi zo`z birni yiqar, bilimi zo`r mingni …. 1-boshlovchi: Endi navbatni “Surxoncha” raqsga beramiz. 2-boshlovchi: “Keling bir kulishaylik” (hanggomalar, o`quvchilar ijrosida) 1.“Gamletni Giyosov yozgan” Adabiyot darsida o`qituvchi o`quvchilardan so`radi: -Qani G`iyosov, menga javob berchi: -“Gamlet”ni kim yozgan? -O`quvchi javob berdi: -Ustoz, men yozganim yo`q. –O`qituvchining biroz achchig`i kelib debdi: -Unaqada dadangdan so`rab kelgin, kim yozganini. –Kechqurun G`iyosovning otasi o`qituvchisiga qo`ng`iroq qilibdi. –Bo`ldi domla, men o`g`lim bilan gaplashdim, yaxshilab ta’zirini beruvdim bo`yniga oldi, “Gamlet”ni o`g`lim yozgan ekan. 2.Nega uyga vazifani oying bajardi? O`qituvchi: -Eshmat , uy vazifangni yana oying ishlab berdimi? Nega oying? -Eshmat: -Dadamni vaqti yo`qda, nima qilay axir! 3. 7x7=50? Matematika darsida o`qituvchi Komilni turg`izib so`rabdi: -7x7 necha bo`ladi? -50 bo`ladi -Yo`q, 50 bo`lmaydi!-deb baqiribdi o`qituvchi. Shunda Komilning o`rtog`i asta 49 bo`ladi, 49-desa Komil: e 50ga ko`nmayaptiyu, 49 ga umuman ko`nmaydi-dermish. 4.Geografiya darsida Geografiya o`qituvchisi 5-sinf o`quvchisidan so`radi: -Xo`sh , Panama kanali haqida nimani bilasan? -Hech narsa bilmayman, bizning televizorda Panama degan kanal yo`q. 5.Afrika qani? Bir kuni geografiya o`qituvchisi globusni ko`rsatib: -Salimov, Afrika qani-desa, ustoz, men olmadim-dedi. O`qituvchi yana so`rabdi. –Salimov, menga Afrikani topib ber! -Salimov: -Ustoz, rostini aytyapman, Afrikani men olganim yo`q. –O`qituvchining jahli chiqib, bor dadangni chaqir debdi. Dadasi kelgach: -O`g`lingizga Afrikani menga ko`rsat, qani u desam men olmadim deyapti. Bunga nima deysiz? - Dadasi o`g`liga o`grilib: -O`g`lim, olgan bo`lsang, qaytib berda-dermish. Aqldan ozay degan ustoz ota-bolaning qo`shnisini ko`chada uchratib qolib bo`lgan voqeani gapirib bersa, qo`shni o`zi bular shunaqa, olgan narsasini qaytarib bermaydi,-dermish. 6.Tarix darsida Tarix darsida o`qituvchi Nodirdan so`radi: -Nodir, Fransiya –Germaniya urushi haqida nima bilasan? -Nodir o`rnidan, turdi, lekin undan sado chiqmadi. O`qituvchi: nega gapirmayapsan-desa, Nodir: dadam urush-janjalga aralashma deganlar-deb aytgan ekan. 1-boshlovchi: matematika oid “Boshginam og`riydi-yo” qo`shig`ini tinglang. 2-boshlovchi: “Matematikada askiya” ( o`g`il bolalar ijrosida) Matematik shakllar rosa suhbat qurishdi, Tinglab ko`ring , juda qiziq, demang asta urishdi. Har birining sirlarini oshkor etib barchaga, Bir-birini askiyaga olib xandon kulishdi. 1-boshlovchi: Agar matematikada askiya bo`lishiga ishonmasangiz, marhamat. O`zingiz guvohi bo`ling. –Gulmisiz, sunbulmisiz, rayhonmisiz, jambulmisiz? -Aytganizman. –Qayerda to`xtashni bilmay, bir narsadan quruq qolganday chopib ketayotgan chegarasiz to`g`ri chiziqmisiz? –Gulmisiz, sunbulmisiz, rayhonmisiz,jambulmisiz? -Aytganizman. –O`zingizni yum-yumaloq chiziq ichida turib olib tashqariga qayerdan chiqishni bilmay boshi aylanayotgan aylanamisiz? –Gulmisiz, sunbulmisiz, rayhonmisiz,jambulmisiz? -Aytganizman. –Voy bo`y ona tilida darak gap oxirida qo`yilaman, matematikada sonlarni bir-biriga ko`paytiraman deb yurgan nuqtamisiz? –Gulmisiz, sunbulmisiz, rayhonmisiz,jambulmisiz? -Aytganizman. –Muncha kuyasiz? Hech kim meni nazarga ilmayapti, birov esiga ham olmayapti deb ko`z yoshlaringiz tomchi-tomchi tomib turgan ko`p nuqtamisiz? –Gulmisiz, sunbulmisiz, rayhonmisiz,jambulmisiz? -Aytganizman. –Siz ham yomonsiz, sonlar buncha ko`payib ketdi deb, sonlarni qassob kabi nimtalab bo`lib tashlayotgan bo`luv ikki nuqtamisiz? –Gulmisiz, sunbulmisiz, rayhonmisiz,jambulmisiz? -Aytganizman. –Siz ham anoyi emassiz. To`plagan pullarimdan qancha foyda chiqdi ekan deb umumiy puldan o`zingiznikini ayirayotgan oluv ishorasi ayiruv-minusmisiz? . 2-boshlovchi: “So`z oyini” (2 nafar qiz bola va 2 nafar o`g`il bolani davraga taklif qilamiz) Qizlar uchun ……chak, ay…., bir…, …uvchi, ……siya, ….bola, …bat, parra…., ….aj, ……lik O`g`il bolalar uchun …at, ……chak, …fiy, med…., ay…., ..iz, …..lik, ko`p……, parra………., chiz….,do…. 1-boshlovchi: “Andijoncha” raqs yigitlar ijrosida tomosha qiling. 2-boshlovchi: Tadbirimizga “Bilmasvoy”tashrif buyurgan, davraga taklif etamiz.Bilmasvoy “Mantiqiy savollar”ni javobini topishga biroz qiynalibdi, yordam beramizni. Bo`lmasa boshladik. 1. Bitta birga bitta uch, Yopishibdi qolibdi, Har ikkisi sarflab kuch, Bitta bosh harf bo`libdi. (B harfi) 2. Siz musobaqada ishtirok etmoqdasiz va ikkinchi o`rinda yugurayotgan kishidan o`zib ketdingiz. Siz hozir nechachi o`rindasiz? (ikkinchi) 3. Ikki xonali sonning raqamlar yig`indisi eng kata bir xonali songa teng. O`nlar xonasidagi raqam esa, bu yig`indidan 2 ga kam . Shu sonni toping( 72 soni) 4. Qiz bola o`zining ismidagi harf o`rniga uning alifbodagi tartib raqamini qo`ydi va 1114111 sonini hosil qildi. Qizning ismi nima? 5.Savolim kulcha haqida. Kulchalarni tarqatganda har birimizga 1,5tadan to`g`ri lelyapti. Lekin oramizdan bir kishi kulcha yemasa, har birimizga 2tadan to`g`ri keladi. Biz necha kishi? ( 4 kishi) 6. Yo`lda ketma-ket qator qilib 10ta ustun o`rnatilgan. Har bir ustundan keyingisigacha bo`lgan masofa 10 metrdan. Sportchi 1-ustundan 10-ustungacha yetib bordi va yana 1-ustunga qaytib keldi. Sportchi qancha yo`l bosgan? ( 180 m) 7.Qanday sonni hech qanday matematik amal bajarmasdan cheksizlik belgisiga aylantirish munkin? ( 8 soni) 8. Bir qurbaqa 30 m quduqdan kunduzi 3 metr yuqoriga, kechasi 2 metr pastga harakat etsa, quduqdan necha kunda chiqadi? ( 30 kunda) 1-boshlovchi : 5-8-sinf o`quvchilari tomonidan tayyorlab kelingan ijodiy ishlar matematika fani o`qituvchilari tomonidan baholanadi. O`quvchilar to`plagan ballar tadbir mas’ullari tomonidan ko`rib chiqib, ballarga mos qo`yilgan badiiy asarlar va “Faxriy yorliq”lar yoziladi. Yakuniy so`z maktab direktori va o`rinbosarlariga beriladi va munosib ko`rilgan o`quvchilar taqdirlanadi.
Tadbirda foydalanilgan ko`rgazmalar. Geometrik shakllar, al-Xorazmiyni, G`iyosiddin al-Koshiyni asarlari yozilgan kitoblar maketi, mashhur kishilar fikrlari yozilgan plakatlar, devoriy gazetalar, ikkita majnuntol daraxti, kompyuter texnikasi, savollar yozilgan kartochkalar… Al-Xorazmiy asarlari 1. “Aljabr va al Muqobala” algebraga oid asar. 2. “Hind hisobi haqida kitob” geometriyaga oid asar 3. “Kitob surat ul arz” geografiyaga oid asar 4. “ZIJ” asrtonomiyaga oid asar 5. “Asturlab bilan ishlash haqida kitob” 6. “Asturlab yasash haqida kitob” 7. “Asturlab yordamida azimutni aniqlash haqida kitob” 8. “Kitob ar-runoma” 9. “Kitob at-tarix” 10. “Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida kitob” Matematika haqida mashhur kishilarning fikrlari: 1.Matematika fanlar ichra shoh, uning sirlaridan bo`lingiz ogoh! (Qori Niyoziy ) 2.Kim matematikani bilmasa, haqiqatni bilmaydi. Kim uni tushunmasa zulmatda yashaydi. (Rene Dekart) 3. Musiqa qalb matematikasi bo`lsa, matematika miya musiqasidir. ( N.G.Cherneshevskiy) 4. Yulduzlar hukmiga oid ilm-matematik fanlarning eng yaxshi mahsulidir. ( Abu Rayhon Beruniy ) 5. Matematika –aql gimnastikasidir. (A.V.Suvorov)
Do'stlaringiz bilan baham: |