Inspeksiya boshlig‘i I. Xolmatov toshkent sh



Download 51,14 Kb.
Sana11.06.2022
Hajmi51,14 Kb.
#656001
Bog'liq
105 26.03.2010




O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshlig‘ining
buyrug‘i
EPOKSID SMOLALAR VA ULAR ASOSIDAGI MATERIALLAR BILAN IShLAShDA XAVFSIZLIK QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2010-yil 5-may, 6-24/13-3213/6-son]
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 5-son, 223-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-yil, 7-son, 39-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Epoksid smolalar va ular asosidagi materiallar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Inspeksiya boshlig‘i I. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2010-yil 26-mart,
105-son
“SANOATKONTEXNAZORAT” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2010-yil 26-martdagi 105-sonli buyrug‘iga
ILOVA
Epoksid smolalar va ular asosidagi materiallar bilan ishlashda xavfsizlik
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) muvofiq epoksid smolalar va ular asosidagi materiallar bilan ishlashda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar epoksid smolalar va ular asosidagi materiallar bilan ishlovchi tashkilotlarga (bundan keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
II. Umumiy xavfsizlik talablari
1-§. Xodimlarga yo‘l-yo‘riq berish, o‘qitish va ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish
4. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash haqidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
5. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
2-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
6. Tashkilotlarda zararli ishlab chiqarish omillarining ta’sirini kamaytirish yoki ularni bartaraf etish uchun jamoaviy yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanishi lozim.
7. Ish beruvchi “Kimyo ishlab chiqarishi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlari”ga (ro‘yxat raqami 1958, 2009-yil 14-may) muvofiq xodimlarni maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashi lozim.
3-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
8. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish “Xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyruq (ro‘yxat raqami 937, 2000-yil 23-iyun) asosida amalga oshirilishi lozim.
4-§. Sanitariya va gigiyena
9. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlari va uskunalari amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
10. Ishlab chiqarish xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablar”iga muvofiq bo‘lishi kerak.
11. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq tashkil qilish lozim.
12. Ishlab chiqarish xonalari tabiiy va sun’iy yorug‘liligi darajasi QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yorug‘lik” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
13. Bino, xona va boshqa qurilish inshootlaridan foydalanishda yong‘in xavfsizligi himoyasi talablariga GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablar” muvofiq bo‘lishi lozim.
14. Ishlab chiqarish binolarida SanQvaM 0203-06 “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya me’yorlari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
15. Ishlab chiqarish xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar SanQvaM 0046-95 “Gigiyenik normativlar. Ish hududi havosida zararli moddalarning ruxsat etilgan eng ko‘p miqdori” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
16. Ish joylari ishlab chiqish jarayonlari xususiyatlariga muvofiq tik turib va o‘tirib ishlash uchun GOST 12.2.032-78 “Ishlarni o‘tirib bajarishdagi ish joyi. Umumiy ergonomik talablar” va GOST 12.2.033-78 “Ishlarni tik turib bajarishdagi ish joyi. Umumiy ergonomik talablar”ga muvofiq moslamalar bilan jihozlanishi lozim.
5-§.Mehnat va dam olish yuzasidan talablar
17. Tashkilotlarda xodimlarning ish vaqti, dam olish vaqti, shuningdek qisqartirilgan ish vaqti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan muddati”ning talablari inobatga olingan holda tashkilotlarning ichki mehnat qoidalari asosida belgilanadi.
III. Ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘yiladigan talablar
1-§. Ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘yiladigan umumiy talablar
18. Epoksid smolalar va ular asosidagi materiallar bilan ishlaganda texnologik hujjatlarda hisobga olinishi lozim bo‘lgan xavfsizlik talablari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari” ga muvofiq bo‘lishi lozim.
19. Sex, bo‘lim, uchastkaning ish joylarida texnologik chizma osib qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
20. Berkituvchi moslamalar chizmada raqamlangan, mahsulotlarning joyini o‘zgartirilishi, yo‘nalish chizmasida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Chizmadagi berkituvchi moslamalar va boshqa belgilar apparatlarga xizmat ko‘rsatish yo‘riqnomalariga mos bo‘lishi lozim.
21. Epoksid smolalar va ular asosidagi materiallar bilan ishlashda bir ish kuniga, smenaga yoki bir marta bajariladigan ishlar uchun yetarli bo‘lgan mahsulot miqdori bo‘lishi kerak.
22. Epoksid smolalar va ular asosidagi materiallarni reaktorda sintez qilish va ishlatish jarayonlari alohida xonalarda amalga oshirilishi lozim.
23. Epixlorgidrin, toluol va boshqa dastlabki suyuq va yordamchi mahsulotlarni omborxonalardan sexga, sintez qilish uchun transportirovka qilish, zichlangan quvurlar orqali bajarish kerak.
24. Epoksid smolalar asosida bog‘lovchi va yelimlarni tayyorlash avtomatik qurilmalarda alohida joylashgan maxsus xonalarda bajarish lozim.
25. Epoksid smolalar asosida ishchi aralashmalarni tayyorlash, kichik miqdorlarda laboratoriya jihozlari va inventari bilan so‘rma javonlari ichida bajarilishi lozim.
26. Epoksid yelimlar, bog‘lovchilar, qotiruvchilar, to‘ldiruvchilarni maydalash, elash va boshlang‘ich komponentlarni (dimetinol, difenilolpropa-nolni) tortish, ularni aralashtirgichga yuklash va aralashtirish mahalliy so‘rma ventilatsiyasi bilan jihozlangan ish joylarida mexanik usulda bajarish kerak.
27. Texnologik jarayonda bevosita ishlatishdan oldin tayyorlanadigan kompaund aralashmasining qismlari, bir marta ishlatiladigan o‘ralgan qadoqlarda, kompaund retsepturasi asosida oldindan tayyorlanib olib kelingan bo‘lishi lozim.
28. Qadoqlash idishi bo‘shatilgach zich yopiladigan sig‘imga solinishi va smena oxirida chiqindilarni yo‘q qilish joyiga olib borilishi lozim.
29. Qattiq epoksid smolalarni eritib shisha plastikni bog‘lovchisini tayyorlash aspiratsiyaga ega qizdirish pechlarida amalga oshirilishi kerak.
30. Epoksid kompozitsiyali kukunni tayyorlash uchun qattiq epoksid smolani, qotiruvchini va mineral to‘ldiruvchini maydalash yopiq maydalash uskunalarida amalga oshirish lozim.
31. Singdiruvchi vannani epoksid bog‘lovchi bilan to‘ldirish, germetizatsiya qilingan quvurlar orqali bajarish kerak. Vannadagi bog‘lovchi sathini bir maromda ushlab turish va uni to‘lib ketishini oldini olish avtomatik tarzda bajarilishi kerak.
32. Singdiruvchi mashinaga to‘ldiruvchi rulonlarni qo‘yish, ularni shimdirib bo‘lgandan so‘ng echish, shimdirilgan va quritilgan polotnolarni kesish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim.
33. Epoksid smolani qotiruvchi bilan aralashmasining tayyorlanishi — aralashtirgichi bor germetizatsiya qilingan apparatlarda amalga oshirilishi kerak.
34. Epoksid smolani qizdirish yoki qotirishni termostatlarda, avtoklavlarda yoki germetizatsiyalashgan va issiqlikdan izolatsiyalangan quritish javonlarida bajarish lozim.
35. Epoksid aralashmasini tayyorlanishi so‘ruvchi javonlarda yoki ventilatsiyaga ega yopmalarda, epoksid qoplamani surtish va tekislash amaliyotlari esa xodimni qo‘l terisini himoyalovchi, ipli qo‘lqop ustidan rezina qo‘lqop kiygizilgan va havo olish a’zosini himoyalovchi vosita (pnevmoshlem LIZ-4) bilan himoyalangan holda amalga oshirilishi kerak.
36. Buyumlarga epoksid smola va kompaunlarni surtish ishlari himoya ekranli ushlagichga ega asboblarda — shpatellar, lopatkalar va boshqa moslamalarda bajarilishi kerak.
37. Kichik hajmli detallar tayyorlanayotganida epoksid yelimni surtish yoki kompaundni quyish mahalliy so‘rma ventilatsiyasi bilan jihozlangan ishchi stollarda bajarilishi kerak.
38. Epoksid smolalar yoki uning asosidagi kompaundlar bilan mayda detallarga ishlov berilishi, ifloslanganda tashlab yuboriladigan qog‘oz bilan yopilgan maxsus temir patnislarda bajarilishi kerak.
39. Buyumlarni epoksid lak-bo‘yoq materiallar bilan qo‘lda purkash usulida bo‘yash faqat shamollatish kameralarida va xodimlar shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan holda bajarilishi lozim.
40. Epoksid lak-bo‘yoq materiallari chiqindisini kanalizatsiyaga to‘kish taqiqlanadi. Ular maxsus yopiq idishga yig‘ilishi va belgilangan joyga olib chiqilishi lozim.
41. Epoksid smolani kam miqdorda ishlatadigan laboratoriyalar, ustaxonalar va tashkilotning boshqa bo‘limlari smolaning idishi sifatida karton stakanchiklarni qo‘llashi lozim.
42. Dekorativ qoplamalarga epoksid yelimni yoki shisha gazlamaga bog‘lovchini surtuvchi valetslar qurilmasining vannasi mahalliy so‘ruvchi ventilatsiya bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
43. Epoksid kompaundlar surtilgan yoki epoksid smola asosidagi bo‘yoq bilan bo‘yalgan buyumlarni quritilishi mahalliy so‘ruvchi ventilatsiya bilan jihozlangan termostat va quritish kameralarida bajarilishi lozim.
44. Quritish kameralarida buyumlarni himoyalovchi ko‘zoynaklar, respiratorlar, movutli qo‘lqoplarda bo‘shatish lozim.
45. Seriyali ishlab chiqarishda qabul qilinadigan idishga epoksid yelimining qizdirilgan (eritilgan) tuzilmasini bo‘shatilishi mexanizatsiyalashgan yoki avtomatlashtirilgan bo‘lib, aspiratsiyaga ega pana joyda bajarilishi kerak.
46. Yirik buyumlarga mexanik ishlov berilganida harakatlanuvchi ventilatsiya qurilmasini qo‘llash kerak.
47. Buyumlarni epoksid smola asosida aralashmalar bilan changlanishi maxsus kameralarda bajarilishi, ish joylari esa kameralardan tashqarida joylashgan bo‘lishi kerak.
48. Texnologik jarayon bo‘yicha dastlabki dekorativ qoplamalarga epoksid yelimni yoki shisha gazlamaga epoksid smola asosidagi bog‘lovchini singdirish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim.
49. Epoksid smolalar asosidagi mahsulotlarga mexanik ishlov berilganida ishlov berish turi, kesuvchi asboblar va kesish rejimi materiallarni buzilishini (yorilish, yonishni) istisno etishi lozim.
50. Epoksid smola asosidagi mahsulotlarga ishlov berilganida kuymasligi uchun sovutish emulsiyasidan foydalanish lozim.
51. Elim bilan ishlash uchun stollar olinadigan karton qog‘ozi yoki yupqa parda (plyonka) bilan qoplangan bo‘lishi kerak.
52. Elim bilan ifloslangan qog‘oz, bir martalik ishlatiladigan (kartonli stakanlar) idishlar va tozalash uchun ishlatiladigan materialni yig‘ish uchun binoda qopqoqli metall idishlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Ish kuni yoki smena oxirida shu idishlar tozalanib, ichidagi chiqindilar esa maxsus pechlarda yondirilishi kerak.
2-§. Yong‘in va portlash xavfsizligi talablari
53. Evakuatsiyaga chiqish yo‘llarining soni, ularning joylanishi SNiP 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” va ShNQ 2.01.02-04 “Binolar va inshootlarni yong‘in xavfsizligi” talablari bo‘yicha eng uzoq ish joylaridan ulargacha bo‘lgan masofaga, shuningdek eng ko‘p sonli smenadagi ishlovchilarning soniga bog‘liq holda aniqlanadi.
54. Eng uzoq ish joyidan eng yaqin evakuatsiyaga chiqish yo‘ligacha ruxsat etilgan masofa SNiP 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” bo‘yicha evakuatsiya qilinadigan xonaning olovga chidamliligi toifasi va hajmidan hamda bu chiqish yo‘li orqali evakuatsiya qilinayotgan xodimlar oqimining zichligidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
55. Ishlab chiqarishning har bir bo‘linmasida barcha xodimlar tanishishi zarur bo‘lgan, yong‘inga qarshi anjomlar joylashgan sxema osib qo‘yilishi lozim.
56. Elektr uskunalar yona boshlaganda, uni tezda tok manbaidan o‘chirish zarur. Yong‘inni o‘chirish uchun quruq qum yoki karbon kislotali yong‘in o‘chirgichlarni qo‘llash lozim.
3-§. Xodimlar himoyasini va ishlab chiqarish uskunalari avtomatik o‘chishini ta’minlovchi nazorat va texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari
57. Portlash jihatidan xavfli texnologik jarayonlar uchun texnologik uskunalarda avariyaga qarshi himoya tizimlari nazarda tutilishi lozim.
58. Avariyaga qarshi himoya tizimlari texnologik jarayonni boshqarishning umumiy tizimiga ulangan holda bo‘lishi kerak.
59. Texnologik jarayonni xavfsiz olib borish uchun apparatlarda aniq bir parametrlar (harorat, bosim, namlik va boshqalar) bilan belgilanadigan barcha (signal beruvchi, rostlovchi, o‘ziyozar va ko‘rsatuvchi) asboblar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
60. Mehnat sharoitlari xavfsizligini ta’minlash va texnologik jarayonning fizik-kimyoviy parametrlarini nazorat qilish uchun, ishlab chiqarishlar nazorat-o‘lchov asboblari, avariya, ogohlantiruv va texnologik signalizatsiyalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
4-§. Zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari yuzaga kelganligi haqida o‘z vaqtida xabar berish usullari
61. Yonuvchi gazlar ajralib chiqishi ehtimoli bo‘lgan ishlab chiqarish xonalarida havo tarkibida gazlarning portlash jihatidan xavfli darajalari mavjudligini nazorat qilish uchun (gazlarning ajralish ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda) avtomatik signalizatorlar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Signalizatorlar avariya ventilatsiyasiga ulangan bo‘lishi zarur.
62. Yonuvchi gazlar va bug‘larning portlash jihatidan xavfli darajalari haqida darak beruvchi signalizatsiya tizimlari (chiroqli va tovushli) signallar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
63. Avariyani bartaraf etish rejasida, ishchi hududida zararli moddalarni sizib chiqishi va yig‘ilish chegaraviy ruxsat etilgan havodagi konsentratsiyalaridan oshib ketganida bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim.
64. Avariya yoki boshqa nosozliklar aniqlangan holda, avariya vaziyati mas’ul shaxs tomonidan baholanishi, shuningdek sexda avariya holatini e’lon qilish hamda tashkilot rahbariga xabar berish lozim.
5-§. Maxsus talablar
65. Bir ishlab chiqarish xonasida har xil zararli moddalar bilan ishlovchi ishlab chiqarish uchastkalari joylashganda, ishlab chiqarish xonalariga zararli moddalarni tarqalib ketmaslik choralari nazarda tutilishi lozim.
66. Pollarni qoplovchi materiallar kimyoviy ta’sirga chidamli va zararli moddalarning sorbsiyasiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
67. Havo almashuvi tashkil qilinganida zararli moddalari ko‘p bo‘lgan yoki portlashga xavfli gazlar, bug‘lar va changi bo‘lgan xonadagi havoni boshqa xonalarga chiqib ketishini bartaraf etish uchun, keyingi xonalarda havoning ortiqcha bosimini ushlab turish lozim (berilayotgan havo hajmi chiqarib yuborilayotganidan ko‘p bo‘lishi lozim).
68. Ishlab chiqarish xonalari ventilatsiyasining loyihasi eng ko‘p xavfli va zararli moddalar ajraladigan, ishlarning og‘irlik kategoriyasini hisobga olgan holda, muayyan ishlab chiqarish uchun hisoblanishi lozim.
69. Umumiy so‘rma qurilmalariga chang va yengil kondensatsiyalanadigan bug‘ so‘rmalari, bundan tashqari aralashganda zararli aralashmalar yoki kimyoviy birikmalarni hosil qiluvchi moddalarni birlashtirish man etiladi.
70. Epoksid smolalar va ular asosidagi materiallar bilan ish olib borish xonalarida, ventilatsiya tizimida va havo bilan isitilganda havoni retsirkulatsiyasi man etiladi.
71. Isitish-ventilatsiya jihozlari, quvurlari va havo quvurlari, epoksid smolalar va ular asosidagi materiallar bilan ishlovchi xonalarda joylashtirilganida zanglamaydigan qilib bajarilgan bo‘lishi lozim.
72. Berilayotgan havoni uzatish asosan sozlanadigan havo taqsimlagichlar orqali ish hududiga, mahalliy so‘rmalarni ishiga ta’sir qilmaydigan qilib berish kerak.
73. Xonaning havo muhiti xususiyatini hisobga olib ( ishlab chiqarish xonasining havosida chang, namlik, agressiv moddalarning bo‘lishi) himoyalangan yoritqichlar nazarda tutilishi kerak (chang-nam o‘tkazmaydigan, yong‘inga va portlashga xavfsiz).
74. Avariya yoritish (xavfsizlik va evakuatsiya yoritish) yoritqichlari ishchi yoritish tizimiga bog‘lanmagan holda ulangan bo‘lishi lozim.
75. Epoksid smolalar va ular asosidagi materiallar bilan ish olib boriladigan ishlab chiqarish xonalarida ko‘zni va terini yuvish uchun dush va favoralar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
76. Epoksid smolalar va ular asosidagi ishchi aralashmasi ish joyiga ishlatishga tayyor holda berilishi lozim. Epoksid smolalar va ular asosidagi ishchi aralashmalarni tayyorlash markazlashgan bo‘lib, maxsus xodimlar tomonidan texnolog boshchiligida amalga oshirilishi lozim. Ish joyiga berilayotgan epoksid smolalar va ular asosidagi ishchi aralashmasi bir smenada ishlatiladigan miqdordan ortiq bo‘lmasligi lozim.
6 -§. Boshlang‘ich materiallar, yarim va tayyor mahsulotlar hamda ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transportda tashish
77. Ishlov beriluvchi materiallar va yarim mahsulotlar hajm o‘lchamlari ishlovni bajaruvchi uskuna pasporti ko‘rsatkichlariga muvofiq bo‘lishi lozim.
78. Omborlar va yuk saqlash uchun maydonchalar qurilma va uskunalari, ularning qurilishi, sanitariya va yong‘inga qarshi me’yorlar va qoidalar belgilangan tartibda tasdiqlangan, texnologik loyiha me’yorlari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
79. Yuklash-tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish “Yuklash-tushirish ishlarida yuklovchilar uchun mehnat xavfsizligi qoidalari” (2006-yil 13-iyun, ro‘yxat raqami 1582) (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami 1997-y,. 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq bo‘lishi lozim
80. Ombor va yuk saqlash uchun maydonchalarda barcha yuklash, tushirish va og‘ir mehnat kategoriyasiga tegishli yukni harakatlantirish jarayoni mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim.
81. Yuk saqlash uchun maydonchalar sathi tekis bo‘lib, chuqurchalarsiz va 5° dan oshmaydigan nishabi bo‘lishi kerak. Yuk saqlash uchun maydonchalar qoplamasi unga keluvchi yo‘llar qoplamasiga teng bo‘lishi lozim. Yilning qish oylarida yuk saqlash uchun maydonchalar doimo qor va muzdan tozalanib, qum, kul yoki shlak sepilishi kerak.
82. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kiraverishda harakat yo‘nalishi, yuklash-tushirish joyi yoki transport vositalarining to‘xtab turish joyini ko‘rsatuvchi chizma osilgan bo‘lishi kerak.
83. Epoksid smolalar va ular asosidagi materiallarni ish joylariga keltirish qopqog‘i zich yopiladigan maxsus idishlarda amalga oshirilishi lozim.
84. Epoksid smolalar asosidagi aralashmalarni saqlashda, bir marta ishlatiladigan karton idishlardan foydalanish kerak.
85. Epoksid smola yoki kompaundan bo‘shagan idishlarni yuvilishi maxsus yaxshilab shamollatiladigan xonalarda maxsus yuvish vannalarida mexanizatsiyalashgan usulda bajarish lozim.
86. Epoksid smolalar maxsus omborlarning yopiq yuk saqlash xonalarida yoki umumiy omborxonaning maxsus ajratilgan qismlarida saqlanadi.
87. Epoksid lak-bo‘yoq materiallarni, suyuq epoksid smolalar va ular asosidagi materiallarni quyish joylari mahalliy so‘rma qurilma bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
88. Epoksid lak-bo‘yoq materiallarni ombordan idishlarga quyib berish bortlari bor, taglik ustida bajarish lozim.
89. Tarkibida organik eritmalari bo‘lgan epoksid lak-bo‘yoq materiallarni zich yopilgan idishlarda yengil alangalanuvchi moddalar saqlanadigan xonalarda saqlash kerak.
90. Bo‘shagan idish va boshqa o‘rovchi materiallar doimo ombordan shu maqsadlar uchun ajratilgan joyga chiqarilishi lozim.
91. Har bir ombor uchun xavfsiz saqlash va omborda saqlanayotgan materiallar bilan ishlarni o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma tashkilot ma’muriyati tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
92. Chiqindilarning xavfli turlari begona shaxslarning kirishi cheklangan joylarda, identifikatsiya belgilari va yozuvlari bilan ta’minlangan holda saqlanishi lozim.
93. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash taqiqlanadi.
IV. Ishlab chiqarish uskunalariga qo‘yiladigan talablar
94. Ishlab chiqarish uskunalari butun xizmat qilish davrida xavfsizlik talablariga GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish uskunasi. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
95. Ishlab chiqarish uskunalari va texnologik liniya joylashtirish va foydalanish ishlab chiqaruvchi zavodning foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomasi talabiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
96. Epoksid smolalar va ular asosidagi materiallar bilan ishlovchi ishlab chiqarishida asbob-uskunalarning umumiy butlanishi (jihozlanishi) va joylashishi xizmat ko‘rsatish xavfsizligi va qulayligini, ta’mirlash ishlari va ularni almashtirishni o‘tkazishni ta’minlashi, shuningdek ishlab chiqarish asbob-uskunalarga sanitariya-gigiyena talablari va texnologik jarayonlarni tashkil qilish bo‘yicha texnologik me’yor talablari va sanitariya qoidalari talablarini ta’minlashi kerak.
97. Nosoz asbob-uskunalardan, xizmat ko‘rsatishda xavfsizlikni ta’minlamaydigan tegishli blokirovkasiz, nazorat-o‘lchov asboblarisiz, to‘siqlarsiz ishlab chiqarish asbob-uskunalaridan foydalanish taqiqlanadi.
98. Bino va ochiq maydonchalarda joylashgan epoksid smolalar va ular asosidagi materiallar bilan ishlovchi ishlab chiqarish uskunalari zichlangan bo‘lishi kerak.
99. Uskunalarni o‘rnatishda quyidagi talablarga rioya etilishi zarur:
odamlar doimo bo‘ladigan joylardagi asosiy o‘tish yo‘llari, shuningdek boshqarish shitlariga xizmat ko‘rsatish maydoni bo‘yicha kengligi 2 m dan kam bo‘lmasligi;
odamlar muntazam o‘tadigan joylarda o‘tish yo‘llarining balandligi (aniqlikda) 2 m dan past bo‘lmasligi;
doimiy ish o‘rinlarida, shuningdek taroqsimon boshqarish tizimlariga, mahalliy nazorat-o‘lchov asboblari va hokazolarga ega bo‘lgan mashinalar (kompressor, nasos, havo purkagichlar va h.k.) va apparatlarga xizmat ko‘rsatish maydonchalaridagi asosiy o‘tish yo‘llarining kengligi 1,5 m dan kam bo‘lmasligi;
aylanma xizmat ko‘rsatish zarur bo‘lganda, apparatlar, shuningdek apparatlar va bino devorlari oralaridagi o‘tish yo‘llari 1 m dan kam bo‘lmasligi;
apparat va asboblarni ko‘rikdan o‘tkazish, davriy tekshirish va rostlash uchun o‘tish yo‘llari — 0,8 m dan kam bo‘lmasligi;
alohida turgan nasoslar orasidagi o‘tish yo‘llari - 0,8 m dan kam bo‘lmasligi;
kompressorlar orasidagi o‘tish yo‘llari — kompressorlar oldida boshqarish shitlari joylashgan hollarda 1,5-2 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
100. Kompaund quyuvchilarni ishchi stollari mahalliy so‘rma qurilmalar bilan jihozlangan, yopma javonlarda bajarilishi lozim.
101. Kompaund quyilgan buyumlarga mexanik ishlov berayotgan dastgohlar (parmalash, obloyni tozalash) chang so‘ruvchi qurilma bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
102. Epoksid smolani sintez qiluvchi va kompaundlarni tayyorlovchi reaktorlar texnologik namuna olish uchun maxsus qurilma bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
103. Epoksid smola bilan shimdirilgan to‘ldiruvchini presslash uchun tayyorlov ishlab chiqarish jihozlarni, buyumlarni presslash va mexanik ishlov berishni mexanizatsiyalash uchun qurilma bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
104. Smolani issiqlikda qotirish uchun ishlatiladigan jihozlarni (gidravlik presslar, termik kameralar) tuzilmasida mahalliy so‘rma ventilatsiyasi nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.
105. Epoksid kompoziyali kukundan buyumlarni tayyorlaganda (issiq presslash usulida, kuyishda) ishlatiladigan jihozlar kompozitsiyalarni avtomatik dozirovka qiluvchi qurilma va mahalliy so‘rma ventilatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
106. Buyumlarga mexanik ishlov beruvchi (silliqlovchi, tozalovchi, kesuvchi gilotna qaychilar va dastgohlar) ishlab chiqarish jihozlari mahalliy so‘rma ventilatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
107. Ishlab chiqarish jihozlarni — sig‘imlar (singdirish va lakirovka qilish mashinalarining vannalari), bundan tashqari idishlarni ishchi yuzalari (bidon, flyagalar) plyonkali materiallar bilan qoplangan bo‘lishi kerak.
108. Ishlab chiqarish jihozlarning isigan yuzalarini (reaktorlar, smolani eritish uchun pechlar, singdirish mashinalarining quritish kameralari) va issiq suyuqliklarni yoki bug‘ni beruvchi quvurlar issiqlikka izolatsiyalangan bo‘lishi lozim.
V. Ta’mirlash ishlarini bajarishda mehnat xavfsizligi talablari
1-§. Ta’mirlash ishlarini o‘tkazish tartibi va sharoiti
109. Buyruq bilan tasdiqlangan bosh pudratchi va ishlab turgan tashkilot mas’ul vakillari ishni boshlashdan oldin naryad-ruxsatnomani rasmiylashtirishi lozim. Bosh pudratchi ish beruvchisiga barcha pudratchi tashkilotlar xavfsiz sharoitlarda ish bajarishi va ularning ishini muvofiqlashtirishni ta’minlashi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda mas’uliyat yuklatiladi. Ta’mirlash ishlarining muddati naryad-ruxsatnomada ko‘rsatiladi.
110. Buyruqda pudratchilardan bevosita ish rahbari, shuningdek ko‘rsatilgan ishlarga uskunalar va obyektni to‘liq tayyorlash, ishlarni xavfsiz amalga oshirish va pudratchilar yoki buyurtmachining ta’mirlash xizmati bilan tezkor aloqalar uchun javobgar shaxslar hamda tegishli chora-tadbirlar belgilanadi.
111. Barcha uskunalarda tashkilot bosh muhandisi tasdiqlagan jadval bo‘yicha belgilangan muddatlarda rejali ta’mirlash ishlari o‘tkaziladi.
112. Ta’mirlash ishlarida band bo‘lgan pudratchining barcha xodimlari ta’mirlash ishlari boshlanishidan oldin, ushbu sexda ishlarni xavfsiz olib borish uchun xodimlar xavfsizlik texnikasi bo‘yicha kirish yo‘riqnomasidan o‘tkazilishi lozim. Yo‘riqnomadan o‘tkazish ishlari buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
113. Rejalashtirilgan ishlarni bajarishdan oldin mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘tkazish ishlari pudratchi tashkilot tomonidan o‘tkazilishi lozim.
114. Pudratchi ishlayotgan hududda buyurtmachi tomonidan zararli va yonish xavfi bo‘lgan moddalarni paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan me’yoriy sanitariya-gigiyenik sharoitlar yaratilishi kerak.
115. Asbob-uskuna va kommunikatsiyalarda ta’mirlash ishlarini amalga oshirishdan oldin, quyidagilar bajarilishi lozim:
a) elektr energiya ta’minotidan o‘chirish;
b) asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni texnologik muhit qoldiqlaridan, asbob- uskunani zararli, zaharli va yonuvchi gaz va mahsulotlaridan bo‘shatish;
v) ta’mirlanadigan asbob-uskuna, kommunikatsiya, quduq va o‘ralardagi inert, yonuvchi, zaharli gazlar va kislorod miqdorining tegishli tahlillarini o‘tkazish yo‘li bilan tekshirish.
116. Apparatlarni ta’mirlash va tozalashdan oldin inert gazda puflanadi, keyin esa toza havoda va suv bilan yuvilgan bo‘lishi lozim.
117. Ta’mirlash ishlarini so‘ruvchi ventilatsiya ishlayotgan paytda bajarish lozim.
118. Balandlikdagi ishlarda faqat tayanch yoki rezinali qoplamalar bilan ta’minlangan soz narvonlardan foydalanish kerak. Narvonlar xavfsizlik texnikasi talablariga mos sinalgan, soz bo‘lishi lozim.
119. Maydonchalar va zinalardagi to‘siqlar soz holatda bo‘lishi zarur. Xavfli joylarda ogohlantiruvchi plakatlar mavjudligi ko‘zda tutilishi kerak.
Yakuniy qoidalar
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va “O‘zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish Qo‘mitasi raisi B.XODJAYEV
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
“O‘zkimyosanoat” DAK boshqaruv raisi G. IBRAGIMOV

Download 51,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish