Issiqlik halokoti muammosi.
XIX asr o'rtalariga kelib Koinotning «issiqlik halokati» deb ataluvchi muammo paydo bo'ldi. Ncmis fizigi R. Klauzins Koinotni berk tizim deb harab, unga termodinamikaning ikkinchi qonunini qo'iladi. Natijada, Koinotning entropiyasi maksimumga intiladi, degan xulosaga kelindi. Bundan haiakatning bamma sliakllari issiqiik harakati ko'rinishiga o'tadi, degan xulosa kelib chiqadi. Issiqiik issiq jismlardan sovuq jismlarga o'ta boshlaydi va btining oqibatida koinotdagi hamma jismlarning haroratr tenglashadi, natijada, to'liq issiqiik muvozanati vujudga kelib, koinotdagi hamma jarayonlar to'xtaydi — koinotning issiqiik halokati ro'y beradi
Haqiqatda esa hech qanday issiqiik halokati bo'lishi mumkin emas, cliunki koinotni chekli yoki berk tizim deb hisoblashga asos yo'q. Shuning uchun termodinamikaning ikkinchi qonunini koinotga qo'llash mumldn emas. Chunki koinot uzluksiz va monoton ravishda evolutsion rivojlanishda bo'Hb, hech qachon termodinamik muvozanatga kelmaydi. Shunday savol tug'iladi: biosferaga termodinamikaning ikkinchi qonunini qo'llash mumkinmiq Biosfera — chekli tizim, unga issiqlik halokati xavfi bormiq Biosferaning baxti shundan iboratki, u berk tizim emas va unga biz ta'rifla-ganday termodinamikaning ikkinchi qonunini qo'llab bo'lmaydi.
Haqiqatdan ham, agar biosfera berk tizim bo'lganda edi, uning entropiyasi uzluksiz oshib borardi, tirik organizmlarga xos barcha murakkab tartibli strukturalar uzluksiz ycmirilib borib biosfera halokatga yuz tutgan bo'lardi. Lekin, biosfera ochiq tizimdir va Quyosh energiyasi oqimi hisobidan uning entropiyasi kamayishi mumkin. Haqiqatdan ham, million yillar davomida biosferaning entropiyasi kamayib borishi nalijasida biosferaning lashkiliyligi uzluksiz oshib borgan. Biosfera uchun Quyosh rfianfiy entropiya oqimi manbayi bo'lgan, deb aytish mumkin. Biosferada manfiy entropiyaning katta zaxiralari fotosintcz I'aoliyali natijasida paydo boiib, ular organik yoqilg'ilarda saqjanadi. Bu yoqilg'i turg'un bo'lmagan muvozanat holatda bo'lgan tizimga misol boia oladi, ya'ni unda entropiya 6 sishi amalda kuzatilmaydi. Haqiqatda tarixdan sh'upi ko'rish mumkinki, odamzod bu yoqilg'ini yoqib entropiyaning keskin oshish mcxanizmi uchun faol katalizator sifatida namoyon bo'ldi. Manfiy entropiyaning zaxiralari millionlab yillar davomida yig'ilgan bo'lsa-da, uni yoqish tez sur'atlar bilan bormoqda, ayniqsa, so'nggi on yilliklarda. Chindan ham, yoqilg'ini yoqish, bu million yillar davomida tartiblangan tizimlarni yo'q qilish va biosferada har xil o'zga jinsli, keraksiz, zararli yonilg'i mahsulotlarining ko'plab sochilib kctganligi natijasida undagi xaos, ya'ni tartibsizlikning oshib borishidir. Buning oqibatida, biosfera entropiyasi o'sib bordi va buni biz global inqiroz sifatida kuzatmoqdamiz. Insoniyatning strategik muammolarini termodinamikaning qonunlarini hisobga olmasdan turib hal qilish mumkin emas. Paydo bo'lgan inqirozdan chiqishning prinsipial ehtimolligini termodinamikaqonunlari ko'rsatadi. Avvalo, faqat inson tomonidan yuzaga keltirilgan entropiya o'sishini to'xtatish va biosferani entropiyasi doimiy kamayib boruvchi holatga qaytarish lozim. Bunda faoliyat kelgusida noosferani rivojlantirishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |