16. Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ariza ushbu Qoidalarning TO-1 shakli bo‘yicha beriladi (1-ilova).
17. Ba’zi ma’lumotlarni tegishli grafalarga to‘liq sig‘dirish mumkin bo‘lmasa, ularni qo‘shimcha
varaqda xuddi shunday shaklda keltiriladi va arizaning tegishli grafasida «davomini qo‘shimcha
18. Arizaning «Ariza» so‘zidan yuqorida joylashgan grafalari Patent idorasiga kelib tushgandan
keyingi rekvizitlarni kiritish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, talabnoma beruvchi tomonidan to‘ldirilmaydi.
19. 71-kod ostidagi topologiyani ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimos aks etgan grafada,
talabnoma beruvchi(lar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar: huquqiy shaxsning (ta’sis hujjatlariga muvofiq)
rasmiy nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (agar bo‘lsa) keltiriladi, bunda
familiya ismdan oldin yoziladi. Shuningdek bu grafada talabnoma beruvchilarning joylashgan yoki
yashash joyi, mamlakatning rasmiy nomi, to‘liq pochta manzili ko‘rsatiladi. Topologiya muallifi bo‘lgan
talabnoma beruvchilarning yashash joyi to‘g‘isidagi ma’lumotlar ushbu grafada keltirilmaydi, ular
arizaning ikkinchi betidagi 97-kod ostidagi grafada keltiriladi.
20. Shu grafada «nomiga» so‘zidan oldin nomiga guvohnoma so‘ralayotgan shaxs(lar)
to‘g‘risidagi avvalgiga o‘xshash ma’lumotlar keltiriladi.
21. Nomiga guvohnoma berish so‘ralgan O‘zbekiston Respublikasining korxona va tashkilotlari
uchun agar belgilangan bo‘lsa, KTUT kodi ko‘rsatiladi.
Agar KTUT kodi belgilanmagan bo‘lsa, tegishli joyda «belgilanmagan» deb yozib qo‘yiladi.
22. O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi chet el huquqiy va jismoniy shaxslar nomiga
guvohnoma berish so‘ralgan holda, agar belgilangan bo‘lsa, mamlakat kodi Butunjahon intellektual
mulk tashkiloti standarti (BIMT. ST.Z) bo‘yicha keltiriladi.
23. Nomiga guvohnoma berish so‘ralayotgan shaxslar va/yoki talabnoma beruvchilar bir nechta
bo‘lsa, ko‘rsatilgan ma’lumotlar har biri uchun keltiriladi.
24. Guvohnoma talabnoma beruvchi(lar) nomiga so‘ralayotgan bo‘lsa, nomiga guvohnoma
berish so‘ralayotgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rniga «nomiga» so‘zidan keyin «Talabnoma
beruvchilar» deb yozib qo‘yiladi.
25. 54-kod ostidagi grafada topologiyaning nomi keltiriladi.
26. Keyingi grafada, agar bo‘lsa, topologiyaning muqobil nomi keltiriladi.
27. «Eng yaqin analog to‘g‘risidagi ma’lumotlar» grafasida talabnoma topshirilgan
topologiyaning eng yaqin analogi to‘g‘risidagi zarur bo‘lgan bibliografik ma’lumotlari ro‘yxati keltiriladi.
28. Keyingi grafada topologiyadan birinchi marta tijorat maqsadida foydalanilgan hujjat bilan
qayd etilgan sanasi va joyi ko‘rsatiladi.
29. «Ushbu topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanilgan sanaga bo‘lgan
huquq egasi to‘g‘risida ma’lumot» grafasida ushbu huquq egasining ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan
topologiyaning tijorat maqsadlarida foydalangan sanasidagi nomi (ismi-sharifi), joylashgan (yashash)
manzili, fuqaroligi ko‘rsatiladi.
30. «Ushbu topologiyani yaratishda foydalanilgan muhofaza qilinayotgan topologiyalar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar» grafasida talabnoma berilgan topologiyani yaratishda foydalanilgan
muhofaza qilinayotgan topologiyalar to‘g‘risidagi bibliografik ma’lumotlar keltiriladi.
31. 98-kodi ostidagi grafada yozishmalar uchun manzil, pochtani tez yetkazib berish talablariga
javob beradigan ma’lumotlar, xat oluvchining ismi yoki nomi va telefon,
teleks, faks (agar bo‘lsa) raqamlarni keltiriladi.
32. Arizaning ikkinchi betidagi «Ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati» grafasi tegishli kataklarga «X»
belgisini qo‘yish va ilova qilingan hujjatning har bir nusxasidagi varaqlar sonini ko‘rsatish bilan
to‘ldiriladi.
33. «Talabnoma topshirish va muhofaza hujjatini olishga huquqning kelib chiqishi uchun
asoslar» grafasida «X» belgisini qo‘yish orqali tegishli asos belgilanadi. Ushbu grafa guvohnoma
talabnoma beruvchi(lar) nomiga so‘ralganda to‘ldiriladi, talabnoma beruvchilar tarkibi mualliflar tarkibi
bilan mos bo‘lgan hol bundan mustasno.
34. 72-, 97-kodlar ostidagi grafalarda topologiya muallif(lar)i to‘g‘risidagi ma’lumotlar; familiyasi,
ismi, otasining ismi (agar bo‘lsa), shuningdek yashash joyining to‘liq manzili, mamlakat nomi, uning
BIMT ST.Z standarti bo‘yicha kodi keltiriladi.
35. Keyingi grafada arizada so‘ralayotgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va ularning
deponentlanayotgan materiallarga muvofiqligi talabnoma beruvchilar va mualliflar imzosi bilan
tasdiqlanadi.
36. Arizaning oxirigi «Imzo» grafasida imzo chekilgan sanani barcha hollarda to‘ldirish shart.
Ariza talabnoma beruvchi, nomiga guvohnoma so‘ralgan shaxs tomonidan agar u talabnoma beruvchi
bo‘lmasa, imzolanadi. Huquqiy shaxs nomidan ariza tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi va uning
lavozimi ko‘rsatiladi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.
37. Talabnoma ishonchli shaxs orqali topshirilganda, shu ishonchli shaxs tomonidan imzolanadi.
38. Ariza grafalaridagi imzo chekkan shaxslarning ismi familiyasi ko‘rsatiladi.
39. Qo‘shimcha varaqlarda imzo chekish talab qilinadigan ma’lumotlar keltirilsa, ular ham xuddi
shu tartibda imzolanadi. Talabnoma beruvchining yoki ishonchli shaxsning imzosi har bir qo‘shimcha
varaqda bo‘lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: