57
40-§. XIX asr birinchi yarmida Markaziy Osiyo uchun
Buyuk Britaniya – Rossiya raqobatchiligi
UYGA VAZIFA:
1-TOPSHIRIQ: TEST SAVOLLARI
1. O‟rta Osiyo masalasida Buyuk Britaniya va Rossiya o‟rtasida raqobat qachon kuchayib ketdi?
A) XIX asrning birinchi yarmi
B) XIX asr ikkinchi yarmi
C) XVIII asr oxirlari
D)
XVIII asr boshlari
2. Murkford qachon Buxoroga kelgan?
A) 1826-yil mart
B) 1839-yil yanvar
C) 1831-yil dekabr
D) 1825-yil fevral
3. Qaysi ingliz ekspeditsiyasi tarkibida 70 kishi bo‟lgan?
A) Volf
B) A.Byorns
C) Murkford
D) Berg
4. Qaysi ingliz elchisi 80 sandiq turli xil mollar bilan Buxoro qushbegisiga uchrashgan?
A) A.Byorns
B) Volf
C) Berg
D) Murkford
5. Qaysi ingliz elchisi Buxoro xonligini har tomonlama o‟rganishga , mahalliy hukmdorlar orasida inglizlarga tarafdor guruhni
shakllantirishga muvaffaq bo‟lgan?
A) Murkford
B) Volf
C) Berg
D) A.Byorns
6. Rus hukumati qachon rus elchisi Berg boshchiligida Ustyurtga ekspeditsiya yuborib, Markaziy Osiyoga boradigan yo‟llarni
yanada aniqroq belgilab oldi?
A) 1832-yil
B) 1825-yil fevral
C) 1826-yil
D) 1839-yil
7. Qaysi ingliz josusi o‟zini arman savdogari deb tanitgan, qo‟lida hind va afg‟on savdogarlarining tavsiyanomalari bo‟lgan?
A) Volf
B) A.Byorns
C) Berg
D) Murkford
8. Murkford 1825-yil fevral oyida qayerga kelgan?
A) Toshkent
B) Buxoro
C) Xiva
D) Qo‘qon
9. Angliya qachon Afg‟onistonga harbiy harakatlar boshladi va Rossiya-Buyuk Britaniya munosabatlari keskinlashib ketdi?
A) 1840-yil
B) 1839-yil
C) 1838-yil
D) 1837-yil
10. O‟rta Osiyoga kelib turgan ingliz josuslari kimlar?
1)Murkrofd 2)Jeyms Ebbot 3)Florio Beneveni 4)Charlz Stoddort 5)Konnoli 6)Volf 7)Richard Shekspir 8) Berg
A) 1, 3, 5, 7, 8
B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
C) 2, 3, 4, 5
D) 1, 2, 4, 5, 6, 7
11. Rus hukumati qaysi rus elchisi boshchiligida Ustyurtga ekspeditsiya yuborib, Markaziy Osiyoga boradigan yo‟llarni yanada
aniqroq belgilab oldi?
A) Berg
B) I.Xoxlov
C) F.Beneveni
D) Perovskiy
12. Rossiya imperiyasi Xiva xonligiga birinchi harbiy yurishni qachon boshlagan?
A) 1839-yil
B) 1838-yil
C) 1840-yil
D) 1837-yil
13. A.Byorns qachon Buxoroga kelgan?
A) 1826-yil
B) 1839-yil
C) 1832-yil
D) 1825-yil fevral
14. Perovskiy qaysi hududning general-gubernatori?
A) Aralsk
B) Saratov
C) Orenburg
D) Moskva
15. Perovskiy nima uchun orqaga qaytgan?
A) sovuq va yem-hashakning tugashi
B) mahalliy aholining qattiq qarshiligi
C) jazirama issiq va otlarga o‘lat tegishi
D)
oziq-ovqatning tugashi
16. 1847-yilda Rossiya Markaziy Osiyoga olib boradigan yo‟lda ikkita istehkom qurdiradi.Bular qaysilar?
1)Aralsk shahri yaqinidagi Raim 2)Yettisuv Olatog‘idagi Kopal 3) Or daryosi bo‘yidagi Orenburg 4) Issiqko‘k yaqinidagi Verniy
A) 2 va 3
B) 1 va 4
C) 1 va 2
D) 3 va 4
17. Qaysi sabab Rossiya olib borgan siyosatda harbiy yo‟l bilan Markaziy Osiyoni ishg‟ol etish tomon burilish ro‟y berganligining
yaqqol isbotidir?
A) Raim va Kopal istehkomlarining qurilishi
B) F.Beneveni elchiligi
C) Perovskiy ekspeditsiyasi
D) Orenburg va Verniy istehkomlarining qurilishi
18. Rossiya imperiyasi Xiva xonligiga birinchi harbiy yurishni kim boshchiligida boshlagan?
A) Berg
B) I.Buxgols
C) B.Cherkasskiy
D) Perovskiy
19. Qaysi Qo‟qon xoni yangi istehkom qurilishidan norozi bo‟lgan?
A) Muhammadalixon
B) Xudoyorxon
C) Sheralixon
D) Murodxon
20. Qaysi hudud Rossiya va Buyuk Britaniya mustamlakalarini ajratib turishi kerak edi?
A) Afg‘onsiton
B) Hindiston
C) Eron
D) Tibet
TEST SAVOLLARIGA O‟QUVCHINING JAVOBLARI:
Savol
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
JAMI:
Javob
Ball
O‟quvchiga mavzu yuzasidan berilgan topshiriqlarni nazorat qilib boruvchilar tomonidan tekshirib borilishi :
Fan o‟qituvchisi: ____________ ______________________ Ota-onasi: ___________ ______________________
(imzo) (Ismi sharifi) (imzo) (Ismi sharifi)
8-sinf O‟zbekiston tarixi fanidan TOPSHIRIQLAR
58
1. 1428-1468-yillar - «O‘zbek ulusi»da Abulxayrxonning hukmronligi.
2. 1428-yil - Abulxayrxon Sharqiy Dashti Qipchoqni egallab, alohida davlatga asos soladi. Tarixiy
manbalarda bu davlat «O‘zbek ulusi» (o‘zbeklar mamlakati) deb ham ataladi.
3. 1447-yil - Xuroson hukmdori Shohrux vafot etishi va Xuroson davlatining parchalanishi.
4. 1468-yil - Abulxayrxon vafot etishi bilanoq, «O‘zbek ulusi» parchalanib ketdi.
5. 1469-1506-yillar - Xurosonda Sulton Husayn Boyqaroning hukmronligi.
6. 1483-yil 14-fevral - 1530-yil 26-dekabr Bobur Mirzoning yashagan yillari.
7. 1493-1529-yillar - Bobur «Boburnoma»da bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar haqida yilma-yil hikoya
qiladi.
8. 1494-1495-yillar - Movarounnahrda Sulton Mahmudning hukmronligi.
9. 1494-yil - Bobur Mirzoning amakisi Sulton Ahmad Mirzo Farg‘ona ustiga yurish 1494-yil -
Umarshayx Mirzo baxtsiz hodisa tufayli halok bo‘lgach, hokimiyat 11 yoshli Bobur Mirzo qo‘liga
o‘tdi.
10. 1495-1497-yillar - Movarounnahrda Boysung‘ur Mirzoning hukmronligi.
11. 1495-yil yanvar - Samarqand taxtiga Sulton Mahmud Mirzoning ikkinchi o‘g‘li Boysung‘ur Mirzo
o‘tqizildi. Shunday qilib, Andijonda Bobur Mirzo, Samarqandda Boysung‘ur Mirzo, Toshkentda
Sulton Mahmudxon, Hirotda esa Sulton Husayn Boyqaro hukmronlik qiladilar.
12. 1496-yil 17-iyun - Bobur Mirzo birinchi martta Samarqandga yurishi
13. 1497-yil may - Bobur Mirzo ikkinchi marta Samarqandga yurish bollaydi.
14. 1497-yil noyabr oxiri - Bobur Mirzo Samarqand taxtini egallaydi.
15. 1499-yil - Muhammad Shayboniyxon Movarounnahrni zabt etishni boshlashi.
16. 1500-1556-yillar - yetuk tarixchi olim Mirza Muhammad Haydar yashagan yillar.
17. 1500-yil - Bobur Mirzo bilan Jahongir Mirzo o‘rtasida sulh tuzildi.
18. 1500-yil - Muhammad Shayboniyxon Samarqandni jangsiz egalladi.
19. 1500-yil kuz - Bobur Mirzo Samarqandga yurish boshladi. Bobur Mirzo Samarqand taxtini ikkinchi
marta egalladi.
20. 1501-yil - Muhammad Shayboniyxon Samarqandni uzil-kesil egalladi. Katta qo‘shinga ega bo‘lgan
Muhammad Shayboniyxon endi butun Movarounnahrni egallay boshladi.
21. 1501-1601-yillar – Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hukmronligi.
22. 1501-yil aprel - Zarafshon bo‘yidagi Saripul qishlog‘i yaqinida yuz bergan og‘ir urushda Bobur
Mirzo yengildi. Bobur Samarqandni tark etib, o‘zga yurtlarga ketadi.
23. 1503-yil - Shayboniyxon tomonidan Toshkent va Shohruxiya shaharlari egallanadi. Shayboniyxon
Ulug‘bek Mirzoning Abulxayrxonga uzatilgan qizi Robiya Sultonbegimning o‘g‘illari
Ko‘chkunchixon va Suyunchxo‘jaxonlarni Toshkent va Shohruxiyaga hokim etib tayinladi.
24. 1504-yil - Farg‘ona zabt etildi. Shu tariqa butun Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hukmronligi
o‘rnatildi. Samarqand shahri poytaxt etib belgilandi.
25. 1504-yil sentabr - Bobur Mirzo Kobulga borib, bu yerda hokimiyatni qo‘lga kiritdi.
26. 1505-yil - Muhammad Shayboniyxon Urganch shahrini bosib oldi.
27. 1506-1509-yillar - Shayboniyxon tomonidan Xuroson zabt etildi.
28. 1506-yil - Sulton Husayn Boyqaro vafot etdi.
29. 1507-yil - Muhammad Shayboniyxon Xurosonni bo‘ysundiradi. Butun mintaqani yagona bir markaz
--- Samarqand qo‘l ostida birlashtira oldi.
30. 1507-yil - Shayboniyxon tomonidan pul islohoti o‘tkazildi.
31. 1510-1530-yillar – Movarounnahrda Ko‘chkunchixon hukmronligi.
Do'stlaringiz bilan baham: