Bog'liq Inson salomatligi va zararli odatlar. Giyohvandlik va toksikomaniya.
Alkogolizmga qarshi kurash. Tabiy savol beriladi? Qachonlardir alkogolizmga qarshi kurash olib borilganmi: bunga ishonch bilan ha deb javob berish mumkin. Ichkillikbozlikka qarshi dastlabki qonunlar juda qadim zamonda bizning eramizdan avval qabul qilingan. Bu qonunlardan biri shox Hammurapi tomonidan chiqarilgan, Bu qonunda shunday deyilgan «Vino sotuvchi ichkilikbozlar bilan xonada janjal ko’tarsa, ularni tartibga chaqirish xonasiga olib kirmasa u javobgarlikka tortiladi va o’lim jazosiga hukm qilinadi.Bizning eramizdan avval 1220 yilda Xitoy imperatori Vu Veng mast odam otilishga hukm yetilishi haqida qonun qabul qilgan. Qadimgi Gretsiya haramlarini asrovchilar va yashovchilar spirtli ichimliklar sotiladigan yerga kirishlari man etilgan, aks xolda ularni olovda yondirishgan. Spartadada yoshlarni salomatligi haqida qayg’urishgan, ularni mastbozlikdan himoya qilishgan. Rimliklarning qonuniga binoan 30 yoshgacha ichish man etilgan. Chunki, shu davrda odam voyaga etadi, oila quradi. To’y va marosimlarda kelin kuyovga vino berilmagan. U zamonnig yuqori tarbiyali kishilari mastlikni zarar haqida ogohlantirishgan. Aristotel va Gippokratlar mastlik ixtiyoriy tentaqlik, aqlsizlik deb bilganlar. «Pianistadan pianista dunyog’a keladi» deyilgan. Xitoyda juda pianista odamni o’lim jazosiga buyurilgan. Hindistonda pianista odamning og’ziga qaynagan vino qo’yilgan. Angliyada pianista odamlarga latta boylab unga pianista deb yozib qo’yilgan. Shvetsiyada ichkilikbozni boshini kesishgan. Birlashgan Arab davlatida, Emiratlarda alkogolik ichkiliklarni ichish butunlay taqiqlangan. Spirtli ichimlik ichgan musulmon 40 darra urilgan. Musulmon bo’lmaganlarga 750 funsterling jarima solingan.Chet elliklar ichsa 3 oydan 6 oygacha qamoqa, ichimlik sotganlarga bir yilgacha qamoq jazosi qo’llangan. Rossiyada birinchi marta ichkilikbozlikka qarshi choralar ko’rilgan. 1652 yilda 1 haftada 4 marta spirtli ichimlik sotshiga ruxsat berilgan. Pyotr 1 mast odamlarni tayoq bilan urdirgan chuqurga tushirgan. Ichkilikbozlik bilan qamalgan odamning bo’yniga (6 kg 800g) medal osib qo’ilgan. Bu medalga «pianistaligi uchun» deb yozib qo’yilgan. Yuz yil avval Samara gubernasida qadimgi odat saqlangan edi. Pianista odamga ruslar machitida duolar o’qish, xor bo’lib ashula aytish man etilgan. O’lgan odamni daryog’a tashlab yuborishga o’rmonga tashlab qo’yishgan.XIX asrda Angliyada (1808) yilda birinchi marta alkogolga qarshi turli tashkilotlar tuziladi. XIX asrning 30 yillarida Ovropada ham alkogolga qarshi harakatlar kuchayib ketadi. Germaniya, Irlandiyada hushyorlar jamiyati tuziladi. 1914 yilda Shvetsiyada alkogolni faqat oila boshlig’i sotishi haqida farmon qabul qilindi.1917 yilda AQSh da ichmaslik haqida qonun qabul qilinadi. Lekin 1932 yilda bu qonun bekor qilindi. 1919 yilda Rossiya territoriyasida spirtli ichimliklarni uyda tayorlash, uni sotishni man yetish haqida farmon qabul qilinadi. 1928 yilda alkogolizm bilan kurashish haqida Farmon qabul qilinadi. 1972 yilda «ichkilikbozlik va alkogolizmga qarshi kurashish haqida farmon qabul qilinadi. 1985 yilda O’zbekisgon Respublikasining Prezidiumi «Ichkilikbozlik va alkogolizmga qarshi kurashish va spirtli ichimliklarni uyda tayorlashni oldini olish haqida» farmon qabul qilgandi. Bu farmonda jamoat joylarda spirtli ichimliklarni ichish man etilgan.
Voyaga etmagan bolalarni ichkilikka o’rgatgan odamga yirik miqdorda jarima yoki 5 yil ozodaliqdan mahrum etish ko’zda tutilgan.
Avtomobil haydovchilar uni haydayotganda ichgan bo’lsa katta jarima yoki bir yildan 3 yilgacha haydash huquqidan mahrum etiladi. Mast odamni transport haydashga ruxsat bergan odamga 10 karra oyligidan jarima solinadi. Agarda haydovchi qayta mast xolda transportni boshqarsa bir yil ozodlikdan mahrum etiladi.