Oliy o`quv yurtlari-
Olma- ko`pyillik daraxt yoki buta. Urug`li meva daraxti. Olma sovuqqa chidamli, yorug`sevar va namsevar, tuproq tanlamaydi, lekin unumdor tuproqlarda yuqori hosil beradi. Olma daraxti bo`yi 15 m gacha boradi. O`zbekistonda olma aprel oyida gullaydi. Mevasi, naviga qarab, iyun— oktabrda pishadi. Bir dona mevasi vazni 15 g dan 400 g gacha boradi. Mevasi yangiligida yeyiladi, qoqi, konserva, murabbo, jem qilinadi. Olma urug`idan hamda payvandlash, yo`li bilan ildiz bachkilaridan ko`paytiriladi. O`rta Osiyo mahalliy navlari — oq olma, qizil olma, Samarkand olmasi, Namangan olmasi, achchiq olma, qimizak olma, Xorazm olmalari guruhi va boshqa mahalliy navlari O`zbekistonning tuproq-iqlim sharoitiga moslashgan, issiqqa, sovuqqa chidamli. Mevasi shirin, ertapishar, sersuv va foydali.
Do'stlaringiz bilan baham: |