Insoning har bir yaxshi yoki, huquqa xilof yohud jinoiy qilmishi, avvalo, uning muayyan qilmishni sodir qilish fikridan boshlanadi


Vaziyatga huquqiy baho bering, fikringizni O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Oliy sud Plenumining tegishli qarorlari bilan izohlang



Download 79,5 Kb.
bet2/3
Sana17.01.2022
Hajmi79,5 Kb.
#380901
1   2   3
Bog'liq
dossstoncri11

Vaziyatga huquqiy baho bering, fikringizni O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Oliy sud Plenumining tegishli qarorlari bilan izohlang.
Insonning har bir yaxshi yoki, huquqa xilof yohud jinoiy qilmishi, avvalo, uning muayyan qilmishni sodir qilish fikridan boshlanadi. Inson har bir harakatini bajarishdan oldin uni ongida shakllantirib oladi. Ammo jinoyat sodir qilish haqidagi fikrning mavjudligi jinoiy qilmish hisoblanmaydi. Chunki qilmishni jinoyat deb hisoblash uchun qilmishda qonunda nazarda tutilgan shartlar bo’lishi kerak, ya’ni jinoyat tarkibining barcha alomatlari bo’lishi kerak1. Demak, jinoyat insonning ongli faoliyati hisoblanib, uning qilmishi harakat yoki harakatsizlikda ifodalanadi deyishimiz mumkin. Shu holatda uning ijtimoiy xavfli qilmishi jinoyat hisoblanadi. Yuqorida berilgan muammoli vaziyatni tahlil qilishda ham mazkur fikrlarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun dastlab, ushbu kazusdagi holatlarni ko’rib chiqqan holda undagi muammoli holatlarni belgilab olamiz.

Birichidan, Tulanov Akmal Ibragimovichning 3000 (uch ming) AQSH dollari miqdoridagi summani “qora bozor”da almashtirganligi.

Ikkinchidan, Botirov Qudrat Mamajonivichning yashirin holatda 2 900 000 so’m pulni olib qo’yganligi.

Uchinchidan, Botirov Qudratning Ishanbekov Suhrobga nisbatan yetkazgan tan-jarohati.

Endilikda kazusni tahlil qilamiz. Birinchi navbatda, Tulanov Akmalning xatti-harakatiga to’xtalib o’tamiz. Tulanov 3000 AQSH dollari miqdoridagi summani “qora bozor”da almashtirgan. Shu tufayli u qonunga zid harakatni amalga oshirgan. Vaholanki, u buni bank xizmatlari orqali almashtirishi mumkin edi. Bu holat yuzasidan jinoyat tarkibini aniqlashimiz zarur. Chunki har qanday qilmish jinoyat sanalishi uchun unda jinoyat tarkibi bo’lishi lozim. Uning ta’rifi quyidagicha: “Jinoyat tarkibi – jinoyat qonuniga ko‘ra aniq ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat sifatida tavsiflovchi eng kam va yetarli obyektiv va subyektiv belgilar yig‘indisi”2. Ilmiy adabiyotlarda jinoyat tarkibining asosan quyidagi elementlar(tomomlar)i keltiriladi:


  1. Jinoyat obyekti.

  2. Jinoyatning obyektiv tomoni.

  3. Jinoyat subyekti.

  4. Jinoyatning subyektiv tomoni.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat tarkibi elementlarini aniqlab chiqamiz. Birinchi jinoyat obyektiga e’tibor qaratamiz. Jinoyat obyekti –jinoiy tajovuz qaratilgan va ana shu tajovuz orqali unga zarar yetkazilishi mumkin bo’lgan ijtimoiy munosabatlardir3. Tulanov Akmal qilmishi uchun jinoyat obyekti –davlatining iqtisodiyot asoslarini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar. Bu qilmishni sodir etish orqali shaxs milliy valyutaning barqarorligiga zarar yetkazishi mumkin. Shuningdek, “valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish va o’tkazish O’zbekiston Respublikasining valyuta yakka humkronligiga putur yetkazadi, ular ko’pincha talon-taroj qilish, poraxo’rlik, bojxona qonunchiligini buzish kabi jinoyatlar bilan bog’liq bo’ladi”4 .

Jinoyatning obyektiv tomoni jinoyat shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo`llanilgandan keyin fuqarolarning qonunga xilof ravishda valyuta qimmatliklarini olishi yoki o’tkazishida ifodalanadi.

Qonunga xilof ravishda olish deganda, valyuta qimmatliklarini banklarni chetlab, ya`ni chet el valyutasini chayqov bozoridan sotib olishni tushunish lozim. Qonunga xilof ravishda o’tkazish deganda esa valyuta qimmatliklarini bank muassasalaridan chetda sotish yoki almashtirishni tushunish zarur5.

Shuningdek, valyuta qimmatliklari sirasiga nimalar kirishi O`zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to`g`risida”gi qonunning 3-moddasida belgilab berilgan. Jumladan, ular jumlasiga quyidagilar kiradi:



  • chet el valyutasi;

  • chet el valyutasidagi qimmatli qog`ozlar:

  • chet el valyutasidagi to`lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditivlar va boshqalar)

  • sof quyma oltin.

Bundan kelib chiqadiki, yuqoridagi vaziyatda 3000 AQSH dollari chet el valyutasi bo’lib valyuta qimmatligi sanaladi.

Bu turdagi jinoyatlar uchun jinoyat subyektining umumiy yoshi 16 yoshga to’lgan jismoniy shaxs hisoblanadi. Bu o`rinda 1989-yilda tug`ilgan Tulanov Akmal jinoyat subyekti bo’ladi.

Subyektiv tomondan esa jinoyat to`g`ri qasddan sodir etiladi. Bunda aybdor shaxs valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olayotganligi yoki o`tkazayotganligiga iqror bo’ladi.

Endi ikkinchi vaziyat haqida fikr yuritadigan bo’lsak,ya`ni Botirov Qudrat Mamajonivichning yashirin holatda 2 900 000 so’m pulni olib qo’yganligi. Mazkur holatda jinoyat obyekti – o`zganing mol-mulkini muhofaza qilish bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Tulanovning mulki,ya’ni 2 900 000 so`m jinoyat obyekti sanaladi.

O’zganing mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish mazkur jinoyatning obeyektiv tomonidir.

Jinoyat subyekti 14 yoshga to’lgan aqli raso jismoniy shaxs bo’lishi mumkin. Bunda Botirov jinoyat subyekti hisoblanadi.

Subyektiv tomondan esa to`g`ri qasddan sodir etiladi.

Uchinchi vaziyat bo’yicha,ya’ni Botirov Qudratning Ishanbekovga nisbatdan harakati bo’yicha jinoyat tarkibini aniqlaydigan bo’lsak, bu holatda jinoyat obyekti Ishanbekovning sog`lig`idir.

Jinoyatning obyektiv tomoni esa yengil tan jarohati yetkazilgan harakat yoki harakatsizlik sanaladi.

Jinoyat subyekti 16 yoshga to’lgan jismoniy shaxs,ya’ni bu holatda Botirov jinoyat subyektidir va u subyektiv tomondan qasddan yuz beradi.

Shunday qilib yuqorida yoritilgan fikrlar asosida hamda O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Oliy sud Plenumning tegishli qarorlari asosida kazusga optimal yechim berishga harakat qilamiz. Dastlab, Tulanov Akmal va Ishanbekov Suhrob tomonidan sodir etilgan qilmishga baho beradigan bo’lsak, ularning bu qilmishi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Agar ularning xatti-harakatlari Jinoyat kodeksining 177-moddasi oldingi tahiri bo`yicha kvalifikatsiya qilinganda dastlab bu qilmish uchun ma`muriy jazo qo`llangandan keyin jinoiy javogarlikka tortish mumkin edi. Ammo Oliy Majlis tomonidan 2019-yilning 15-yanvarida O’RQ -516 –son bo’yicha qabul qilingan “Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonunning 5–moddasida Jinoyat Kodeksining 177–moddasiga quyidagicha o’zgartirish kiritildi. Jumladan, unga ko’ra oldingi tahrirdagi “Fuqarolarning qonunga xilof ravishda ancha miqdorda valyuta qimmatliklarini olishi yoki o`tkazishi shunday harakatlar uchun ma`muriy jazo qo`llanilganidan so`ng sodir etilgan bo`lsa” degan moddaning 1-qismidagi “ancha miqdor so’zi moddaning 2-qismiga ko`chirildi6. Shu jihatdan ushbu holatni jinoyat deb atashimiz uchun miqdor ham asosiy o`rinni egallaydi. Ancha miqdor eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan 300 baravarigacha bo`lgan miqdor hisoblanadi. Kazus yuzasidan Tulanovning 3000 AQSH dollari 25 200 000 so`m miqdoridagi summasi ancha miqdorni tashkil etadi. Shunday ekan, Tulanov Akmal va Ishanbekov Suhroblarning xatti-harakati Jinoyat kodeksi 177-moddasi 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi deyishimiz uchun to`la asos mavjud.

Endi Botirov Qudrat harakatiga,ya’ni u tomonidan 2 900 000 so`m yashirin ravishda olinib qo`yilishiga e’tibor qaratamiz. O`zbekiston Respublikasi Oliy Sud Plenumining “O`zgalar mulkini o`g`irlik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-taroj qilish jinoyat ishlari bo`yicha sud amaliyoti to`g`risida”gi 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarorida “Jabrlanuvchining yoki boshqalarning yo`qligida yoki ular bor bo`lsada, ularga bildirmasdan o`zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish o`g`irlik hisoblanadi” deb begilab qo`yilgan7. Vaholanki, Botirov Qudrat u vaziyatda Tulanovning mulki hisoblangan 2 900 000 so`mni sezdirmasdan yashirin ravishda olib qo`ygan. Uning bu harakati o`g`rilik sanaladi. Shu tufayli uning bu haraakti Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.

Endilikda Botirov Qudrat tomonidan sodir etilgan boshqa bir harakatga diqqatimiz qaratamiz, ya’ni kazusga ko`ra Botirov o`z qilmishi fosh bo`lishidan qo`rqib, Ishanbekovning yuz va jag' sohasiga mushti bilan urib, qochishga urinadi. Buning natijasida Ishanbekovga nisbatan sog'lig`ining qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohati yetkazilganligi aniqlanadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Sud Plenumining “O`zgalar mulkini o`g`irlik talonchilik va bosqinchilik bilan talon-taroj qilish jinoyat ishlari boyicha sud amaliyoti tog`risida”gi qaroriga binoan: “Zo`rlik ishlatish harakatlari aybdor tomonidan o`zganing mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish tugallanganidan keyin qo`lga tushishdan qutulish maqsadida sodir etilgan bo`lsa, bunday harakat talonchilik yoki bosqinchilik deb qaralmaydi. Zo`rlik ishlatishning xususiyati va kelib chiqqan oqibatlarga qarab qilmishni o`g`irlik deb, boshqa jinoyatlaning belgilari bo`lganda jinoyatlar majmui bo`yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim”8. Shuning uchun Botirov Qudrat harakati Jinoyat kodeksining 109-moddasi 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Basharti, Botirovning bu harakati natijasida Ishanbekovga nisbatan yetkazilgan tan-jarohati darajasi yengil tan-jarohati miqdoriga yetmasa, ushbu qilmish 169-modda tarkibini berar edi.

Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, yuqoridagi muammoli vaziyatda uchta alohida subyektlarning qilmishlari haqida fikr yuritdik. Bundan shu ma’lum bo‘ldiki, Tulanov Akmal va Ishanbekov Suhroblar qonunga xilof ravishda valyuta qimmatliklarni olish va o`tkazishga harakat qilib jinoyat sodir etishgan. Botirov Qudrat esa o`g`rilik harakatini sodir etgan va buning natijasida Ishanbekovga nisbatan tan-jarohati yetkazgan. Uning bu xatti-harakatlari Jinoyat kodeksi 33-moddasiga binoan Jinoyat majmui sanalib, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining 109-moddasi 1-qismi va 169-moddasi 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.




Download 79,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish