Inson resurslarini boshqarish fakulteti axborot texnalogiyalari fanidan mustaqil ish



Download 65,46 Kb.
bet2/11
Sana31.12.2021
Hajmi65,46 Kb.
#254442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MUSTAQIL ISH

Axborot - lotincha “information” so’zidan olingan bo’lib tushuntirish, biror narsani bayon etish yoki hodisa haqida ma’lumot ma’nosini anglatadi. Axborot aniq va amalda ishlatiladigan xabar.

Savol: Qanday sezgi organlarimiz mavjud? Javob: ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, sezish. Savol: axborot tizimi nima?

Javob: Axborot tizimi belgilangan maqsadga erishish uchun axborotlarni shakl va mazmuniga ko’ra turlarga ajratish, ularni saqlash, izlash va qayta ishlash prinsiplari, qayta shlashda qo’llaniladigan usullar, shaxslar hamda vositalarning o’zaro bog’langan majmui.

Savol: axborot tizimlarining qanday ta’minoti mavjud?

Javob: texnik, matematik, dasturiy, axborot, tashkiliy, huquqiy.

Savol: Informatika faning asosiyvazifasi nimadan iborat?



Javob: Informatikaning asosiy vazifasi – axborotni qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish hamda ularni amaliyotda qo’llashdan iborat. Texnologiya - grekcha tildan tarjima qilinganda san'at, mahorat haqidagi ta'limot kabi ma'nolarni bildiradi. “Texnologiya – ishlov berish, holatni o’zgartirish san'ati,mahorati, malakasi va metodlar yig’indisi”. Axborot texnologiyalarining maqsadi inson taxlil kilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir xatti-harakatni bajarish bo’yicha qaror qabul qilishdir. Axborot texnologiyasi obekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti) ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma'lumotlarni to’plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir. Bundan tashqari, axborot texnologiyasining asosiy maqsadi - axborotni saqlash va uzatishni tashkil etish. Axborot tizimi axborotni qayta ishlashning axborot-kompyuter tizimini o’zida ifodalaydi. Axborot tizimi – o’z tarkibida kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, axborot va dasturiy ta'minot hamda odamlarning birgalikdagi faoliyat yuritish jarayonini aks ettirib, u iste'molchi uchun axborot ishlab chiqarishni o’z zimmasiga oladi. Axborot tizimlarining asosiy vazifasi hodisa va jarayonlar kechishini boshqarish imkoniyatlarini yaratishdan iborat. Shuningdek, axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiqarilgan boshqariluvchi jarayonga maqsadli ta'sir ko‘rsatadi.Ta'lim – tarbiyada axborot tizimlarining asosiy vazifalari – bu o’rganilayotgan ob'ektga tegishli barcha axborot resurslarini eng maqbul boshqarish usullari yordamida iste'molchiga kerakli bo‘lgan axborotlarni ishlab chiqish va ulardan ta'lim ob'ektni boshqarishda foydalanish uchun axborotli va texnikaviy ta'minot muhitini yaratishdir. Axborot texnologiyalari – jarayonlarni boshqarishdagi asosiy manba bo’lib hisoblanadi. Tayyorlangan ma'lumotlarni tizimga ajratish va qayta ishlash hamda kerakli maqsadlar bo’yicha qayta ishlangan ma'lumotlarni uzatishni o’z ichiga oladi. Axborotlashtirish faqatgina fan va texnika yutug’i bo’lmasdan, balki ular ta'lim, tarbiya, san'at, tibbiyot, iqtisodiyot, qishloq xo’jaligi, sanoat va shu kabi sohalarning rivojlanishida ham doimo muhim omil bo’la oladi. Zamonaviy hisoblash texnikasi va aloqa vositalari asosida axborotlarni to’plash, saqlash va kerakli manbalarga uzatishning zamonaviy usullari, ya'ni kompyuterlashtirilgan usullarigacha rivojlanib boraveradi. Axborot texnologiyalarining paydo bo’lishi, bu sohadagi ishlarni jonlantirib yubordi, ya'ni endigi hayot nafaqat axborotlar, axborot texnologiyalari, balki axborot tizimlarini yaratishni taqozo etib qoladi va ulardan bilim bazalari, vazifalar, mantiqiy xulosalarni yechuvchi mashina kabi xizmat tizimlarini ham o’z ichiga olishini talab qilmoqda. Bu talablarni hal qilish esa ijtimoiy islohotlarga bog’liqdir. Insoniyat jamiyati ba'zi bir murakkab masalalarni yechish, odamlarni ma'lum bir jamoaga to’plashni talab etadi. Bu maqsadda mukammalroq tizimlar inson muloqotining o’rnini bosa olmaydi, lekin axborot texnologiyalari ular ishtirokining samarasini oshirishga va ijodiy faoliyatni avtomatlashtirishga imkon yaratadi. Inson shaxsining o’z-o’zini boshqarish va ta'lim jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlar juda muhim hisoblanadi. Ayniqsa, ma'lumotlar asri bo’lgan 20-asrda va har bir alohida ma'lumotning qadrqimmatini oshishi bashorat qilingan.


Download 65,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish