Yo`l-
Yo`lbars-yirik yirtqich hayvon. Hindiston, xitoy, Eron, Uzoq Sharqda va boshqa joylarda o`rmonlarda, to`qaylarda, chakalakzorlarda yashaydi. Ilgari Amudaryo va Sirdaryo qirg`oqlaridagi qamishzorlarda ham bo`lgan. Mo`ynasining rangi, undagi ko`ndalang qora yo`llar yashash joyiga mos bo`ladi. Shu sababli jim yotgan yo`lbarsni eng tajribali ovchi ham sezmaydi. Erkagining gavdsasi 3 m gacha, og`irligi 160-170 kg dan ortiq bo`ladi. Asosan, tong`iz, bug`u kabi tuyoqli hayvonlarni ovlaydi, suvda yaxshi suzadi. Yo`lbarsni yoshligidan qo`lga o`rgatish mumkin. Yo`lbars g`orlarda va boshqa pana joylarda uya quradi va shu yerda bolalaydi. Bolalarini faqat onasi boqib kata qiladi. Qari va yarador yo`lbars odamlarga hujum qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |