Yelkan-
Yelpig`ich-
Yem- mollarga beriladigan toʻyimli ozuqa. Chorvachilikda suli, arpa, makkajoʻxori, oq joʻxori, bugʻdoy, qora bugʻdoy, soya, vika, noʻxat donlari va boshqalar yem oʻrnida ishlatiladi. Yem boʻladigan donlar tarkibida 75% gacha uglevodlar, 12% protein, 2—5% yogʻ, 1—4% mineral moddalar hamda V guruhiga mansub vitaminlar mavjud. Barcha hayvonlar va parrandalarga yem aralash yem va yem aralashmasi koʻrinishida beriladi. Yemning toʻyimliligini oshirish maqsadida kepak, kunjara, pivo, spirt, shakar zavodlari chiqiti, baliq uni, goʻsht uni, goʻsht-suyak uni, qon uni va boshqalar yemga aralashtiriladi yoki boshqa turdagi ozuqalarga yem aralashtirib tert qilinadi. Yem yengil hazm boʻlishi uchun maydalanadi, tuyiladi, tegirmonda un qilib tortiladi, achitiladi. Mogʻorlagan, qoʻlansa hidli, qora yoki qoʻngʻir tusdagi, rangi aynigan, zaharli moddalari boʻlgan don va don mahsulotlarini yem oʻrnida ishlatib boʻlmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |