Inson turmush tarzining rivojlanishi yangi yangi kashfiyotlarning yartilishiga sabab bo`lmoqda



Download 412,53 Kb.
bet8/18
Sana29.12.2021
Hajmi412,53 Kb.
#77158
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
INFARMATIKA FANINING MAZMUNI VA UNING BUGUNGI

Lokal tarmoqning fayl-serveri va ishchi stansiyalariga qo‘yiladigan talablar.
Lokal tarmoqning fayl-serveriga qo‘yiladigan talablar. Novell Net Ware LHT ning asosiy bo‘g‘ini faylli server hisoblanadi. Unda tarmoq operasion tizimi, ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchilarning amaliy dasturlari joylashtiriladi. Shuning uchun fayl-server tarmoqdagi eng kuchli kompyuter bo‘lishi kerak, chunki butun tarmoqning unumdorligi va funksional imkoniyatlari unga bog‘liqdir.
Fayl- server sifatida tezkor xotirasining sig‘imi 16-32 Mbaytdan kam bo‘lmagan kompyuter bo‘lishi kerak. Fayl-server vinchesterining sig‘imi 1200-3000 Mbaytni tashkil etishi lozim.
Fayl-server ishining ishonchliligi tarmoq ishining ishonchliligini aniq belgilagani uchun qattiq diskdagi ma’lumotlarni adashtirish va yo‘qotishdan himoya qilish uchun maxsus choralarni ko‘rish kerak.
Lokal tarmoq ishchi stansiyalariga qo‘yiladigan talablar. Ishchi stansiya vazifasini bajaruvchi kompyuter foydalanuvchiga uning hamma amaliy masalalarini yechish imkoniyatini ta’minlashi kerak. Ishchi stansiyalarga talab fayl-servernikiga qaraganda oddiyroqdir. Foydalanuvchilarning ko‘pchilik qismini 8-16 Mbayt sig‘imli tezkor xotira va 650 Mbayt sig‘imli vinchester to‘la qondiradi.Agar ishchi stansiya faqat tarmoqli ishlash rejimiga mo‘ljallangan bo‘lsa, u holda unga, aslini olganda, vinchester ham, egiluvchan disklar ham kerak emas. Ishchi stansiyalarni disklarsiz ishlatish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunday stansiyalardagi operasion tizim ishchi tizim stansiyadagi tarmoqli plataga o‘rnatilgan doimiy eslab qoluvchi qurilmadan fayl-server boshqaruvi asosida masofadan turib yuklanadi. Shu bilan bir vaqtda disklarsiz ishchi stansiyalar asosida qurilgan LHT da fayl-serverga yuklama keskin oshib ketadi va stansiyada avtonom rejimda ishlash imkoniyati inkor qilinadi.

III-BOB. O`ZBEKISTONDA INTERNET VA KOMPYUTER TARMOQLARI

3.1. Tas-ix o`zimizning global tarmoq

Ko`pchligimiz Tas-IX haqida eshitganmiz. Uning ichida Internet bepul ekanligidan quvonganmiz. Ammo Tas-IX o`zi nima, degan savolga hamma ham aniq javob bera olmaydi.


Mana shu savolga oydinlik kiritish maqsadida biz ZiyoNET tarmog‘i resurs markazi xodimi Yevgeniy Sklyarevskiyga murojaat qildik.
- Yevgeniy Semyonovich, Internet olamida «sirli» atamalar ko‘p uchraydi. Shulardan biri – Tas-IX. Shu sababli, suhbatimizni Tas-IX atamasining ma’nosidan boshlasak.
- Albatta, texnik va ilmiy atamalar odamda dastlab ozgina cho‘chish va mavhumlik hissini uyg‘otadi. Lekin. Ma’nosini tushunib olganingizdan keyin «o‘zingizniki» bo‘lib ketadi. Tas-IX ham shunday. «Tas-IX» atamasidagi «Tas» qisqartmasi «Toshkent» ni anglatadi. Ya’ni Internet trafigi almashinuv nuqtasi yaratilishi haqida kelishuv qabul qilingan joy – Toshkent shahri. «IX» esa, ingliz tilidagi «Internet eXchange Point» – «Internet almashinuv nuqtasi» iborasidan olingan. Umumiy izohlaganda, Toshkentdagi Internet orqali ma’lumotlar almashinuv nuqtasi deb ta’riflasak bo‘ladi.
- Bunday nuqtani yaratish g‘oyasi qachon tug‘ildi? Unga nima turtki bo‘lgan?
- Bilasiz, dastlab Internetga ulanish Dial-up modemlar orqali amalga oshirilar edi. Bunda uzog‘i bilan 56 Kb/s tezlikni ta’minlash mumkin bo‘lardi. Keyinchalik, Internet texnologiyalari taraqqiy eta borgach, provayderlar ommaviy ravishda Internetga kengpolosali ulanishni taqdim eta boshladilar. Jumladan, 2004 yildan ADSL texnologiyasi keng ko‘lamda qo‘llanila boshladi. Ushbu texnologiya ham telefon simi orqali aloqaga asoslangan, lekin ADSL-modem ishlatilganda, ma’lumotlarni uzatish telefon signali «ustidan» o‘tadi, shu bois bir vaqtning o‘zida telefonda suhbatlashish ham, Internetdan foydalanish ham mumkin.
Shu tufayli foydalanuvchilar ishlatadigan trafik hajmi keskin kengaydi. Uning o‘sishi Uznetni dunyo bilan bog‘lab turuvchi tashqi kanalning cheklanganligiga borib taqaldi. Gap shundaki, Uznet ichidagi saytlarga ulanish ham tashqi kanal orqali amalga oshirilardi. Ustiga ustak, kanalni ikki barobar ko‘p – ham kirish, ham chiqishda band qilardi. Misol tariqasida aytsak, siz biror saytga murojaat yuborsangiz (kirmoqchi bo‘lsangiz), u sayt yurtimizdagi serverlarda joylashgan bo‘lsa ham, baribir tashqi xalqaro tarmoqqa chiqib, so‘ng yana ortga qaytib, kerakli saytga yetib borardi. Tashqi Internetga chiqish kanali hajmi esa, cheklangan. Shu tufayli, o‘zimizdagi saytlarga kirish ham sekin kechadigan bo‘lib qolgandi.
Mana shu vaziyat O‘zbekiston provayderlarining Uznet ichida trafik almashish nuqtasini yaratish uchun o‘z kuchlarini birlashtirishlariga sabab bo‘ldi. Maqsad – yurtimizdagi bir provayder (masalan, Sarkor) mijozlari boshqa mahalliy provayder (masalan, TPS)da xostingda turgan saytga tashqi kanal orqali emas, balki o‘zimizning trafik almashish nuqtamiz orqali kirishlarini ta’minlash edi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida, 2004 yil 24 oktyabrda Tas-IX tashkil topdi.
- Tas-IXning bugungi kundagi holati qanday? U foydalanuvchi talabiga qanchalik javob beradi?
- Tas-IXning dastlabki ishtirokchilari mamlakatimizdagi beshta provayder bo‘lgan. Hozirda esa, ularning soni 30 nafarga yaqinlashib qoldi. Shuni ham aytish kerakki, o‘tgan sakkiz yil ichida Uznet ma’lumotlar bilan boyidi. Har qanday qiziqish, har qanday maqsadlardagi foydalanuvchi uchun manfaaatli saytlar yaratildi. Natijada, 2004 yilda provayderlar faoliyatida tashqi trafik 95 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirda ko‘pgina foydalanuvchilar haftalab o‘zimizning saytlar bo‘ylab «sayohat» qiladilar, tashqi Internetga chiqmaydilar. Chunki o‘zimizda ham ko‘plab yangi resurslar, ayniqsa yoshlar uchun ko‘ngilochar saytlar paydo bo‘ldi. «Og‘ir» kontentlar – filmlar, musiqa ko‘paydi, ularni katta tezlikda yuklab olish mumkin bo‘ldi. Ko‘plab qiziqarli tematik, shaxsiy, koporativ saytlar, bloglar, ijtimoiy tarmoqlar yuzaga keldi.
Deyarli barcha provayderlar Tas-IX dagi saytlarga kirishni tarifga qo‘shmaydilar, bu xizmatni bepul taqdim etadilar. Uznetdan tashqariga chiqilmasa, ma’lumotlardan bepul va maza qilib uzoq foydalanish mumkin.
- Ochig‘ini aytganda, mana shu oxirgi gapingiz juda qiziqtirib qo‘ydi. Endi faqat Uznet saytlaridan foydalanishga harakat qilaman. Lekin, bilishimcha, .uz domenidagi hamma saytlar ham Tas-IXga kirmas ekan. aytingchi, biror saytning Tas-IXda joylashganligini qanday bilsa bo‘ladi?
- Darhaqiqat, sayt .uz domenida bo‘lsa, demak Tas-IXda bo‘ladimi, deb ko‘p so‘rashadi. Aslo bunday emas. .uz domenli saytda bizda joylashgan bo‘lishi ham, shuningdek, Rossiya, germaniya, AQSh yoki boshqa xorijiy davlatda bo‘lishi ham mumkin. Shu bilan birga, boshqa domen nomlariga ega saytlar Tas-IXda joylashishi ham mumkin, bunga http://uznet.asia misol bo‘ladi. to‘g‘ri, ba’zi davlatlarda bu borada qat'iy cheklovlar bor. Masalan, Qozog‘istonda .kz domenli saytlar faqat Qozog‘iston ichidagi xostinglardan foydalanishi belgilab qo‘yilgan qonun qabul qilingan.
Siz kirmoqchi bo‘lgan sayt Tas-IXda joylashganmi yoki yo‘qligini bilish uchun turli xil xizmatlar mavjud. Ularning eng birinchisi va mashhuri TPS provayderida bo‘lib, http://www.tps.uz/tasix manzilida joylashgan. Ushbu sahifadagi darchaga sayt manzilini yozsangiz, darhol sayt Tas-IXda yoki tashqi Internetda joylashgani haqida javob chiqadi. Agar Tas-IXda joylashgan bo‘lsa, bemalol kirishingiz mumkin, hisobingizdan pul yechib olinmaydi.
www.uz Top-reytingida ham Tas-IXda joylashgan saytlar ko‘rsatib qo‘yilgan – ular alohida belgilab qo‘yilgan.
- Keyingi savolim yangi sayt yaratayotgan yoshlarimizga tegishli. Sayt ishlab chiqilgach, uni joylashtirish masalasi ko‘ndalang bo‘ladi. Bu borada siz qanday maslahat berasiz, Tas-IX mi yoki, har qalay, chet eldagi serverlarmi?
- Biz o‘z saytlarini tashkil etayotgan yoshlarga Tas-IXda joylashtirishni maslahat bergan bo‘lardik. Buning bir necha sababi bor. Birinchidan, hali aytganimizdek, saytga kirish O‘zbekiston aholisi uchun bepul bo‘ladi. Ya’ni tashqi tarmoqda siznikiga o‘xshash resurs bo‘lsa ham, foydalanuvchilar sizning saytingizga kirishni moliyaviy jihatdan ma’qul deb topishadi. Ikkinchidan, Tas-IX ichidagi tezlik tashqi kanaldagiga qaraganda ancha katta. Bu ham foydalanuvchilarni jalb qiluvchi asosiy omil. Uchinchidan, tashqi kanal ba’zida «tushib» ketadi va tashqi saytlarga kirib bo‘lmay qoladi. Ichki resurslar esa, muntazam faoliyat yuritadi.
Agar sayt o‘zbek tilida bo‘lsa va yurtimiz aholisi uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, bunday saytni o‘zimizning trafik almashish nuqtamizdan tashqarida joylashtirish umuman noma’qul ish bo‘ladi, deb o‘ylayman.
Endi bevosita serverlarga kelsak, Uznetda saytlarni joylashtirish (xosting) bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi bir qancha provayder bor. Biz DC.uz Datamarkaziga e'tibor berishni tavsiya etgan bo‘lardik. U yaxshi himoyalangan, kuchli qo‘riqlanadigan, harorat nazoratiga ega bo‘lib, tun-u kun monitoring qilib turiladi. Eng muhimi esa, nisbatan arzon – boshlovchilar uchun mo‘ljallangan birinchi tarif rejasida 50 Mb gacha joy beriladi va bu oyiga atigi 3000 so‘m turadi. Chunki ushbu markazning maqsadi foyda ko‘rish emas, Uznetni mazmunan boyitishdir. Biz yoshlardan yangi loyihalar kutib qolamiz!


Download 412,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish