O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Urganch Davlat Universiteti Fizika-Matematika fakulteti 194-guruh Amaliy matematika va informatika yo’nalish talabasi Ro’zmetova Ro’zaning Hisoblash usullari fanidan tayyorlagan KURS ISHI Mavzu:Taqribiy inegrallashda Sterling formulasi. Topshirdi: Ro’zmetova Ro’za____________ Qabul qildi: Babajanova Y.I ___________
Asosiy qism. Integral tenglamalarni taqribiy integrallash usullari.
Taqribiy integrallashning Sterling formulasi.
Sterling formulasining qo’llanilishi. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish. Hisoblash usullari kursiga bag’ishlangan kitoblar rus va chet tillarda ko’plab chop etilgan.
Matematika hayotiy masalalarini yechishga bo’lgan ehtiyoj tufayli vujudga kelganligi uchun ham u hisoblash usullari bo’lib, uning maqsadi esa masala yechimini son shaklida topishdan iborat edi. IX asrda yashagan buyuk o’zbek matematik olimi Muhammad ibn Muso al – Xorazmiy hisoblash matematika fanini yaratishga katta hissa qo’shgan. Chet el olimlaridan Nyuton, Eyler, Lobachevsky, Gauss kabilar ham bu fanning yaratilishi va rivojiga ulkan hissa qo’shganlar.
Matematikada tipik matematik masalalarining yechimlarini yetarlicha aniqlikda hisoblash imkonini beruvchi usullar yaratishga va shu maqsadda hozirgi zamon hisoblash vositalaridan foydalanish yo’llarini ishlab chiqishga bag’ishlangan soha hisoblash matematikasi, xususan hisoblash usullari deyiladi.
Fanning maqsadi – funksional fazolarda to’plamlarni va ularda aniqlangan operatorlarni yaqinlashtirish hamda hozirgi zamon hisoblash mashinalari qo’llanadigan sharoitda masalalarni yechish uchun oqilona va tejashlar algoritmi va usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Fanning asosiy masalasi – hisoblash usullari fanining rivojlanishi ta’rixini o’rganish, taqribiy sonlarning kelib chiqishini, xatolar nazariyasi, ularning kelib chiqishi manbalari va nihoyat dastlabki yaqinlashishni aniqlash usullarini o’rganish hamda o’rganib borilgan masalalarni yetarli aniqlik bilan yechishdan iborat.
Ushbu kurs ishim integrallarni taqribiy hisoblashda Sterling formulasi bo’yicha.Kurs ishim hisoblash usullarini taqribiy hisoblash va xatoliklarni aniqlash bo’yicha .Integral tenglamalarni taqribiy hisoblashda Gauss formulasi axamyati juda katta ro’l o’ynaydi.