Insonlarni individual xususiyatlari, organizm rezervlari va adaptatsiya


Calomatlik deganda nimalarni anglamoqlik – tushunmoqlik lozim?



Download 17,15 Kb.
bet2/3
Sana11.07.2022
Hajmi17,15 Kb.
#774657
1   2   3
Bog'liq
Sog‘lom turmush tarzi va uning salomatlikni shakllantirishdagi ahamiyati.

Calomatlik deganda nimalarni anglamoqlik – tushunmoqlik lozim?
Salomatlik so‘zi – bu kengqamrovli, ko‘pqirrali, o‘z ichiga inson va uning organizmiga
tegishli bo‘lgan ruhiy va jismoniy holatlarni, o‘zaro bog‘liq va bir butun bo‘lgan juda ko‘p
masalalarni o‘z ichiga oladi.
Salomatlik – nafaqat har bir insonning – odamning o‘zi uchun, balki butun jamiyatning
bebaho boyligidir.
Biz o‘zimizga yaqin va qadrli kishilarimiz bilan uchrashganimizda ham,
xayrlashayotganimizda ham o‘zaro bir-birimizga eng yaxshi va mustahkam salomatlik tilaymiz.
CHunki salomatlik inson uchun bebaho va baxtli hayoti garovining asosiy shart-sharoiti
hisoblanadi. SHuningdek, inson o‘z salomatligi tufayli oldiga qo‘ygan hayotiy maqsad va
rejalarini amalga oshiradi va kerak bo‘lsa har qanday qiyinchiliklarni engadi. Inson yaxshi va
mustahkam salomatligi tufayli aql-idrok bilan o‘z salomatligiga erishgan va uni mustahkam
saqlagan odamgina o‘zining faol xatti-harakati, hayoti va uzoq umr ko‘rishligiga asos solgan
bo‘ladi – ta’minlaydi ham.
Salomatlik – baxtli hayotning negizi-asosi va mezonidir.
Salomatlikni saqlash – bu ilm fan degan kishi hech qachon yanglishmaydi, chunki bu fan
keng ma’nodagi masalalar haqidagi eng mohiyatli-ahamilyatli ilmlarni o‘z ichiga oladi.
SHuning uchun ham Amerika Qo‘shma SHtatlarining «Healthy people» («Milliy
salomatlik») dasturida jamiyat salomatligi sharoitlarini yaxshilash va uni tashkil qilishning uch
asosiy negizi ko‘rsatib o‘tilgan:
1. Sihat-salomatlikni ta’minlash («helthy promotion»)
2. Sihat-slomatlikni himoya qilish («health protection»)
3. Profilaktik va tibbiy xizmat («preventive services»)
Aytish joizki, yashash sharoitining yaxshiligi yoki uning oliy darajada ekanligi uning
sog‘ligini belgilamaydi, chunki u uning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatining ko‘rsatkichi –
holati hisoblanadi. SHuning uchun ham inson barcha xatti-harakatlarini, tashqi muhit bilan
bog‘liq holda o‘zining sog‘lig‘iga-salomatligiga qaratib yashashi va barcha ta’sirotlarni
bo‘ysundiraolishi kerak. Xulosa shuki, har bir shaxs – inson uchun eng birinchi mezon
«sog‘liq» bo‘lishi, so‘ngra odam o‘z imkoniyatiga qarab oldiga qo‘ygan ichki va tashqi
masalalarni to‘g‘ri tahlil qilgan hamda ularni bajarish mumkin ekanligini aniqlagan holda
shaxsiy dasturiga ega bo‘lmog‘i lozim. SHundagina u barcha maqsadlarini valeologik asosda
bajargan bo‘ladi.
Inson sog‘ligining asosida uning ma’naviy sog‘ligi yotadi. Industrial ishlab chiqarishning
taraqqiyotida, uni baholashda odam ma’naviy boyligining ahamiyati ham katta bo‘lib, ma’naviy
sog‘lomlik sotsial progress va iqtisodiy taraqqiyotning muhim quroli hamdir. SHuning uchun
taraqqiy etgan davlatlarda sog‘liqni saqlashga ajratadigan mablag‘lari ham yuqori darajada
bo‘ladi. SHunday ekan sog‘liqni saqlash uchun ajratiladigan mablag‘lar ham, albatta o‘zini bir
necha barobar qilib oqlaydi. Ko‘pchilik davlatlarda hatto birinchi galda Dunyo Sog‘liqni Saqlash
tashkilotining sog‘liqning ahamiyatiga e’tibor berib sotsial-iqtisodiy mezon sifatida qarashligi
ham katta ahamiyatga ega. Ammo ayrim davlatlarda sog‘liqni saqlash uchun sarflanadigan
mablag‘lar asosan klinik meditsina va profilaktik meditsinaga sarflanishi ko‘zda tutilgan,
vaholanki aslida sog‘lom odamlarning sog‘lig‘ini saqlash va uni mustahkamlashga qaratilgan
bo‘lishi kerak.
SHunday bo‘lgan taqdirda – inson ma’naviy boy, jismonan baquvvat bo‘lsa, shundagina u
ham o‘ziga, ham davlatga boylik keltiradi. Jamiyat – davlat sotsial-iqtisodiy mustahkamlanadi va
aksincha qaysi jamiyatda – davlatda kasallik varaqasi («byulleten») ko‘p bo‘lar ekan albatta
uning salbiy tomoni darajasi ham ko‘p bo‘ladi. SHuning uchun bunday masalalarga avvalo har
bir insonning o‘zi katta ahamiyat berishi kerak. Afsuski, ba’zi bir kimsalar oddiy – ilmiy
asoslangan «sog‘lom turmush tarzi»ga amal qilmaydilar, uning chuqur mazmuniga ahamiyat
bermaydilar. Natijada kamharakatlilik (gipodinamiya) tuzog‘iga ilinadilar (1), tez qariydilar (2),
boshqalar ko‘plab ovqatlanish hisobiga semirib ketadilar (3), qon-tomirlar skleroziga uchraydilar
(4), ayrimlar diabet kasaliga mubtalo bo‘ladilar (5), dam olish nimaligini tushunmaydilar (6),
hayotiy va ishlab chiqarishlardagi me’yorlarni unutadilar (7), doimo ortiqcha xatti-harakatlar
bilan yashaydilar (8), nevroz kasalligiga uchraydilar (9), uyqusizlikka duchor bo‘ladilar (10),
ayrim kimsalar esa yanada og‘ir-mushkul, oxiri-voy va baloi-ofat yo‘liga o‘z ixtiyorlari bilan,
bilib-bilmasdan qadam qo‘yadilar. Bu narkomaniya (morfinizm, toksikomaniya, ichkilikbozlik –
alkogolizm, chekish) dir.
Oqibatda bularning hammasi turli xil kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi va
albatta natijada umrning qisqarishiga olib keladi.
«Salomatlik» so‘zi avvallari «bir butunlik» degan ma’noni bergan. Ruhan sog‘lom odam
o‘zini («Men mazmunida») anglashlikka harakat qilib jismonan, ruhan, emotsional (kayfiy),
ma’naviy jihatlar bo‘yicha saqlanishga intilgan. SHuning uchun ham bunday kishilar bularning
ahamiyatli ekanligiga katta e’tibor berib yashashni nazorat qilabilganlar va ular odamlarga
yordam qo‘lini cho‘zganlar – sahovatli bo‘lganlar, va bunday xususiyatga ega bo‘lganlari uchun
o‘zlari ham xalqning hamda davlatning nazariga sazovor bo‘lganlar. Demak, ma’naviy va ruhiy
salomatlik – bu har bir shaxsning (individual) salomatligining tarkibiy qismi bo‘lib, bir-biri bilan
bog‘liqdir. SHuning uchun ham Dunyo Sog‘liqni saqlash tashkilotining ustavida «salomatlik» -
bu kasallik va jismoniy kamchiliklarning yo‘qligi emas, balki keng ma’nodagi jismoniy, ruhiy,
jamoatning tinch va xotirjam salomatligidir, deb qayd etilgan.
SHuningdek, insonning salomatligi uning sog‘lom aql-idroki, odamlar bilan munosabati,
atrof-muhitdagi narsa va hodisalar, jamoatchilik orasidagi mavqei, har bir holatlarga to‘g‘ri
munosabatda bo‘lishligi va ularni to‘g‘ri hal etabilishligi, kelguvsini ko‘rabilishligi, o‘zini
tutabilishligi, xohishi va boshqalarga bog‘liq. Bularni har bir kimsa esdan chiqarmasligi uning
hayotga valeologik qarashining mezoni hisoblanadi.

Download 17,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish