Tomchi-
Tomditog`- Markaziy Qizilqumdagi togʻ, deyarli kenglik boʻylab choʻzilgan. Shuvoqtog`, Oqtog`, Buzduastog`, Muruntog`, Qoratog` kabi tizmalardan iborat. Bulardan eng balandi Oqtog` tizmasi. Suvayirgʻich qismida (Oqtov) tekislangan yuzalar bor, yon bagʻirlari tik, vaqtincha suv oquvchi qisqa, baʼzida dara shaklidagi oʻzanlar bilan kesilgan etaklari tizmalardan yemirilib tushgan shleyf yotqiziqlari bilan qoplangan. Iqlimi keskin kontinental, quruq va issiq. Iyul oyida eng yuqori havo harorati +46, +48 bo`ladi. Tomditog`ning yon bagʻirlari va etaklarida boʻz, qoʻngʻir, qumli choʻl tuproqlarida asosan, shuvoq, boyalich, arpagʻon va boshqa oʻsimliklar oʻsadi. Ulardan yaylov sifatida foydalaniladi. Tomditog`da ohaktosh, marmar, boksit, oltin va boshqa qazilma boyliklar ochilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |