Qoidalari
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida, “Bug‘ va issiq suv quvurlarining tuzilishi va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari”ga asosan, O‘zbekiston Respublikasining qabul qilingan yangi qonunchilik hujjatlari, ish bosimi 0,07 MRa (0,7 kgf/cm2) bo‘lgan suv bug‘i yoki harorati 115° S dan yuqori bo‘lgan issiq suv uzatiladigan, bug‘ va issiq suv quvurlaridan foydalanishdagi tajribalarni inobatga olgan holda qayta ishlab chiqilgan.
Mazkur Qoidalar talablari mulkchilik turi hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, bug‘ va issiq suv uzatiladigan quvurlardan foydalanuvchi barcha korxonalar, tashkilotlar va boshqa xo‘jalik faoliyatini yurituvchi obyektlar uchun majburiydir.
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Qoidalar ish bosimi 0,07 MRa (0,7 kgf/cm2) bo‘lgan suv bug‘i yoki harorati 115° S dan yuqori bo‘lgan issiq suv uzatiladigan quvurlarni o‘rnatish, tayyorlash, montaj qilish, ulardan foydalanish va ularga guvohnoma berish talablarini belgilaydi.
2. Mazkur Qoidalar talablari qo‘llaniladigan barcha quvurlar to‘rtta toifaga bo‘linadi (1 ilova, 1 jadval).
3. Mazkur Qoidalar talablari quyidagilarga nisbatan qo‘llanilmaydi:
a) isitish qozoni chegaralarida joylashgan quvurlar;
b) quvurlar tizimiga kiradigan va uning bo‘linmas qismi bo‘lgan sig‘imlar (suv taqsimlagichlar, tindirgichlar va hokazolar). Ular “Bosim ostida ishlaydigan sig‘imlarni o‘rnatish va ulardan foydalanish qoidalari” talablariga muvofiq bo‘lishi zarur;
v) dengiz va daryo kemalari hamda boshqa suzuvchi vositalar, shuningdek dengiz ko‘chma qurilmalari va suv ostida qo‘llaniladigan obyektlarda o‘rnatiladigan quvurlar;
g) temir yo‘l, avtomobil va gusenitsali transport vositalariga o‘rnatiladigan quvurlar;
d) tashqi diametri 51 mm gacha bo‘lgan I toifali quvurlar va tashqi diametri 76 mm gacha bo‘lgan II, III va IV toifali quvurlar;
e) isitish qozonlari, quvurlar, idishlar, reduksion-sovutish va atmosfera bilan bog‘liq boshqa qurilmalarning suv chiqarish, shamollatish va dud chiqaruvchi quvurlari;
j) atom elektrostansiyalaridagi quvurlar;
z) nometall materiallardan tayyorlangan quvurlar.
4. Quvurlarning toifasini aniqlashda transportirovka qilinadigan suyuqlikning parametrlari quyidagicha hisobga olinadi:
a) isitish qozonidan chiqadigan quvurlar uchun — bug‘ning bosimi va haroratining qozondan chiqishdagi(bug‘ isitgichdan keyingi) nominal o‘lchami;
b) turbinalardan chiquvchi va qarshi bosim bilan ishlovchi bug‘ quvurlari uchun — turbina yetkazib beruvchilarning texnik shartlarida ko‘zda tutilgan maksimal bosim hamda erkin ish holatida qarshi bosim bilan ishlovchi bug‘ning maksimal darajadagi harorati;
v) turbinadan boshqarib turiladigan hamda boshqarilmaydigan miqdorlarda bug‘ oladigan quvurlar (shu jumladan oraliq isitish bug‘ quvurlari) uchun — bug‘ olish nuqtasida maksimal darajadagi bosim va uning harorati (turbinani ishlab chiqaruvchi zavodning ko‘rsatmalariga muvofiq);
g) reduksion hamda reduksion-sovutish qurilmalaridan bug‘ oladigan quvurlari uchun — o‘rnatish loyihasida qabul qilingan reduksion bug‘ning maksimal darajadagi bosim va harorat o‘lchamlari;
d) yuqori bosimli deaeratorlardan keyin suv oladigan quvurlar uchun — suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi hamda deaeratordagi harorat darajasini hisobga olgan holda suvning nominal bosimi;
e) suv haydovchi nasoslar va yuqori bosimni isituvchilardan (YuBI) suv oladigan quvurlar uchun — zulfin o‘chirilgan holatda suv haydovchi elektr nasosning bosimli quvurda vujudga keltiradigan eng yuqori bosim va nasosning tortuvchi liniyasidagi maksimal bosim (nominal bosimi 1,05 bo‘lgan suv haydovchi nasoslar va gidromuftali elektr nasoslari qo‘llanilganda), shuningdek oxirgi YuBI dan keyingi suvning hisoblangan harorati maksimal darajada;
j) issiq suv tarmoqlarining uzatuvchi va suv qaytuvchi quvurlari uchun — uzatuvchi quvurda, trassadagi nasos podstansiyalarining ishlashi hamda mahalliy relyefdan kelib chiqqan holda eng katta bosim va suvning maksimal harorati.
Kirish qismidagi suyuqlikning ish parametrlariga (unda ushbu parametrlarni o‘zgartiruvchi qurilma yo‘q bo‘lsa) ko‘ra belgilangan quvur toifasi, ushbu quvurning uzunligidan qat’i nazar, butun uzunligiga to‘liq tegishli bo‘lib, loyiha hujjatlarida ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur.
5. Mazkur Qoidalarning bajarilishi bug‘ va issiq suv quvuridan foydalanuvchi korxona ma’muriyati zimmasiga yuklanadi.
6. Mazkur Qoidalar bajarilishini nazorat qilish korxona rahbari zimmasiga yuklanadi.
7. Mazkur Qoidalar buzilishiga aybdor shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.
8. Yangi me’yoriy hujjatlarning amalda qo‘llash uchun kiritilishi hollaridan tashqari barcha hollarda, mazkur Qoidalarga rioya etilishi shart. Mazkur Qoidalar faqat uni tasdiqlagan organlar tomonidan o‘zgartirilishi yoki qo‘shimchalar bilan to‘ldirilishlari mumkin.
II BOB. TEXNOLOGIK HUJJATLARDA KO‘ZDA TUTILIShI ShART BO‘LGAN XAVFSIZLIK TALABLARI
1-§. Loyihalash. Umumiy qoidalar
9. Quvurning ratsional chizmasi va uning konstruksiyasini tanlash, mustahkamligi va issiqlik ta’sirida uzayishining kompensatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarning to‘g‘riligi, tanlangan materiallar (quvurlar, quymalar, pokovkalar va boshqalar)ni qo‘llash parametrlari chegaralariga mosligi, ustunlarning joylashtirilishi, quvurlarni yotqizish usuli va drenaj tizimini tanlash, shuningdek umuman loyiha va uning ushbu Qoidalar talablariga mos kelishiga quvur loyihasini ishlab chiqqan korxona javobgardir.
10. Quvurlar bilan birga beriladigan quvur pasporti (2-ilova), montaj qilish va foydalanish yo‘riqnomalari, shuningdek me’yoriy hujjatlar ushbu “Qoidalar” talablariga mos kelishi zarur.
Quvur pasportiga muvofiqlik (sifat) sertifikati va ruxsatnoma nusxalari ilova qilinishi zarur.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnik qurilmalar qonunchilikda belgilangan tartibga ko‘ra sanoat xavfsizligi talablarga muvofiqligi bo‘yicha sertifikatsiyalanishi shart.
11. Quvurning barcha ta’sir qiluvchi faktorlar (bosim, og‘irlik, harorat ta’sirida kengayishi va hokazo)ini hisobga olgan holda mustahkamligining hisob-kitoblari, shuningdek issiqlik ta’sirida kengayishi kompensatsiyasi qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda kelishilgan me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshirilishi zarur.
Loyiha tashkiloti barcha toifadagi quvurlar uchun hisoblangan xizmat muddatini, shuningdek I va II toifali quvurlari hamda ularning detallari (ularning soni 3000 tadan oshmagan holda) uchun belgilangan ish resurslarini belgilashi shart. Hisoblab belgilangan xizmat muddati va resurslari quvur pasportiga yozilgan bo‘lishi zarur.
12. Quvurlarni, ushbu qoidalar talablariga muvofiq barcha turdagi nazoratni amalga oshirish imkonini ko‘zda tutgan holda loyihalashtirilgan bo‘lishi zarur.
13. Quvurlarni tayyorlash, montaj qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish jarayonida loyihaga kiritish zaruriyati tug‘ilgan barcha o‘zgarishlar loyiha muallifi bilan, quvurlarni chet eldan sotib olish hollarida, shuningdek muallif bo‘lmagan hollarda esa bosh ixtisoslashgan tashkilot bilan kelishilishi zarur.
14. Quvur detallarini biriktirish payvandlash orqali amalga oshirilishi zarur.
Quvurlarni armaturalarga hamda flanetslari bor bo‘lgan jihoz detallariga ulash hollarida flanetslar yordamida ulashga ruxsat beriladi.
Shartli uzatish birligi 100 dan oshmagan IV toifali quvurlarni cho‘yan armaturalarga ulash hollarida rezba yordamida ulashga ruxsat beriladi.
15. Ko‘ndalang chokli quvurlardan tayyorlangan uch tomonlama ulanishlar faqat III va IV toifali quvurlarda qo‘llashga ruxsat beriladi, bunda barcha payvand ulanishlarning sifati radiografiya yoki ultratovush usuli (UZK) bilan sinalishi zarur.
16. Quvurlar hamda asosiy metall konstruksiyalarining amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladigan zanglashga qarshi himoyasi bo‘lishi shart.
17. Tashqi devori yuzasining harorati 55° S dan yuqori bo‘lgan va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ishlashiga imkon mavjud joylarda joylashgan quvurlar tashqi yuzasining harorati 55° S dan oshmagan issiqlik izolyatsiyasi bilan qoplangan bo‘lishi zarur.
18. I toifali quvurlardagi payvandlab ulangan joylari hamda metallning cho‘zilish darajasini o‘lchash nuqtalarida ochiladigan izolyatsiya uchastkalari o‘rnatilishi zarur.
2-§. Qiyshiq chiziqli detallar
19. Qiyshiq chiziqli detallarning konstruksiyalari belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelishi zarur.
20. Diametral joylashgan bitta yoki ikkita to‘g‘ri payvand choki bo‘lgan shtamplab payvandlangan otvodlarni, choklarning barcha uzunligini radiografiya yoki UZK orqali tekshirish sharti bilan qo‘llashga ruxsat beriladi.
21. Payvandlangan sektorli otvodlarni III va IV toifali quvurlar uchun qo‘llashga ruxsat beriladi. Bunda sektor burchagi 30° dan oshmasligi zarur. Otvodning ichki qismidagi qo‘shni choklari orasidagi masofa tashqi yuzasining har ikki tomonidan, ushbu choklarni nazorat qilish imkonini berishi zarur. Issiqlik tarmoqlari uchun sektor otvodlarini tayyorlashda spiral chokli quvurlarni qo‘llashga ruxsat berilmaydi.
22. Otvod devorining qalinligi uning barcha uchastkalarida hisob-kitob qilib belgilangan mustahkamlik o‘lchami va tayyorlash bo‘yicha texnik shartlardan kam bo‘lmasligi zarur.
Devor qalinligini o‘lchash me’yoriy hujjatlarida ko‘rsatilgan usulda amalga oshirilishi zarur.
23. Turli qalinlikdagi devor, to‘lqinlilik, gadirliklar, chuqurliklar, pachoqlanish, kesilmalar va defektlarni tozalash ishlari otvodlar o‘lchamlarining ruxsat berilgan me’yorlardan oshmasligi va tashqi ko‘rikdan o‘tkazish va o‘lchash ishlarini olib borish imkonini berishi zarur.
24. Otvod ko‘ndalang kesimining maksimal ovallik darajasi me’yoriy hujjatlarda ko‘zda tutilgan o‘lchamlardan oshmasligi zarur. Ovallik quyidagi formula orqali hisoblab chiqiladi:
(1)
bunda,
a-ovallik;
Da max + Damin — bitta kesimda o‘lchanadigan maksimal va minimal tashqi yoki ichki diametrlar.
3-§. Payvand ulanishlar va ularning joylashishi
25. Quvurlarning barcha payvand ulanishlari (shu jumladan ulangan detallarning choklari) ushbu Qoidalar va me’yoriy hujjatlarda ko‘zda tutilgan usullarda, ularni nazorat qilish imkonini beradigan holda joylashishi zarur.
26. Quvurlar va fason detallarini ulashda to‘liq eritilib ulanadigan payvandlash usulidan qo‘llanishi zarur.
Quvurlarga shtutserlar, quvurlar va yassi flanetslarni payvandlashda burchak payvand ulanish usuli qo‘llaniladi. Burchak payvand ulanish to‘liq eritilgan holda amalga oshirilishi zarur.
Ichki diametri 100 mm va undan kichik quvurlar hamda shartli bosimi 2,5 MRa (25 kgf/cm2) va harorati 350° S dan oshmagan yassi flanetslarni ulashda konstruktiv oraliq (konstruktiv payvandlanmagan bo‘laklar) mavjud bo‘lgan burchak payvand ulanishga ruxsat beriladi. Ushbu ulanishlar sifatini nazorat qilish qonunchilikda tartibda o‘rnatilgan kelishilgan me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshirilishi zarur.
Ustma-ust ulanish usuli III va IV toifali quvurlardagi teshiklarni mustahkamlaydigan yamoqlarni, tirgaklarni, ustunlarni, osma moslamalarni, izolyatsiyani mustahkamlash detallarini va shu kabilarni payvandlashda qo‘llanishi mumkin.
27. Devorining qalinligi turli bo‘lgan detallarni birlashtiruvchi payvand ulanishlarda tegishli ravishda nisbatan devori qalinroq detal uchini bir tomonlama yoki ikki tomonlama mexanik ishlov berish yo‘li bilan katta o‘lchamlardan kichik o‘lchamlarga bir maromda ulanishi ta’minlanishi zarur. Ulanishda yuza qismining egilish burchagi 15o dan oshmasligi zarur.
Devor qalinligi orasidagi farq yupqa detal devori qalinligining 30%, biroq 5 mm dan oshmagan hollarda chokining yuza qismining egilib joylashishi hisobiga bir maromda ulanish chetlari ochilgan tomondan amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu band talablari quyma, chegalangan (kovka) va shtamplangan detallarni, shuningdek keskin bukilgan otvodlarni payvandlab ulashda qo‘llanilmaydi. Shu kabi detallarning uchidagi ulanishlar, shuningdek yuzasining bukish burchaklari belgilangan standartlar, texnik shartlar va yo‘riqnomalardagi me’yorlardan oshmasligi zarur.
28. To‘g‘ri va spiral chokli quvurlar va boshqa detallarni payvandlashda oxirgilari biri ikkinchisiga nisbatan surilgan bo‘lishi zarur. Bunda surilish miqdori payvandlanayotgan quvurlar (detallar) devorining qalinligidan kamida uch barobar yuqori, biroq tashqi diametri 100 mm dan katta bo‘lgan quvurlarda kamida 100 mm bo‘lishi zarur.
29. Ultratovushli nazorat qilinmaydigan yoki mahalliy termik ishlov berilmaydigan ko‘ndalang biriktiruvchi payvand ulanishlarda quvurlarning to‘g‘ri uchastkalarida qo‘shni payvand choklari o‘qlari orasidagi masofa payvandlanayotgan o‘q devoridan kamida uch barobar, biroq otvod burilishidan kamida 100 mm masofada bo‘lishi zarur.
30. Ultratovushli nazorat qilinadigan ko‘ndalang biriktiruvchi payvand ulanishlar uchun quvur (detal)ning erkin to‘g‘ri uchastkasi uzunligi chok o‘qidan har tomonga (eng yaqin payvandlangan detalgacha, bukilish boshlanishigacha, qo‘shni ko‘ndalang chok o‘qigacha va hokazo) 4-ilovada ko‘rsatilgan o‘lchamlardan kam bo‘lmasligi zarur.
31. Mahalliy termik ishlov beriladigan ko‘ndalang biriktiruvchi payvand ulanishlar uchun quvur (detal)ning erkin to‘g‘ri uchastkasi uzunligi chok o‘qidan har tomonga (eng yaqin payvandlangan detalgacha, bukilish boshlanishigacha, qo‘shni ko‘ndalang chok o‘qigacha va hokazo) 100 mm dan kam bo‘lmasligi zarur va quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |