III. XULOSA
C# Windows muhitida ishlaydigan dastur tuzish uchun qulay vosita bo`lib, kompyuterda dastur yaratish ishlarini avtomatlashtiradi, xatoliklarni kamaytiradi va dastur tuzuvchi mehnatini yengillashtiradi. C# dasturi zamonaviy visual loyihalash texnologiyasi asosida ob`yektga yo`naltirilgan dasturlash tili hisoblanadi.
Hozirgi kunda C# dasturlash tili yuqori bosqichli dasturlash tillari ichida eng samaralisi hisoblanadi. Bu til C va C++ dasturlash tillarining mantiqiy davomi bo’lib, Java dasturlash tilining ham bir qancha imkoniyatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Bugunga kelib, juda ko’p rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilayotgan dasturlar asosini C# dasturlash tili tashkil qiladi.
Bu kurs ishi davomida men C# dasturida delegatlarning ko’rinishi, ular bilan C# va Visual studioda ishlash, delegatlarga aloqador bo’lgan metodlar, guruh delegatlarida misollar ishlash, qiymat qaytarish, delegatlar yordamida metodlarni birlashtirish, ba’zi funksiyalarda delegatlarning qo’llanilishi haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo`ldim. Delegatlarning Func, Action, Multicase, Anonim metodlar va Predicate tiplari bilan ishlashda ularning tiplarini ma’lum qoidalar asosida almashtirish ham mumkin. Faqat ularning qaytish tiplarini moslash kifoya.
Yana kurs ishimning davomida mavzuga doir turli ko’rinishdagi testlardan ham foydalandim. Standart bo’lmagan testlarni yechish davomida mavzuni o’rganuvchilar delegatlar to’g’risida yana ham mukammalroq tushunchalarga ega bo’ladi. Dasturning ishlash qismidagi jarayonlarni tahlil qilishi qulayroq bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda, C# dasturlash tilida delegatlardan foydalanib turli xildagi metodlar bilan ishlash mumkin. Bu esa dasturchining tezkor ishlash imkoniyatini bir muncha oshirishga yordam beradi. Shu bilan bir qatorda delegatlar bilan ishlash katta hajmli masalalarni yechishda bir qancha qulayliklar tug’diradi.
Герберт Шилдт. C# 4.0 Полное руководство. Москва. Санкт-Петербург. Киев. 2011, 473-б.
Джозеф Албахари и Бен Албахари. C# 6.0 Справочник. Полное описание языка. Москва. Санкт-Петербург. Киев. 2016, 151-б.
Борис Пахомов. C# для начинающих. Санкт-Петербург «БХВ-Петербург». 2014, 293-б.
А.Л.Марченко. C#. Введение в программирование. Издательство Московского университета. 2005, 88-б.
Object-oriented Programming in C#. Department of Computer Science, Aalborg University. February 2010, 173-б.
В. В. Подбельский. Язык C#. Базовый курс. Москва – 2013, 342-б.
Интернет-Университет Информационных Технологий. 16-б.
Svetlin Nakov, Veselin Kolev. Fundamentals of Computer Programming with C#. 2013, 923-б.
INTERNET SAYTLARI
www.ziyonet.uz
www.intuit.ru
www.tuit.uz
www.tuit.kf.uz
www.referat.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |