1.3.4. Asfaltbetonlar va qorishmalar.
Asfaltbeton olish uchun rezina bog’lovchilarni mineral kukunlar bilan
aralashtirib, unga to’ldiruvchilar qum, maydalangan tosh yoki mayda tosh qo’shilib
beton aralashma hosil qilinadi va qotiriladi. Agar to’ldiruvchi sifatida faqat qum
ishlatilsa ya’ni katta o’lchamdagi to’ldiruvchilar ishlatilmasa, bunday yo’l bilan
hosil qilingan maxsulot asfalt deyiladi. Asfalt qorishma tayyorlash uchun 9-11 %
og’irligi bo’yisha bitum qo’shiladi. Asfaltbetonlarda bitumning sarfi odatda 4-9 %
ni tashkil etadi. Asfaltbetonlar yo’llar, piyodalar yo’lakchalarini qurilishida,
aeroport yo’llari qoplamalarida, gidrotexnik inshoatlarni qiyrixon joylarini
gidroizolyatsiyalashda
va
mustahkamlashda
sanoat
ishlab
chiqarish
korxonalarining sex va omborxona pollarini qoplashda va boshqa maqsadlar
uchun ishlatilinadi. Asfaltli qotishmalar ham yuqoridagi keltirilgan maqsadlar
uchun ishlatiladi. Faqat uni tayyorlash uchun qovushqoqlikka ega bo’lgan bitumlar
ishlatilinadi va uning tarkibi aniq bo’lishiga katta e’tibor berildi. Bu materiallardan
faqat issiq holatda joylarni qoplashda ishlatilinadi. Ba’zi bir holatlarda yo’l
qoplamalarining uski qavatlarini qoplash yoki tamirlashda bitum erituvchilar
(ligroin va boshqalar) dan foydalanib tayyorlangan sovuq tarkibli asfaltbetondan
foydalaniladi. Yomg’irli ob-xavoda ishlashi uchun sovuq asfalt betonlar bitum
emulsiyalari asosida tayyorlaniladi.
So’nggi paytlarda yo’llarni asfalt betonlar bilan qoplash uchun
ishlatilinadigan asfalt betonli bog’lovchilar tarkibiga har xil boshqa bog’lovchi
moddalar qo’shish orqali ularning fizik-mexanik xarakteristikalarini yaxshilashga
erishildi. Shulardan bittasi organik bog’lovchi materiallar sifatida ishlatilinadigan
og’ir neft qoldiqlari va suyuq bitumlarni tuzilishini yaxshilaydigan qo’shimchalar
sifatida gossipol smolasini oxak aralashmasi qo’shilmoqda. Tuzilishini
yaxshilovchi qo’shimchalarning qo’shilish miqdoriga qarab kompleks organik
bog’lovchilarni turli xil qovshqoqlikdagi maxsulotlarini olish mumkin.
Masalan,mineral materiallarni yuzasi bilan yaxshi ilashadigan quyidagi markalari
mavjud: KOV-70/130, KOV-70/200. Kompleks organik bog’lovchilarni sovuq
holda asfaltbeton qorishmalari tayyorlash uchun ishlatilinadi. Hosil qilinadigan
aralashmalar bilan IV-V darajali va V darajali iqlimli hududlarni yo’llarini qoplash
uchun mo’jallangan.
Ishlatilinadigan materiallar ma’lum talablar asosida olinadi. Kompleks
organik bog’lovchilarni tayyorlash uchun TU 39-01-07-526-79 talabiga javob
beruvchi og’ir neft yoki suyuq bitumlar GOST 955-82 andoza talablariga javob
beradigan shartli qovushqoqligi 5 mm li teshigi bo’lgan 6
o
C da o’lchangan
standart viskozimetrda o’lchanilgandagi qovushqoqligi 5-7 orasida bo’lgan va
suv miqdori 1-2 % dan oshmasligi kerak. Agar suvning miqdori 2 % dan katta
bo’ladigan bo’lsa, bog’lovchi moddalarni tayyorlashdan oldin u suvsizlantiriladi.
Gossipol smolasi (paxta gudroni) OST 18-114-73 talablariga javob berib,
KOH dagi kislota soni 80 mg dan kam bo’lmasligi kerak.
So’ndirilmagan ohak (changsimon) GOST – 9179-77 talablariga javob berib,
I,II navlilari ishlatilinadi. Sovuq holda ishlatilinadigan asfaltbeton qorishmalar
uchun ishlatilinadigan maydalangan tosh, qum va mineral kukunlar GOST 10260-
82, GOST 8267-82, GOST 8736-77 va GOST 16557-78 talablariga javob berishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |