Qayta tiklanadigan tabiiy boyliklar-
Qimiz-
Qimmatbaho metall-
Qir-atrofidagi yerlardan bir oz koʻtarilib turgan, yassi yoki salgina gumbazsimon balandlik, tepalik. Pasttekisliklarga nisbat qilib, mutlaq balandligi 200 m dan 500 m gacha deb qabul qilingan. Baʼzan bundan ham baland boʻlgan usti yassi past togʻlar ham qir deyiladi. Masalan, Oʻrta Rossiya, Volgaboʻyi, Qizilqum va Qoraqumdagi togʻlar. Qirlar baland tekisliklar, togʻlarning oqar suv, shamol, nurash natijasida yemirilishidan, tektonik koʻtarilishlar natijasida hosil boʻladi. Qirlardan Oʻzbekistonda chorva mollari uchun yaylov sifatida va bahorikor dehqonchilik qilishda foydalaniladi
Qirg`iy- (Accipiter nisus) dumi uzun, qanotlari qisqa bo`lgan yirtqich qush. Uning orqa tomoni qo`ng`ir, qorin tomoni esa ko`ndalangiga yo`l-yo`l bo`ladi. Bu qush har doim pastlab uchadi. Makiyoni naridan ko`ra yirik bo`ladi. Narining tana uzunigi 315-340 mm, qanotlari yozilganda 620-660 mm, makiyoniniki esa 370-410 va 710-780 mm bo`ladi. Narining og`irligi 120-280 g. qirg`iy Yevriopa, Afrika va Osiyoning katta qismida yashaydi. Qirg`iy chumchuq, to`rg`ay, qaldirg`och va mayda qushlar bilan oziqlanadi. Makiyoni esa zag`cha, kaptar, va qizilishtonlarni ham tutib yeydi. Qirg`iy boshqa yirtqich qushlardan farqli ravishda foydali qushlar bilan oziqlanadi.
Qirg`iziston- Qirg`iz Respublikasi O`rta Osiyoning shimoli-sharqida joylashgan davlat. Poytaxti — Bishkek shahri. Qirg`iziston BMTning a`zosidir. Mamlakat shimolida Qozog`iston, g`arbida O`zbekiston, janubi-g`arbida Tojikiston va janubi-sharqida Xitoy Xalq Respublikasi joylashgan. Qirg`iziston aholisi bugungi kunda 6 million kishidan ortiq. Uning 72,6 foiz qirg`izlar, 14,34 foiz o`zbeklar, 10,65 foiz ruslar va 8,31 foiz 5 foiz tojiklar boshqa turli millat vakillari tashkil qiladi. Umuman mamlakatda 80 dan oshiq millat va elat vakillari istiqomat qiladilar.
Qirg`ovul-qirgʻovulsimonlar oilasiga mansub qush. Tanasining uzunligi 85 sm, ogʻirligi 1,7–2 kilogramgacha bo`ladi. Modasi naridan kichik. Nari yorqin tusda, metalldek yaltiraydi. Modasi kulrangsargʻish bo`ladi. Oddiy qirgʻovulning 30 ga yaqin turi mavjud. Kavkazdan Yaponiyagacha boʻlgan joylarda tarqalgan. Oʻrta Osiyoda Kaspiyning janubi-sharqiy qismidan Issiqkoʻlgacha boʻlgan hududlarda uchraydi. Qirg`ovullar oʻrmon hamda ekin maydonlari atrofidagi, daryo va koʻl qirgʻogʻidagi chakalakzor toʻqaylarda yashaydi. Uyasini yerga yasaydi. 8—18 ta tuxum qoʻyib, 24— 25 kun bosadi. Ular urugʻ, meva, kurtak, hasharot, chuvalchang va mollyuskalar bilan oziqlanadi. Goʻshti va pari uchun ovlanadi. Qirg`ovul koʻpgina ovchilik xoʻjaliklarida koʻpaytiriladi. Koʻplab ovlangani sababli joylarda qirg`ovul soni kamayib ketgan. Biroq qirg`ovulga sharoit yaratilsa, sonini tez tiklash xususiyatiga ega. Yaponiyada yashil qirgʻovul tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |