Institutsional sifat darajasining yaxshilanishi soliq tushumlarining oshishiga olib keladi
Institutsional sifat tushunchasi nima va uning mamlakat iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati qanday?
Institutsional sifat – qonunchilik, fuqarolarning huquqlari va yuqori sifatli davlat boshqaruvini qamrab oluvchi keng tushunchadir. Kuchli institutsional tuzilmalar mamlakatda makroiqtisodiy siyosatni samarali amalga oshirish orqali fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Nurbek Omonov
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining Strategik rejalashtirish va makroiqtisodiy parametrlar progonozini ishlab chiqish masalalari bo‘yicha loyihasi katta ilmiy xodimi, Yaponiyaning Ritsumeikan universiteti magistranti
Behzod Madjidov
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining Strategik rejalashtirish va makroiqtisodiy parametrlar progonozini ishlab chiqish masalalari bo‘yicha loyihasi yetakchi ilmiy xodimi, Janubiy Koreaning Keimyung Universiteti magistranti
Tahlilda institutsional sifat darajasini aniqlash uchun quyidagi xalqaro tashkilotlarning har yili e’lon qiladigan institutsional indekslaridan foydalanildi.
Infografika
“World Bank”, “The Heritage Foundation” hamda “Transparency International” tashkilotlari
– Governance Indicators (Gi) – Davlat boshqaruvi sifatini baholash indikatorlari;
– Index of Economic Freedom (Efi) – Iqtisodiy erkinlik darajasini baholash indeksi;
– Corruption Perception Index (Cpi) – Korruptsiya darajasini baholash indeksi.
|
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) tomonidan qo‘llanilgan PCA (Principal Component Analysis) tahlili asosida 55 ta quyi-o‘rta daromadli davlatlar, shu jumladan, O‘zbekiston uchun umumiy institutsional indeksni hisoblashda quyidagi formuladan foydalanildi.
Infografika
O‘zbekistondagi institutsional islohotlar natijalari
O‘zbekistonning iqtisodiy erkinlik reytingidagi o‘rni 2018-yilda 152-pog‘onadan 2021-yilda 108-pog‘onaga ko‘tarildi;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi natijasida 2019-yilda korrupsiya bilan bog‘liq holatlar 10.9% ga qisqardi;
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida yagona siyosatni amalga oshiruvchi alohida davlat organi – Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilib, 38 ta litcenziyalash va ruxsat berish tartibi-taomili 17 ga birlashtirildi;
Soliq turlari 19 tadan 15 tagacha qisqartirildi, bir nechta soliq stavkasi pasaytirildi;
|
Ma’lumki, soliq tushumlaridan budjetga to‘planadigan mablag‘ davlat tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarning asosiy manbai hisoblanadi. Soliqlarning o‘z vaqtida to‘planishi mamalakatdagi mavjud institutlarning qay darajada yaxshi ishlashiga bog‘liq.
Tadqiqotda 35 ta quyi-o‘rta daromadli davlatning 2002-2020 yillarga oid ma’lumotlari asosida umumiy institutsional indeksning soliq tushumlariga ta’siri 2 ta ekonometrik model yordamida tahlil qilindi: Fixed Effects va Random Effects.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, past-o‘rta daromadli mamlakatlarda institutsional sifat darajasining o‘rtacha hisobda 1 punktga yaxshilanishi, soliq tushumlarining YAIMga nisbatan 1,1 foizli punktga oshishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |