Andijon viloyati- O`zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Farg`ona vodiysining sharqiy qismida joylashgan. Andijon viloyati 1941-yil 6-martda tashkil etilgan. Maydoni 4,2 ming kv. km. Aholisi 2196,0 ming kishi (2000)ni tashkil etadi. Andijon viloyatida 14 qishloq tuman, 11 shahar va 95 qishloq fuqarolari yig`ini bor. Markazi – Andijon shahri. Andijon viloyati hokimi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda viloyat xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqdanadi. Andijon viloyati Respublikada alohida ahamiyatga ega. Bugungi kunda Andijon viloyati muhim ishlab chiqarish markazlaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |