4.Axborot xizmati turlari
Axborot xizmati bilan OAV xodimlarining umumiy vazifalari bor. Bular: axborot to’plash va tarqatishdir. Bu jihatdan ularni raqobatdosh, deyish ham mumkin. Faqat, bu vazifalarni ular turli usullar bilan amalga oshiradi. OAV xodimlari har doim hayot bilan hamqadam bo’lib, eng zarur axborotlarni to’plashga va ularni tezkorlik bilan tarqatishga harakat qiladilar. Axborot xizmati esa o’rni kelganda shunday tezkorlik bilan tarqatishi mumkin (masalan, saylovlar davrida Markaziy saylov komissiyasi Axborot xizmati o’ta tezkorlik, hozirjavoblik bilan muhim axborotlarni tarqatadi). Boshqa paytlarda ko’proq vazminlik, sermulohazalik bilan ish yuritishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, Axborot xizmati tashkilotning ma’lumotlarini aniq, asosli, muhim jihatlarini tahlil etgan holda taqdim etishi talab etiladi. Axborot xizmatining o’ziga yarasha boshqa vazifalari (funksiyalari) ham bor, albatta. Bular tashkilotning jamoatchilik bilan aloqalarini yo’lga qo’yish bilan bog’liq vazifalardan. Jamoatchilik bilan aloqalar (ya’ni, PR) Axborot xizmatining nazariy asoslaridan biri hisoblanishi haqida yuqoridagi mavzularda batafsil to’xtalgan edik. Yana shuni eslash o’rinliki, nazariyotchilar fikricha, PRning 500 dan ortiq talqini bor. Soha mutaxassisi Georgiy Pochepsov bu masalaga shunday oydinlik kiritgan: “Bizda PR xizmati emas, aynan axborot xizmati, deb atash maqsadga muvofiqdir”. Demak, amaliyotda “PR xizmati” va “Axborot xizmati” atamalarini sinonim sifatida ham qo’llashimiz mumkin. Modomiki, PR xizmati va Axborot xizmatini uyg’un holda tushunish mumkin ekan, ularning prinsiplari ham bir-biri bilan chambarchasdir. Bu prinsiplarni amerikalik olimlar Dag Nyusom, Alan Skott, Jady Vanslayk Turk “PR: jamoatchilik bilan aloqalarning samaradorligi” kitobida keng sharhlaganlar. Nazariy va amaliy jihatdan qaralganda ushbu prinsiplar Axborot xizmati faoliyatida muhim o’rin tutadi. Ya’ni: Axborot xizmati xodimi jamoatchilik bilan aloqalar jarayonida har bir faktning aniq va to’g’riligini bilishga erishishi lozim. Jamoatchilik bilan aloqalardan asosiy maqsad, idoraviy manfaatlar emas, jamoatchilik manfaati. Axborot xizmati xodimlari faqat idora manfaatlarini ko’zlab ish qilsalar, jamoatchilik e’tiboridan tushib qolishadi. So’ng, jamoatchilik ularni hech qachon qo’llab-quvvatlamaydi, faoliyati bilan qiziqmaydilar va ular bilan aloqada bo’lmaydilar. Birinchi o’rinda jamoatchilik manfaatlarini o’ylash kerak.
O’shanda ham bu idora o’z maqsadiga to’liq erishmaydi. Chunki, jamoatchilik shu idoraning axborotini eshitadi, qabul qiladi va shu informatsiya doirasida ish qiladi.
Jamoatchilik bilan aloqalar o’rnatayotgan tashkilot o’z faoliyati davomida shunday ish qilishi kerakki, uning dasturlari jamoatchilikda katta qiziqish uyg’otsin. Axborot xizmati jamoatchilikka shuni ko’rsata olishi kerak. Ya’ni, jamoatchilik shu tashkilot faoliyatiga qiziqsagina unga e’tibor beradi. Aks holda, u haqda yetarlicha axborot yoki ma’lumotga ega bo’lmasa, jamoatchilik unga e’tibor qilmay qo’yadi. Axborot xizmati xodimlari butun faoliyatlarini OAV bilan hamkorlik asosida yo’lga qo’yishi zarur. Ular OAV xodimlariga hech qachon noto’g’ri, ishonchsiz ma’lumot bermasligi lozim. Agar radio, televideniye yoki gazetaga xato ma’lumot bersa, bundan juda katta zarar ko’radi. Har qanday axborotga auditoriya birdan tushunmasligi mumkin. Auditoriyada kimdir eshitadi, kimdir quloq solmaydi, kimdir noto’g’ri tushunadi, kimdir tushunishni ham istamaydi. Shuning uchun Axborot xizmati xodimi muloqotni ikki tomonlama tashkil etishi kerak. Ya’ni, biror axborot tarqatildimi, uning natijasi bilan qiziqishi zarur. O’sha axborotni jamoatchilik tushunib oldimi? Tushungan bo’lsa, qay darajada his etdi? Kerak bo’lsa, so’rov o’tkazish, joylarga borib, uchrashuvlar uyushtirish, odamlar bilan yuzma-yuz suhbatlashish lozim. Xatlar orqalimi, telefon yoki boshqa vositalar yordamidami, baribir, atroflicha o’rganishi kerak. Jamoatchilik fikrini o’rganish ilmi va amaliyotini Axborot xizmati xodimi yaxshi bilishi taqozo etiladi. Axborot xizmati jamoatchilik bilan aloqalarni yo’lga qo’yar ekan, shu aloqa samarali bo’lishi uchun jamoatchilikning ijtimoiy fikrini muttasil o’rganib borishi kerak. Axborot xizmati xodimi ijtimoiy fikrning ichiga kirib borishi zarur. Odamlar nima haqida o’ylayapti, ularning faoliyati haqida qanday fikrlarga ega va hokazolar haqida aniq bilishi darkor. Keng auditoriya turli toifa kishilaridan iborat bo’lishi mumkin, ya’ni, maktab o’quvchilari, talabalar, ziyolilar, ishchilar, dehqonlar va boshqa kasb egalari. Ularning saviyasi, tushunish darajasi har xil bo’ladi. Axborot xizmati xodimi hammaga tushunarli, ommabop so’zlar, iboralar bilan xalqona tilda gapirishi, axborot tarqatishi zarur. Bu jarayonda har bir auditoriyaga mos ravishda so’z yuritish ijobiy samara beradi. Auditoriyani ilmiy jihatdan puxta o’rgangan kishi amalda unga mos muomala qiladi. Axborot xizmati sohasida faoliyat ko’rsatgan kishi katta ishonchga sazovor bo‘ladi. Bu jamoatchilikning ijtimoiy vaziyati ilmiy tadqiq etilgan,
sinalgan usullar bilan o’rganish hosilasidir. Sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya usulla hamda boshqa fanlar bilan jamoatchilikni va ijtimoiy vaziyatni o’rganib, o’sha to’plagan bilim va tajribalari asosida harakatlar dasturini yaratishi mumkin. Bu borada xayolparastlik, parishonxotirlik qilish, har xil his-hayajon va boshqa havoyi gaplar ketmaydi. Aniq ilmiy yondashuv kerak. Buning uchun eng avvalo jamiyatni, jamoatchilik fikrini o’rganish shart. Jamoatchilik bilan aloqalar shunday murakkab fanki, unda tarix, falsafa, sotsiologiya, pedagogika, siyosatshunoslik, etika, estetika va hokazo fanlar mujassamdir. Mazkur fanlar bir-biri bilan juda chambarchas. Demak, Axborot xizmati xodimlari birinchi galda sohaga oid fanlarni ham puxta bilishi lozim. U kamida to’rt-besh sohani bilishi talab etiladi. Aks holda u Axborot xizmati xodimi, shu sohaning mutaxassisi bo’lishi juda qiyin. Jamoatchilik fikrini o’rganish uchun eng avvalo odamlarni nimalar qiziqtirishini kuzatish zarur. Xo’sh, odamlar qanaqa axborotlarga qiziqadi? Bu masalada, kerak bo’lsa, Axborot xizmati xodimining o’zi jamoatchilikda biror fikr uyg’otishi mumkin. Fikr uyg’ondimi, endi u odamlarning fikrlari bilan yanada boyiydi. Axborot xizmati xodimi boshqaruv tizimi, funksiyalari va boshqa jihatlarini bilishi lozim. Jamoatchilik bilan aloqalarning muhim yo’nalishlaridan biri bu – ijtimoiy tafovutlarni aniq bilish zarur. Ijtimoiy inqirozlarning oldini olish, imkon qadar o’sha inqirozlarga yo’l qo’ymaslik lozim. Axborot xizmati rahbari – tashkilot rahbarining Matbuot kotibi hisoblanadi. Uning vazifalari juda ko’p. Birinchi galda u madaniyatli, odobli, xushmuomala bo’lishi zarur. Har qanday vaziyatda ham odamlarni tushunishga harakat qilishi lozim. Shu tariqa u jamoatchilik qalbiga yo’l topa oladi. Qalbiga yo’l topilgan odamlarning fikrini o’rganish mushkul bo’lmaydi. Nazariyotchi Dmitriy Olshanskiy yozganidek, “jurnalist piarmen uchun ta’sir o’tkazishning eng samarador yordamchisi, vositachisi va shu bilan birga uning yaqin do’stidir”. Axborot xizmatining muhim vazifalaridan biri – ijtimoiy fikrni o’rganib borish va tashkilotning jamoatchilik bilan aloqalarini yo’lga qo’yishdir. Shu vazifani uddalayotgan Axborot xizmatlari bilangina OAV xodimlari ham hamkorlik o’rnatishga intiladi. Jurnalist biror axborotga ega bo’lmoqchi bo’lsa, u aniq va ishonchli manbaga suyanishni istaydi. Bu borada tashkilotning Axborot xizmati unga ishonchli axborot manbai bo’lib xizmat qiladi. OAV xodimi talab qilgan axborotni taqdim etish axborot xizmatining asosiy qismidir.
Xulosa
Xulosa qilib shuni ta`kidlash joizki kompyuter juda murakkab texnika uni o`rgangan sayin uni ichida kechayotgan jarayonlarni ham tushunib boramiz. Biz uchun oddiygina tuyilgan jarayon ham kompyuterda murakkab funksiyalardan so`ng amalga oshiriladi. Faqatgina biz bu muddatni hatto sezmaymiz ham. Shuning uchun ham kompyuterlarda operatsion tizim muhim ahamiyatga ega. Operatsion tizimsiz kompyuterni tasavvur etishni o`zi mushkuldir. Axborot texnologiyalari sohasida karyera juda ko'p imkoniyatlarni taklif etadi. Bill Geyts (Microsoft asoschisi) va Mark Zukerburg (Facebook asoschisi) kabi taniqli odamlar IT-ga aralashib ko'p pul ishlashadi. Bugungi kunda kompaniyalar, maktablar, banklar va deyarli har bir soha kompyuter tahlilchilari va dasturiy ta'minotchilar xizmatlari bilan samarali ishlay olmaydiIT axborotni uzatish bilan cheklanib qolmaydi. Bu minglab xizmatlarni qamrab oladigan va iqtisodiyot, biznes, axloq qoidalari va aloqa kabi sohalarni qamrab oladigan yirik sanoatdir. IT axborotni uzatish bilan cheklanib qolmaydi. Bu minglab xizmatlarni qamrab oladigan va iqtisodiyot, biznes, axloq qoidalari va aloqa kabi sohalarni qamrab oladigan yirik sanoatdir. Asosan, ushbu sertifikatlashtirish sizga informatika sohasidagi tajribaga ega bo'lish imkoniyatini beradi va shuningdek, mehnat bozorida raqobatdoshlikni ta'minlaydi. Shunday qilib, magistrlik darajasini olish uchun talabalar matematika, informatika va aloqa sohalarida malakali bo'lishlari kerak. Shu bilan birga menedjment kursi magistratura bo'limiga ham kiritilgan. Aslida, agar siz magistrlik ilmiy darajasiga ega bo'lsangiz, ish uchun ariza beruvchiga ega bo'lasiz, sizga yuqori darajadagi ish joyi va daromadli ish haqi beriladi. Aksariyat kompyuterlar va axborot tizimlari menejerlari doimiy ish kunida ishlaydi. Ba'zilar haftasiga 40 soatdan ko'proq ishlaydi.
Axborot texnologiyalari yuqori ma'lumotli ishchilarga muhtoj bo'lgan doimiy o'zgaruvchan va rivojlanayotgan martaba sohasidir. Agar siz ushbu muhim arenada muvaffaqiyat qozonishga tayyor bo'lsangiz, keyingi bosqichga o'ting. Dasturingizni quyida qidirib toping va qo'rg'oshin shaklini to'ldirib, o'zingiz tanlagan maktabning qabul komissiyasiga murojaat qiling. Axborot texnologiya, kompyuter, internet kabi atamalar allaqachon hayotimizning ajralmas bir qismiga aylanib ulgurdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |