Nerv tolalari-
Nihol-
Nikel-(nemischa Nikel, lotincha Niccolum), Ni — Mendeleyev davriy sistemasiga kiruvchi kimyoviy element. Nikelni dastlab 1751-yilda shved kimyogari Nikel Kronstedt kashf qilgan va nom qo`ygan. Nemis kimyogari Nikel Rixter 1804-yil ancha toza Nikel olishga muvaffaq bo`lgan. Nikel kumush kabi oq, yaxshi yassilanuvchan yaltiroq metall. Birikmalardan ajratib olingan kukun holidagi Nikelning tusi qoramtir rangda bo`ladi. Nikel kimyoviy xossalari jihatdan temir va kobaltga, mis hamda asl metallarga o`xshaydi. 19-asrning 80-yillariga qadar Nikeldan faqat zargarlikda va tanga pullar tayyorlashda foydalanilgan. Yangi Kaledoniyada va Kanadada Nikel rudalariga boy konlar ochilib, po`latga Nikel qo`shilganida po`latning xossalari yaxshilanishi aniqlanganidan keyin Nikel ishlab chikarish sanoati keng rivoj topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |