Inson sha’ni, avvalo, o’zini himoya qilish, o’z qadrini bilishdan boshlanadi. Shu ma’noda, xalqning o’zini qadrlay bilishi g’oyat muhimdir



Download 20,78 Kb.
bet1/2
Sana08.07.2022
Hajmi20,78 Kb.
#756251
  1   2
Bog'liq
Inson sha

Inson sha’ni, avvalo, o’zini himoya qilish, o’z qadrini bilishdan boshlanadi. SHu ma’noda, xalqning o’zini qadrlay bilishi g’oyat muhimdir. CHunki “ o’zini qadrlaydigan xalq hech qachon taqdirini birovga bog’lab qo’ymaydi “. O’zini bilgan odam Vataniga xiyonat qilmaydi. Uning qalbida el – yurtiga xiyonat qiluvchi oriyatsiz kimsalarga nisbatan cheksiz nafrat yashaydi. - Milliy g’urur, milliy iftixor har qanday ishimizning poydevori bo’lmog’i kerak. Bu muqaddas g’oyalar, millati va e’tiqodidan qat’i nazar, shu yurtda, shu zaminda yashayotgan har bir inson, har bir fuqaroning hayotiga, ongiga singmog’i, har birimiz uchun eng katta tayanchga, eng katta ishonchga, boringki, haqiqiy iymonga aylanishi kerak ”.


O’zbekiston xalqining tub manfaatlari: mamlakat mustaqilligi, yurt tinchligi, millatlararo totuvlik, fuqarolar o’rtasida o’zaro hamkorlik, mamlakat aholisi va har bir oila, mahalla – kuyning farovonligini ta’minlashdan iboratdir.
Tarixga nazar tashlasak, buyuk shaxslarning faoliyati mohir tashkilotchilik, teran bilimlilik bilangina emas, balki ularning axloqi va odobi bilan ham yuksak ma’no – mazmun kasb etgan. Odoblilik boshqalarnigina emas, o’zini ham hurmat qilish deganidir. Ayniqsa, bizning milliy an’analarimizga ko’ra, insonning komilligi, avvalo, uning axloqiy yetukligida, ajdodlar merosini chuqur o’rganib, uni boyitish, katta – kichikka ehtirom ko’rsatish borasidagi harakatlarida ko’zga ko’rinadi. Komillik darajasini har kim o’zicha belgilay olmaydi. Komillik har bir shaxsning o’zidan ko’ra boshqalarga yaxshiroq ma’lum bo’ladi. Komil inson – qullik, mutelik, boqimandalikdan batamom xalos bo’lgan inson. CHunki inson birovga quldek ergashsa, demak ijtimoiy jihatdan u xech narsaga erishmagan bo’ladi. Komil inson o’z maslagi, Vatani, xalqi manfaatlariga yot, zararli g’oyalarni tarqatayotgan kimsalar ortidan ko’r – ko’rona ergashib ketavermaydi, ogoh va faol bo’ladi.
Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida ustoz, muallim, o’qituvchi zimmasiga eng muhim vazifa - jamiyat kelajagi bo’lgan yoshlarni tarbiyalash, ilm berish vazifasi yuklatilgan. Hatto ibtidoiy jamoa tuzumidayoq yoshlarni tarbiyalash muassasalari tashkil etilib, ularda tajribali, hayotni ko’rgan oqsoqollar bolalarni tarbiyalaganlar. O’qituvchilik kasbining paydo bo’lishi tarbiyaning kelib chiqishi bilan bog’liqdir.
Ibtidoiy kishilarning mehnat faoliyati va bunda tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar tarbiyaning vujudga kelishi uchun asosiy shart bo’ldi. Inson mehnat qurollari tayyorlay boshlagan davrdan boshlab kishilik jamiyati paydo bo’ldi. Eng oddiy mehnat qurollarini qo’llash va ularni ongli ravishda tayyorlashning toboro kengayib va murakkablashib borishi yosh avlodga mehnat bilimlarini, ko’nikma va tajribalarini berish zaruratini tug’dirdi.
Dastlab bu hol mehnat faoliyati jarayonida va butun ijtimoiy hayot quynida ro’y berar edi. Keyinchalik tarbiya inson faoliyati va ongining alohida sohasiga aylandi.
Yangi tug’ilgan bolani jamoadagi keksalar, oqsoqollar boqardilar. Matriarxat taraqqiyotining oxirlarida bolalarni tarbiyalash uchun yoshlar uylari paydo bo’lib, ularda urug’ oqsoqollari bolalarga tarbiya berganlar. Quldorlik davrida esa quldorlarning bolalari uchun maxsus maktablar tashkil etilgan. Qadimgi Yunonistonda bolalarga bilim beradigan kishini «didaskal» («o’qitaman», «o’rgataman» so’zidan olingan) deb ataganlar. Bolalarni maktabga qullardan biri boshlab borgan yoki sayrlarga olib chiqqan bunday tarbiyachi «pedagog» («payne»- bola, «agogeyn»- yetaklamoq so’zidan olingan) deb atalgan. Bu tushunchalar hozirda ham o’qituvchiga nisbatan ishlatiladi, lekin uning mohiyati boshqacha ahamiyat kasb etadi.
Har bir jamiyatda ham pedagog, o’qituvchi, tarbiyachilarga yoshlar murabbiysi sifatida katta hurmat bilan qarab kelingan. Ayniqsa, bizning mustaqil yurtimizda o’qituvchiga hurmat-e’tibor va unga quyilgan mas’uliyat ham nihoyatda oshib bormoqda. Bu o’rinda Respublikamizda 1 oktabrni «Ustoz va murabbiylar kuni» deb e’lon qilinganligini ta’kidlab o’tish joiz.
Ma’lumki, "shaxs va davr" yoki "davr va shaxs" munosabati muammolari tahlilida uchta holat bo’lishi mumkin:

Birinchidan, shunday shaxslar bor - ular davr bilan hamnafas, o’zi yashagan zamonning yalovbardori sifatida namoyon bo’ladi.


Ikkinchi toifa shaxslar o’z davrining ruhi, maqsad va vazifalarini anglay olmaydi, ya’ni zamondan orqada qoladi.
Uchinchi toifa insonlar yetakchilar sanalib, ular voqelikdan o’zib ketadi, ayni paytda o’z davrining ruhini chuqur his etadi va anglaydi. Bunday shaxs hayotiy qarashlari, g’oyasi va faoliyat yo’nalishida kelajakni ko’ra oladi.
O’qituvchi shunday yetakchilik xususiyatiga ega bo’lgan, ma’naviyati yuksak shaxs bo’lishi va shunday shaxsni tarbiyalashi lozim. Shaxsning ma’naviy olami yuqori bo’lsa, tabiiy ravishda bu uning amaliy faoliyatida ham o’z ifodasini topadi, uning g’oyalari jamiyatga singadi.
Shunday qilib, milliy dasturdan ko’zlangan maqsadlar juda ko’p. Avvalo, bu maqsad va vazifalarning to’la amalga oshishi mamalakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy muhitning o’zgarishiga olib keladi, jamiyatda yangi shaxs- komil insonlar vujudga keladi.
Xuddi shunday jamiyatimizning Milliy dasturda ko’zlagan maqsadlarga erishishi ta’lim-tarbiya tizimidagi ishlar samarasiga va avvalo, o’qituvchiga ham bog’liqdir. O’z davrining ruhini chuqur anglagan, kelajakni ko’ra bilgan shaxslarni tarbiyalash o’qituvchi tarbiyachilarning bosh vazifasidir. O’qituvchi va o’quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o’rnini ongli intizom egallashiga erishmog’imiz darkor. O’qituvchining bosh vazifasi: o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat. Ularda tafakkur qirralarini shakllantirish va rivojlantirish eng muhim ta’limiy tarbiyaviy ish bo’lib hisoblanadi.
Yurtimizda ta’lim-tarbiya islohatining zarurligi va muhimligi mustaqillik davrlarining boshida zarur ekanligi anglab yetildi. 1997 yil Oliy Majlis IX sessiyasida ta`kidlanganidek shu vaqtgacha amalga oshirilgan tadbirlar talabga javob bermayotganligini, eski sho’rolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan to’liq qutila olmaganligimiz, ikkinchidan, o’zgarishlar yuzaki bo’lib, ta’lim-tarbiya va o’quv jarayonlarining tarkibini, bosqislarini bir-biri bilan uzviy bog’lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarini yechib bermaganligi, uchinchidan, bizning amaldagi ta’lim-tarbiya tizimimiz bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi... kabilar ham bu islohatni zarurligini ko’rsatdi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust) da "Ta’lim to’g’risida" gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi. 2020 yil 24 sentabrda yangi tahrirdagi “Ta`lim to`g`risidagi Qonun” qabul qilindi. Bu qonun hujjatlariga asosan respublikamizda ta’lim - tarbiya tizimini tubdan o’zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko’tarish, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishning qonuniy asoslari belgilab olindi. Bu borada bir qancha ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.
Ta`lim to`grisidagi qonunda quyidagi g’oyalarni ilgari surilgan:
1. Maktablarning moddiy bazasini mustahkamlash;
2. Bilimli, mahoratli tarbiyachi o’qituvchilarni tayyorlash, ularning hayotiy talablarini qondirish;
3. O’quv jarayoniga tegishli bo’lib boshlang’ich sinflarda va undan keyingi bosqichlarda o’qiyotgan bolalarga qaysi sinfda nimani o’qitish maqsadga muvofiqligini ilmiy nuqtai nazardan asoslash;
4. Boshlang’ich ta’limga ikkinchi darajali ish deb qaramaslik, chunki bolaning dunyoqarashi, didi salohiyati shakllanadigan boshlang’ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylar biriktirib qo’yilishiga katta e’tibor berish.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach ijtimoiy tuzum o’zgardi. Ijtimoiy tuzumning o’zgarishi shu tuzumning maqsadi, vazifalariga mos keladigan va uni amalga oshiradigan kadrlar tayyorlash vazifasini qo’ydi. Demak, ta’lim - tarbiyaning tashkiliy - uslubiy asoslarini yaratish davr talabi bo’lib qoldi.


Download 20,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish