o‘tmishdan foydalanishi mumkin. Buni afsonali imij deb atashadi. Ko‘pincha siyosatchilar yoshligidan
boy oilada o‘sgan bo‘lishlariga qaramasdan o‘zlarini ezilgan mazlum xalq qilib ko‘rsatishga harakat
qiladilar. Shunday siyosatchilardan biri sifatida AQSh prezidenti Jimmi Karter biogra yasini olish
mumkin. U o‘zining saylovoldi kampaniyasidagi chiqishlarida tez-tez takrorlardi: “Men fermerman...
Menda hech qanday katta pullar yo‘q... Mening shunday bo‘lishimga xalqim sababchi... Men xalqimdan
qarzdorman”. Vaholanki, o‘sha davrda uning yillik daromadi 2,5 mln dollarni tashkil qilardi.
Tipajlar.
Tipaj (biror obraz yaratish uchun andoza yoki namuna bo‘lib xizmat qiladigan kishi) har
qanday nomzodning imijini qaysidir mashhur siyosatchining imijiga taqlid qilib yasaladi va
shakllantiradi. 90-yillarda Rossiya jamiyatshunoslari tomonidan o‘tkazilgan “o‘ta ideal erkak”
mavzusidagi ijtimoiy so‘rov natajalarini eslaylik. Ushbu so‘rovda qatnashganlarning 30% Shtirlits, 10%
Marshal Jukov, 5%
artist Batamov, yana 5% artist Mironovni tanlashgan. Demak, Rossiya xalqi Putinni
tanlaganiga ajablanmasa ham bo‘ladi. “Bahorning o‘n yetti lahzasi”
lmidagi Shtirlitsning max y
xizmatda bo‘lganligini hisobga olsak, V.Putinning sobiq davlat xavfsizlik idorasida ishlagani qo‘l
kelganini ko‘rishimiz mumkin. Demak, tipajning ham imijni shakllantirishda o‘ziga xos o‘rni mavjud.
Ishonarli imij.
Yuqorida keltirib o‘tilgan krga ko‘ra, imijning ishonarli bo‘lishi siyosatchining o‘zini
oddiy xalqqa yaqin tutishga bog‘liq. Siyosiy nomzodning mashhur universitetlarda ta’lim olgani “ajoyib
ma’lumot” egasi ekanligi, umuman olganda ta’lim darajasining yuqoriligi oddiy xalqning g‘ashini
keltirishi mumkin. Masalan, fashistlar Germaniyasi liderlarining hammasi o‘rta ma’lumotli kishilar
bo‘lgan. Amerikalik saylovchilar faqatgina J.Kennedini “kechirishdi”. Sababi oddiy, Kennedi yosh,
harakatchan hamda kamdan kam uchraydigan shaxsiy chiroyga ega. Demak, imijning ishonarli bo‘lishi
nomzodning qay darajada “xalq farzandi” ekanligini ko‘rsatishga bog‘liq.
Imijni yasash va shakllantirish davomida birinchi navbatda unga raqiblar tomonidan uyushtirilishi
mumkin bo‘lgan hujumlardan himoyalanishni hisobga olish lozim. Zamonaviy siyosiy jang – bu imijlar
jangidir. Chunki, raqiblar nafaqat, o‘z imijlarini shakl-lantiradi, balki bir-birlarining imijiga mag‘zava
ag‘darishga harakat qilishadi. Shuning uchun saylov kompaniyasiga tayyorgarlik ko‘rishda raqiblarning
bo‘lajak hujumidan himoya taktikasini ham ishlab chiqish lozim.
Siyosatchi o‘z-o‘ziga imijmeyker bo‘lishi darkor. Har bir siyosatchi birinchi navbatda imijini o‘zi yaratadi.
Chunki inson xarakterini to‘laligacha o‘zgartirish mumkin emas. AQSh prezidentlaridan J.Kennedining
televizion dasturlarda ishtirok etishi uni “shou” odamiga va xalqning yoqimtoyiga aylantirdi. Ungacha
hech qaysi siyosatchi to‘g‘ridan to‘g‘ri e rlarda qatnashmagan edi. Hozirgi kunda imij ko‘proq
televizion ko‘rinish orqali yasaladi. Shuning uchun siyosatchiga qo‘yiladagan talablardan biri uning
jurnalistlar bilan qay darajada muomala o‘rnata olishidir. Chunki aynan jurnalistlar
sizni auditoriyaga
ham yaxshi, ham yomon qilib ko‘rsatishi mumkin.
XX asr boshigacha bunday soha uncha ham rivojlanmagan bo‘lsa-da, ammo bugungi kunga kelib ayrim
siyosatchilar imijmeykerlarsiz bir qadam ham yura olmaydilar. Biroq amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki,
siyosatchi faqat imijmeykerlar bilan hamkorlik qilishi, bu ishga boshi bilan sho‘ng‘ib ketishi yaxshi
oqibatga olib kelmaydi.
(/)