O`zbekiston milliy bog`i- Alisher Naviy nomidagi bog`. Bog` aholi madaniy dam oladigan ko`kalamzor maskan. Bog`da an`anaviy bayramlar va sayllar o`tkaziladi. Bu bog` dastlab 1938-yili yoshlar tashabbusi bilan hasher usulida bunyod etilgan. Ko`l ustiga ikkita yoysimon osma ko`prik o`rnatilgan. Bog`da Muqumiy teatrining yozgi binosi, qayiq bekati, 1940-yilda qurilgan Bolalar temir yo`li, attraksion va boshqalar bor. 1991-yil bog` maydoni kengaytirilib qayta qurildi. Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi munosabati bilan uning nomi berildi. Bog` o`rtasida ko`shk qurilgan bo`lib, tomi gumbaz bilan qoplangan. Gumbaz ustunlarga tayangan. Ko`sh o`rtasida bronzadan ishlangan 7 metrli Navoiy haykali o`rnatilgan. Atrofida “Xalqlar do`stligi” san`at saroyi, “Navro`z” restorani va boshqa binolar joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |