2. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining vakolatlari va faoliyati qayta ko‘rib chiqiladi:
mahalliy kengash raisining bir vaqtning o‘zida xokim bo‘lishi tajribasi batamom tugatiladi;
mahalliy kengashlarning ijro xokimiyatini shakllantirishdagi roli va nazorat qilish funksiyalari keskin kuchaytiriladi;
mahalliy kengash deputatining deputatlikdan boshqa vazifani egallashi mumkinligi to‘g‘risidagi tartib bekor qilinadi.
«Mahalliy budjetlarni tasdiqlash hokimning xohishi bilan emas, xalqning xohishi bilan, mahalliy kengash qarori orqali amalga oshiriladigan bo‘ladi», — dedi «Milliy tiklanish» nomzodi.
Do'stlaringiz bilan baham: |