Atrofimizdagi olam-
Attraksion-(franssuzcha attraction – tortilish degan ma`noni bildiradi) madaniyat va istirohat bog`lari, bolalar saroylari, umuman ommaviy sayil joylarida ko`ngil ochish uchun o`rnatilgan qurilma (charxpalak, karusel va kema-arg`imchoq va boshqalar).
Avgust- lotinchaAugustus so`zidan olingan. Grigoriy taqvimida yilning sakkizinchi oyi. 31 kundan iborat. Rim imperatori Avgust nomi bilan atalgan.
Avlod-(arabcha valid – bola so`zining ko`pligi) umumiy ajdodlaridan qarindoshlik munosabatlari bilan bir xilda uzoqlashgan kishilar guruhi. Masalan, ota-onalar, farzandlar, nabiralar – ketma-ket kelgach 3 avlod deyiladi. Avlod ota va ona avlodlariga bo`linadi. Ota avlodiga amaki-amakivachchalar, amma-ammavachchalar, aka-ukalar va ulardan keying tarqalgan nasl, ona avlodiga tog`a-tog`avachchalar, xola-xolavachchalar va ularning tarqalgan nasllari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |