Qizilqum davlat qo`riqxonasi-Qizilqum davlat qo'riqxonasi 1971-yili Qizilqum o'rmon xo'jaligi negizidaqumli-to'qayzorlar ekologik tizimini, u yerda mavjud bo’lgan biologik xilmaxillikni saqlab qolish maqsadida tashkil etilgan bolib, uning yer maydoni 10311gektardan iborat. Qo'riqxona Amudaryoning o'ng qirg'og'I bo'ylab shimoliy -sharqdan, janubiy - sharq tomonga 30 km, sharqdan g'arbga qarab 3 km gacho'zilgan bir-biriga zid to'qayli va cho'lli bolimlardan iborat. Havo harorati quruqva tez o'zgaruvchan, eng issiq davr may-avgust oyigacha davom etib, harorat 41 -440 C darajagacha ko'tariladi, qishda havo harorati -20, -210C darajagacha tushadi. Hudud o'rmon o'simliklari bilanqoplanishiga qarab Osiyo cho'lli zonasi tarkibiga kiradi. Amudaryo qo'riqxonahududini katta va kichik bo'lgan orollarga bo'lib tashlangan.Qo'riqxona hududida 160 dan ortiq o'simlik turlari o'sadi, ulardan 2 turiO'zbekiston Respublikasi "Qizil kitob" iga kiritilgan. Qo'riqxonaning katta qismini tabiiy o'tlar bilan qoplangan maydonlar tashkiletadi. Yerning suv va tuz tarkibi o'zgarishiga qarab mazkur o'simiiklar hududi birbirini almashtiradi. To'qayzorlardagi o'simliklar sho'rlanishi yuqoriligi vaqurg’oqchilikka qarab moslashgandir. Uncha katta bo'lmagan hududda 11 turmanzarali, 29 tur shifobaxsh, 2 tur oshlovchi, 25 tur asal ajratuvchi, 39 tur yemxashakbop, 4 tur oziq-ovqatbop, 3 tur texnik va 4 turdagi zaharli o'simliklar o'sadi.Qo'riqxona hayvonot olamiga juda boy, qiziqarli va xilma-xildir. Qo'riqxona hududida 358 turdagi umurtqalilar oilasiga kiruvchihayvonot olami mavjud bo'lib, shulardan 27 turdagi baliqlar, 29 turdagiamfibiyalar va sudralib yuruvchilar, 267 turdagi qushlar, 35 turdagi sutemizuvchilardir.
Qizilqum qo`yi-(Ovis ammon) Qizilqum sahrosidagi yemirilgan tog` qoldiqlari va Usyurt tepaliklarida yashovchi tur. Uning yozda orqasi va ikki ton tomonidagi junlar jigarrang-qo`ng`ir tusda bo`ladi. Bo`ynining tagi, qorni oqish bo`ladi. Erkaklarining shoxlari katta va buralgan bo`ladi. Urg`ochilarining shoxlari kichkina, orqasiga qayrilgan va buralgan bo`lmaydi. Ular sero`t yassi tog`larda yuradi, dasht atroflaridagi baland tog`larda uchraydi. Bu qo`ylar erta saharda 10-11 gacha o`tlaydi, so`ngra dam olib yotadi. Urg`ochilari, bolalari hamda voyaga yetmagan erkaklari bilan yil bo`yi kichikroq poda bo`lib yuradi. Bolalari 4 yoshda voyaga yetadi. Urg`ochilari aprel-mayda bitta bola tug`adi.
Qizilqum-O`rta Osiyodagi qumli cho`l. Amudaryo va Sirdaryo oralig`ida (O`zbekiston, Qozog`iston, qisman Turkmaniston hududida) joylashgan. Shimoli-g`arbdan Orol dengizi, sharqda Tyanshan va Pomir-Olay tog` tizmalari bilan chegaradosh. Umumiy maydoni 300 ming km². Hududining ko`p qismi tekislik. Qizilqumda o`rtacha balandlik janubiy va janubi-sharqida 300 m, shimoli-g`arbida 53 m. Qizilqum hududidagi Sulton Uvays tog`i, Bo`kantog`, Yetimtog`, Tomditov, Quljuqtov va boshqalar past tog`lar yuvilib ketgan joy hisoblanadi. Vaqtinchalik oqar suvlar tog`lardan yuvib tushgan materiallar tog` etaklariga to`planib past tekisliklarni hosil qilgan. Ular tog`lardan uzoqlashgan sari pasaya boradi. Shuningdek, Qizilqum hududida qirlar (Beltov va boshqalar), yassi plitalar, berk botiqlar (Mingbuloq, Oyoqog`itma, Qoraxotin, Mo`lali va boshqalar) hamda qadimiy suvsiz daryo o`zanlari: Aqchadaryo, Janadaryo, Daryosoy, Quvonchdaryo, Mahandaryo va boshqalar mavjud. Qizilqumning markaziy qismida ko`pincha do`ng qumlar tarqalgan (ular ham o`simliklar bilan mustahkamlangan). Barxanlar nisbatan kam bo`lib, bular aholi yashaydigan joylar va quduqlar atrofida uchraydi. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq, qishi sovuq. Yanvar oyida eng past harorat –30, –31°, ayrim joylarda –34° bo`ladi. Eng yuqori harorat (iyulda) 46—49°. Qizilqumda yozda yer yuzasi qizib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |