Asinxron hisoblagichlar
Ayiruvchi hisoblagichlar.Ketma-ketli ayiruvchi hisoblagichlar a navbatdagi sanoq impulsi kelishi bilan hisoblagichdagi son bittaga kamayadi. Bu hisoblagichlarda birinchi impuls kelishi bilan maksimal ikkilik son (uchrazryadli hisoblagichda Q1=Q2=Q3=1) yoziladi, keyin har yangi impuls kelishi bilan 0 qiymatgacha kamayib boradi
14.1-rasmda keltirilgan hisoblagich ayiruvchi bo`lib ishlashi mumkin. Buning uchun keyingi triggerlarning C kirishini o`zidan avvalgi triggerning invers chiqishlariga ulash, S asinxron kirishni esa birorboshlang`ich sonni o`rnatish uchun ishlatish kerak.
Ayiruvchi hisoblagichning holatlar jadvali
14.2- jadval
M
|
Q3
|
Q2
|
Q1
|
0
|
1
|
1
|
1
|
1
|
1
|
1
|
0
|
2
|
1
|
0
|
1
|
3
|
1
|
0
|
0
|
4
|
0
|
1
|
1
|
5
|
0
|
1
|
0
|
6
|
0
|
0
|
1
|
7
|
0
|
0
|
0
|
8
|
1
|
1
|
1
|
Agar trigger 21.2-rasmda keltirilganidek, kirish impulsining kesimi bilan boshqarilsa, ayiruvchi hisoblagich sxemasini tuzishda keyingi keluvchi trigger kirishi avvalgi triggerning to`g`i (noinvers) chiqishi bilan ulanadi.
Ixtiyoriy sanoq moduliga ega bo`lgan ketma-ketli hisoblagichlar.
Umuman olganda, K≠2n bo`lgan hisoblagichlar tuzishda, mos keluvchi ikkilik hisoblagich sxemasiga ortiqcha holatlarni bartaraf etuvchi teskari aloqa kiritiladi. Masalan, sanoq moduli 3 ga teng bo`lgan hisoblagich tuzish uchun ikki razryadli ikkilik hisoblagichni (K= 22=4) qo`llash kerak. Unda ikkilik soni 11 ga teng bolgan bitta ortiqcha holatni (K= 22 - 1 = 3) bartaraf etish mumkin, ya’ni triggerlar to`rtinchi emas, uchinchi impuls kelishi bilan nolga o`tishi kerak. Bunday sxemalarni tuzish uchun JK-triggerlar qulay hisoblanadi. Ikkita JK- triggerida bajarilgan, sanoq moduli 3 ga teng bo`lgan hisoblagich sxemasi 21.3-rasmda keltirilgan. Ketma-ketli hisoblagichlarni JK-triggerlarini kiritib turlicha ulash yordamida ixtiyoriy Ksonini hosil qilish mumkin.
Reversiv hisoblagichlar. Hisoblagichlardagi sanoq yo`nalishi (tartibi) razryadlararo aloqalar turini o`zgartirib turlicha bo`lishi mumkin.
14.3-rasm. Sanoq moduli K=3 bo’lgan ketma-ketli hisoblagich sxemasi
Masalan, har bir triggerning sanoq kirishlariga T0=MQK=1MQ amalini bajaruchi, ya’ni multipleksor bo`lgan VA-YOKI-EMAS MElarini kiritib, reversiv hisoblagich hosil qilish mumkin. Dinamik T-triggerda bajarilgan bunday reversiv hisoblagichning sxemasi 21.3- rasmda keltirilgan.
V kirish trigger ishini to`xtatadi va unga yozilgan ma’lumot ancha muddat ichida saqlanishi mumkin. Ketma-ket uzatishli hisoblagichlar ichki tuzilmasining soddaligi bilan ajralib turadi, lekin kichik tezkorlikka ega, chunki triggerning har bir ulanishi, avvalgisi qayta ulangandan so`ng amalga oshadi. Shuning uchun chiqishda ma’lumot o`rnatilishining minimal vaqti quyidagiga teng:
TK1.min =Ntk ,
bu yerda: N — hisoblagich razryadlari soni, tK hisoblagich bir razryadining qayta ulanish vaqti.
Do'stlaringiz bilan baham: |