2.24 - rasm. V.G.Shuxov nomidagi Belgorod davlat texnologiya universiteti professori A.A.Romanovich kafedra talabalari bilan o‘quv mashg‘ulotlari paytida. 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab BDTU bilan FarPI hamkorligida qo‘shma dastur asosida 2+2 formulasi bo‘yicha o‘qish tashkil etildi.
«Korxonalarning mexanik jihozlari» kafedrasi 1975 yil 1 sentyabrda tashkil etilgan. 1987 yildan 1995 yilgacha «Kimyoviy ishlab chiqarishlar va qurilish materiallari korxonalarining mexanik jihozlari» mutaxassisliklari bo’yicha hamda 1996 yildan shu kungacha «Texnologik mashinalar va jihozlar» bakalavriat yo`nalishi bo’yicha mutaxassislar tayyorlab kelinmoqda.
Aspiranturadan t.f.n. B.A.Alimatov va t.f.n. R.J.Tojievlarning kafedraga qaytishi o’quv, ilmiy-tadqiqot va o’quv-tarbiyaviy ishlarni yanada yuqori darajaga ko’tarishga, shu vaqtga kelib institutning yangi binolari qurilishi tugatilishi esa yangi o’quv va ilmiy laboratoriyalarni tashkil etishga imkon yaratdi. Bu davrda kafedraga sobiq ittifoqning markaziy shaharlaridagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan taniqli olimlar, mutahassislik bo’yicha darsliklar mualliflari taklif etilib, kafedrada ko’plab ochiq darslar, ma’ruzalar, master klasslar o’tkazildi. Mamlakatning yetakchi oliy texnika ta’limi muassasalari bilan yo’lga qo’yilgan bunday hamkorlik o’quv-me’yoriy hujjatlar - darslik, o’quv qo’llanma va ko’rsatmalar, amaliyot dasturlari bilan ta’minlashni yaxshilash imkonini berdi.
Kafedraning professor-o’qituvchilari va talabalari tomonidan amalga oshirilgan ulkan ishlar evaziga bugungi kunda kafedra zamonaviy jihozlangan 3 ta o’quv – ilmiy tadqiqit laboratoriyalariga, o’quv poligoniga hamda “Kvarts”AJ da kafedraning o’quv filialiga ega bo’ldi. Muntazam olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida kafedra professor-o’qituvchilaridan R.J.Tojiev hamda B.A.Alimatov doktorlik dissertatsiyasini himoya etdilar, M.D.Gerasimov, O.M.Sulaymonov, T.A.Stepanova, O.O.Oxunboev, K.J.Muhamadsodikov, I.T.Karimov, A.A.Xaydarovlar texnika fanlari nomzodlari va A.S. Isomidinov, A.A. Xakimovlar texnika fanlari bo’yicha PhD falsafa doktori bo’lishdi.
Kafedraning birinchi mudiri etib t.f.n., dotsent F.I.Shlegel tayinlangan. U bu lavozimda 1986 yilga qadar mehnat kilib kafedraning shakllanishida, moddiy texnika bazasining yaratilishida, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda fidoiylik bilan ishladi.
1975-1986 yillarda F.I. Shlegel, 1986-1997 yillarda B.A.Alimatov, 1997-2004 yillarda R.J.Tojiyev, 2004-2007 yillarda B.A.Alimatov, 2007-2011 I.T.Karimov, 2011-2015 yillarda Y.U. Mirzaxonov kafedrani boshqardilar. 2015 yildan boshlab hozirga qadar R.J.Tojiyev kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko`rsatmoqda.
2020-2021 O’QUV YILIDA KAFEDRADA O’QITILADIGAN FANLAR:
1 Kurs uchun.
1. Yo`nalishga kirish (Sirtqi)
2. Введение в специальность ( Qo`shma dastur)
3. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi ( Magistr)
4. Kimyoviy mashinasozlik ( Magistr)
5. Maxsus fanlarni o`qitish metodikasi ( Magistr)
6. Korxonalarining texnologik apparatlarini xisoblash va loyixalash (Magistr)
7. Qurilish materiallari kimyoviy texnologiyasi ( Magistr)
8. Potentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash ( Magistr)
9. Injiniring va atrof muxitni muxofaza qilishni boshqarish ( Magistr)
2 Kurs uchun.
1. Qurilish materiallar texnologiyasi ( Kunduzgi)
2. Mashinalar yaratishning texnik asoslari ( Kunduzgi)
3. Материаловидение и технология конструкционных материалов (Qo`shma dastur)
4. Kimyo va qurilish materiallari sanoati mashina appaatlarining montaji xamda ekspluatatsiyasi ( Magistr)
5. Korroziyaga bardosh konstruktsion materiallar texnologiyasi ( Magistr)
6. Materialshunoslik va konstruktsion materiallar texnologiyasi (Kunduzgi)
7. Qurilish mashinalari ( Kunduzgi BIQ)
8. Materialshunoslik va konstruktsion materiallar texnologiyasi (Sirtqi)
3 Kurs uchun.
1. Materiallarni texnologik transportlovchi mashinalar ( Kunduzgi)
2. Kimyoviy injinering jarayonlar va qurilmalar ( Kunduzgi)
3. Kimyoviy injineringida modellashtirish va avtomatlashtirish (Kunduzgi)
4. Atrof-muhitning muxofazalovchi texnika ( Kunduzgi)
5. Qurilish materiallari texnologiyasi (Sirtqi)
6. Sanoat ishlab chiqarish asoslari ( Kunduzgi)
7. Ishlab chiqarish texnologik kompleksi ( Kunduzgi)
8. Muxandislik texnologiyalari qurilmalarini xisoblash asoslari (Kunduzgi)
9. Kimyo sanoati mashina va jixozlari ( Kunduzgi)
10. Neftni qayta ishlash va neft - kimyo sintezi texnologiyalari ( Kunduzgi)
11. Sanoatdagi vibratsion jarayonlar (Sirtqi)
12. Kimyoviy injinering jarayonlar va qurilmalar (Sirtqi)
13. Mashinalar yaratishning texnik asoslari (Sirtqi)
14. Atrof muxitning muxofazalovchi texnika (Sirtqi)
15. Qurilish mashinalari (Sirtqi)
4 Kurs uchun.
1. Kimyo sanoati mashina va jihozlari ( Kunduzgi)
2. Sanoat qurilmalarini ta’mirlash ( Kunduzgi)
3. Mashinalar puxtaligi va karroziyadan ximoyalash ( Kunduzgi)
4. Ishlab chiqarishdagi texnologik komplekslar ( Kunduzgi)
5. Texnologik mashinalar va qurilmalarni hisoblash asoslari ( Kunduzgi)
6. Muxandislikda avtomatlashtirish va dizayn ( Kunduzgi)
BAKALAVRIAT
• 5320300 – “Texnologik mashinalar va jihozlar”
MAGISTRATURA
• 5A320305– “Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda apparatlari”
Farg’ona politexnika instituti “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi mudiri t.f.d., prof. R. J. Tojiyev va V. X. Shuxov nomli Belgorod Davlat Texnika Universiteti rektori S. N. Glagolev birgalikdagi Qo’shma fakultetni shakllantirish yuzasidan kelishuv.
O’zbekiston Resu’ublika Oliy o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 10 oktyabr kungi 87-03-3860- sonli xatiga muvofiq joriy yilning 8 oktyabridagi tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublika oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi №-5847-son Farmonining mazmuni va mohiyatini keng yoritishga qaratilgan taqdimotiga asosan “Texnologik mashinalar va jihozlar ” kafedra jamoasi tomonidan oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi bo’yicha yo’l xaritasi ishlab chiqildi. Unga ko’ra ilg’or xorijiy OTMlari, jumladan M.O.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog’iston davlat universiteti tegishli kafedralarining ish tajribalarini o’rganish va uni o’quv jarayoniga tadbiq etish maqsadida “TMJ” kafedrasi dotsenti A.A.Axunboev institut rektorining №267 O/K buyrug’iga asosan xizmat safariga yuborildi. Natijada yuqorida ko’rsatilgan universitet va FarPI o’rtasida hamkorlik to’g’risidagi memorandum imzolandi. Joriy yilning noyabr oyida M.O.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog’iston davlat universitetining ikki nafar professorlarini kelishi kutilmoqda.
TMJ” kafedrasida xorijiy xamkorlar bilan aloqalar samaradorligini takomillashtirish uchun Farg’ona politexnika instituti va M.O.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog’iston davlat universiteti o’rtasidagi hamkorlik to’g’risidagi 29.10.2019y kungi “Memorandum” ga asosan JKDUining “TMJ” kafedrasi mudiri t.f.d., professor A.A.Vlonenko va kafedra dotsenti, t.f.n. B.N.Korganboevlar 2019-2020 o’quv yilining 4-14 noyabr kunlari talabalarga ma’ruza darslari va ilmiy konsultasiyalar berish uchun institutga tashrif
Hozirgi kunda Fargona politexnika instituti va M.O.Auezov nomidagi Janubiy-Qozogiston davlat universiteti ortasidagi hamkorlik t ogrisidagi 29.10.2019y kungi “Memorandum” ga asosan JKDUining “TMJ” kafedrasi bilan bakalavriat taʼlim y onalishi uchun “2+2” Qo’shma dastur shakllantirish borasida kerakli hujjatlar tayyorlanmoqda.
M.O.Auezov nomidagi Janubiy-Qozogiston davlat universiteti o’rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish va professor-o’qituvchilar malakasini birgalikda yanada oshirish uchun kaferdra mudiri professor Tojiyev Rasuljon Jumaboyevich 03.11.2020 yil kundan 03.12.2020 yil kungacha online malakasini oshirdi va xalaqaro sertikikat oldi.
Kafedra doktoranti Isomidinov Azizjon Salomidinovich 2020 yil 17-iyul kuni Toshkent kimyo-texnologiya institute xuzuridagi DSC.27.06.2017.t.04.01 raqamli ilmiy kengashda 02.00.16-Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari ixtisosligi bo’yicha “Kimyo sanoati changli gazlarini tozalashning samarali usul va qurilmalarini yaratish” mavzusida doktorlik (PhD) dissertatsiyasi himoyasi o’tkazildi.