Bularni o‘rganish, salbiy o‘zgarishlarning oldini olish hozirda eng dolzarb vazifalardan biridir. Hali dunyoda ham, respublikamizda ham tabiatni muhofaza qilish va tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishda hal etilmagan masala ko‘p. Bu masalalarni hal qilish xalq ommasining tabiat muhofazasi, tabiatdan to‘g‘ri foydalanish, tabiatning umumiy geografik qonuniyatlari haqidagi bilimi darajasiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Aholining geoekologik tarbiyasi qanchalik yuqori, tabiatdan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi bilim darajasi qanchalik baland bo‘lsa, tabiatdan foydalanish madaniyati ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |