Inson qadrini ulug’lash
Xonadonda chaqaloq dunyoga keldi.Uni suyib go’zal ism qo’yishdi,chiroyli bezatilgan beshikka belashdi,yomon ko’zdan asrasin deb ko’zmunchoqlar taqishdi.Qo’y so’yilib ,elga osh berildi.Ota ona farzandi kamol topishi uchun bor mehrini bag’ishlaydi,mehnat qilishadi,go’zal tarbiya berishadi.Go’yoki VATAN singari.Har bir inson dunyoga kelar ekan ,qaysi yurtda ,qaysi tuproqda kindik qoni to’kilmasin ,u o’sha jamiyatda huquq va erkinliklarga ega bo’lmog’I ,burch va majburiyatlarini bilmog’i,o’z zaminida ardoqlanmog’I va o’z o’rnini topmog’I lozim.Shukrki,biz o’zbek xalqi anashunday mamlakatda dunyoga keldik.Inson qadri-qimmati ulug’langan vatanda yashamoqdamiz.Eski tuzum davriga nisbatan ‘’inson qadri’’tushunchasi ongimizga ko’proq singib bormoqda.Tarixga nazar solar ekanmiz,bizning millatimizda inson qadri hamisha eng oliy o’rinlarda turgan,uning sha’ni,or-nomusi yuksaklarga ko’tarilgan.Yevropa mamlakatlari bilan solishtiradigan bo’lsak ,g’arbda qulchilik,irqchilik,tabaqalashtirish avj olgan va davom etayotgan bir davrda,o’zbek xalqi hamisha bir-biriga mehr-oqibatli,g’amxo’r bo’lib kelishgan.Shunisi ahamiyatliki ,inson huquqlarini himoya qilish ,inson qadrini ulug’lash bizning millatimiz uchun yangi termin,yangi tushuncha emas,balki,bizning qadriyatlarimizning bir bo’lagidir.Shu o’rinda,inson qadri tushunchasiga qo’shimcha sifatida shuni aytib o’tmoqchimanki,Inson qadri –bu ham din ,ham dunyoviy qarashlarning bir- biri bilan mujassamligidir.Ma’lumki,islom dinida avallambor inson zoti ulug’lanadi,barcha mavjudotlardan oliy o’ringa qo’yiladi,barcha narsalar inson uchun xizmat qilishi kerakligi aytiladi.Shunga bog’liq tarzda,konstitutsiyamizda va fuqarolik kodeksida ham anashu qadriyatlarga tayangan holda qonun-qoidalar belgilab qo’yilgan.
Bugun yurtimiz qanday katta yutuq va marralarga erishganining tasdiqg’ini anglash uchun so’nggi yillarda qo’lga kiritilgan natijalar ,Bugungi salohiyatini o’zida yaqqol ifoda etadigan ko’rsatkichlarga e’tibor qaratish o’rinlidir.Bu aholi daromadlarining jadallik bilan o’sib borayotgani,odamlarning sifatli tibbiy va maishiy xizmat turlari bilan ta’minlanayotgani,yashash uchun zarur ehtiyojlarning kengayib borayotgani va qondirilayotganida yaqqol namoyon bo’lmoqda.Buning isbotini odamlarning turmush tarzidan qoniqish his qilayotgani,hayotidan mamnunligi va yuzlaridagi tabbassumida ,shuningdek, tug’ilishlar soni ortib ,keksalarning uzoq va sog’lom hayot kechirayotgani misolida ko’rish mumkin.Aytish joizki,shu davrda inson huquq-erkinliklari va manfaatlari oliy qadriyat sifatida belgilanib amalda unga rioya etila boshlandi.Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich ta’kidlaganlaridek,bugun xalq davlat uchun emas ,davlat xalq uchun xizmat qiladigan,sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faqatgina jazolovchi emas ,balki huquq va manfaatlarimizni himoya qiladigan,inson o’zini har tomonlama himoyalanganini his qiladigan davrga yetib keldik.Aholining huquqiy ongini va madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.Dunyoda inson qadri ,baxt indeksi kabi ko’rsatkichlarda O’zbekiston nomi bir necha o’rinlarga oldinga siljidi.Bundan ko’rinib turibdiki,Yangi O’zbekistonda o’zbek xalqi har qachongidanda baxtli,erkin va mamnun yashamoqdalar.
So’zimni yakunlar ekanman ,beixtiyor Prezdentimizning so’zlariga murojaat qilmoqchiman;”Biz-dunyoga,dunyo-bizga ochiq bo’lishi kerak.Bugungi hayot,bugungi taraqqiyotning talabi ham aslida shu.Biz anashu hal qiluvchi tamoyini albatta hyotimiz qoidasiga aylantiramiz’’Bugun anashu so’zlarning amalda tadbig’ini har sohada kuzatib bormoqdamiz.O’zbekiston yana bir uyg’onish davriga qadam qo’yib ,inson qadri ulug’,huquqlari qadr topgan buyuk bir davlat bo’lmog’I muarrardir.
Bugun inson unda qadr topgan yurt,
Erkin va hotirjam tonglar otgan yurt,
Havotiri yo’q xalq qo’nim topgan yurt,
Qalamim singaydir seni yozmasam.
Qahorova Nafisa 2105 XTA KECHKI.
Do'stlaringiz bilan baham: |