Sirdaryo shahri- Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi shahar, tuman markazi. 1971-yilgacha shahar posyolkasi bo`lgan. Sirdaryoning chap sohilida joylashgan. Viloyat markazi Gulistondan 40 km masofada. Aholisi 30 ming kishidan koʻproq. Sirdaryoda tuman hokimiyati binosi, sanoat, transport, aloqa, qurilish korxonalari, banklar mavjud. Paxta tozalash, sut, non, gʻisht zavodlari, MTP, 3 qoʻshma, 80 xususiy va kichik korxona, 50 dan ziyod firma, qandolatchilik, kvas va limonad ishlab chiqarish korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Dehqon bozori, supermarket, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Umumiy taʼlim maktablari, pedagogika kolleji, bolalar sanʼat maktabi, sport maktablari, kasb-hunar maktabi, markaziy stadion, tuman markaziy kasalxonasi, shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi, 3 madaniyat uyi, tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari bor. Yangi qurilgan avtovokzal, kasalxona, dorixona va boshqa savdo, maishiy obʼyektlar ishlab turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |