„inson huquqlarining uch avlod“



Download 36,99 Kb.
bet2/3
Sana14.06.2022
Hajmi36,99 Kb.
#670670
1   2   3
Bog'liq
Inson huquqlari referat

Inson Huduqlari barcha insonlarning umumbashariy va ajralmas huquqlari boʻlib, qaysidir davlatga, millatga, fuqarolikka yoki dinga tegishli boʻlmasin hamma uchun bir hildir. Bu huquqlar Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga asoslangan. Inson Huquqlari xalqaro koʻlamda amal qilinib, xalqaro qonunlar, dunyoviy va diniy muassasalar, hukumatlar siyosati va nodavlat tashkilotlari tomonidan dunyo siyosatiga juda ham katta taʼsir koʻrsatadigan doktrinadir. Inson Huquqlari bu insonlarga berilgan imtiyoz boʻlib u dunyoning koʻpchilik taraqqiy etgan mamlakatlarida qonunlar, konstitutsiyaviy qadriyatlar normalari yoki halqaro konventsiyalar orqali tan olingan.
Inson huquqlari - insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoni-yatlari hamda daʼvolarini tavsiflovchi tushuncha. Inson huquqlarini erkin va samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik ja-miyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir. Inson huquqlarini mutlaq va nisbiy Inson huquqlariga boʻlish qabul qilingan. Yashash huquqi, qiynoklarga, zoʻravonlikka, inson shaʼnini yerga uradigan boshqa xil muomalaga yoki jazoga duchor etilmaslik huquqi, shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi, shaxsiy va oilaviy sir saklash huquqi, oʻz shaʼni hamda yaxshi nomini himoya etish huquqi, vijdon erkinligi va dinga eʼtiqod qilish huquqi, shuningdek, sud tomonidan himoya qilinish va odil sudlov huquqi hamda shular bilan bogʻliq eng muhim protsessual huquqlar mut-laq Inson huquqlari sirasiga kiradi. Qolgan hamma Inson huquqlari nisbiy boʻlib, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy qilingan vaziyatda cheklab yoki toʻxtatib qoʻyilishi mumkin. Demokratik davlatda mutlaq Inson huquqlarini har qanday vaziyatda ham cheklashga yoki vaqtincha toʻxtatishga (bekor qilishga) yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, jumladan, shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy huquklari, iq-tisodiy va ijtimoiy huquklari, shuningdek, Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari belgilab berilgan (18— 52-moddalar). Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar (18-modda). Jumladan, yashash huquqi — har bir insonning uzviy huquqi. Inson hayotiga suiqasd qilish — eng ogʻir jinoyat hisoblanadi (24-modda). Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim konunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi; qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas (25—26-moddalar). Har kim oʻz shaʼni va obroʻsiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga; fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi xuquqiga ega (27—29-moddalar). Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xoh-lagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi (31-modda).
Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda Inson huquqlari va erkinliklarining ustunligidan kelib chiqadigan, xalqaro miq-yosda qabul qilingan yangi yuridik ta-moyil va talablarga asoslangan keng hukuqiy muhit vujudga keltirildi. Totalitar tuzumning tazyiq va zoʻravonligidan huquqiy meʼyorlar sari keskin burilish yasaldi. Respublika qonunlarini Inson huquqlari sohasidagi xalqaro meʼyorlar va andozalarga muvofiklashtirish, mazkur sohada Milliy harakat dasturini ishlab chiqish, Inson huquqlarini himoya qiladigan muassasalarning yaxlit tizimini barpo etish, Inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar va hujjatlarga qoʻshilishda davom etib, bu hujjatlar boʻyicha majburiyatlarni bajarishning, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar shu hujjatlar talablariga soʻzsiz rioya qilishining mexanizmi yaratildi.Inson huquqlari va kafolatlari O'z. Res. Konst.ning 7,8,9,10 boblarida berilgan.[1]
“Inson huquq va erkinliklariga amal qilinishini taʼminlash, har bir shaxsning qadr-qimmatini eʼzozlash biz barpo etayotgan ochiq, erkin va adolatli jamiyatning ajralmas xususiyatidir”, deya taʼkidlagan edi Prezidentimiz oʻz maʼruzalarining birida.
Haqiqatdan ham Oʻzbekistondagi islohotlarning zamirida “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan hayotbaxsh gʻoya mujassam. Shu sababli jamiyatda oʻzaro tenglik, adolat va haqiqatni qaror toptirish uchun ham inson huquqlari birinchi galda Asosiy qonunlarda kafolatlanadi.
Bosh qomusimizda inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi eʼtirof etilgan. Xususan, Konstitutsiyamizning 26-moddasi ikkinchi qismida hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas, deb belgilab qoʻyilgan.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda inson huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlarini har tomonlama taʼminlovchi huquqiy tizim yaratildi.
Oʻtgan davrda qabul qilingan qonunlar hayotimizning barcha sohalarini huquqiy tartibga solish bilan birga, fuqarolarning huquq va manfaatlarini taʼminlashga xizmat qilayotir.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida Oʻzbekiston Respublikasi tarixda ilk bor BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi aʼzoligiga saylangani shubhasiz, bu boradagi Oʻzbekiston saʼy-harakatlarining xalqaro darajadagi eʼtirofidir. Buni Prezidentimiz rahnamoligida oxirgi yillarda inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha olib borilayotgan izchil islohotlarning natijasi, desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi.
Yana bir muhim jihat. Oʻzbekistonning ushbu muhim xalqaro tuzilmaga saylanishi, albatta, mamlakatimizda inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini izchil taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarning amaliy ifodasidir.
Binobarin, oʻtgan davrda yurtimizda inson huquqlari sohasida koʻp ishlar qilinib, bu sohasidagi holat butunlay oʻzgardi. Majburiy va bolalar mehnati toʻliq tugatilib, inson huquqlari boʻyicha Milliy strategiya qabul qilindi. Eng muhimi, BMTning fuqaroligi boʻlmagan insonlar sonini kamaytirishga qaratilgan chaqirigʻiga javoban joriy yilning oʻzida 50 ming yurtdoshimizga Oʻzbekiston fuqaroligi berildi.
Aytish mumkinki, ushbu tarixiy voqelik parlament xususan, Qonunchilik palatasi zimmasiga ham katta masʼuliyat yuklaydi. Endilikda inson huquqlari sohasida boshlangan ishlarni, jumladan sohaning qonunchilik va tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlash, inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, eng asosiysi, xalqaro majburiyatlarni bajarishda parlament nazoratini kuchaytirish lozim.
Xulosa qilib aytganda, inson haq-huquqlari va uni himoya qilish barcha jamiyat uchun hamisha dolzarb boʻlib kelgan. Oʻzbekistonning inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan saʼy-harakatlari nafaqat inson manfaatlari taʼminlanishiga, balki doʻstona munosabatlar qaror topishiga ham zamin yaratadi
Bugun mamlakatimizda jamiyatning barcha sohalarida, jumladan, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash borasida keng ko'lamli demokratik o'zgarishlar ro'y bermoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Prezidentning Xalq va Virtual qabulxonalari faoliyatining yo'lga qo'yilishi bu borada muhim qadam bo'ldi. Bu chora-tadbirlar “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan insonparvarlik tamoyilini to'la ro'yobga chiqarishda muhim omil bo'lmoqda.
Ayni paytda O'zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi saksondan ortiq xalqaro hujjat me'yorlarini milliy qonunchilikka va huquqni qo'llash amaliyotiga tizimli hamda bosqichma-bosqich implementatsiya qilish masalalariga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.
Jamiyatimizda bu borada ro'y berayotgan muhim siyosiy-ijtimoiy yangiliklardan xalqimizni o'z vaqtida xabardor etish maqsadida davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, ta'lim muassasalari aholi orasida umuminsoniy qadriyatlar, inson huquqlarini hurmat qilish va ularga rioya etish tamoyillarini ommalashtirishga, shuningdek, fuqarolarning huquqiy axborotdan foydalanishini ta'minlashga keng jalb etilgan.
Barcha iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha qabul qilinayotgan investitsiya loyihalari yangi ish o'rinlarini yaratish, shuningdek, mehnat migrantlarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Bandlikka ko'maklashish jamg'armasi, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg'armasi tashkil etildi.
Mamlakatimiz aholisining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va sog'lig'ini muhofazalash, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish, ekologik muhitni barqarorlashtirish, gender tenglikni ta'minlash yuzasidan muhim loyihalar hayotga tat­biq etilayotir. Bu ishlarning natijalari xalqaro reytinglarda alohida e'tirof etilayotgani quvonarlidir. Xususan, BMT tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlarning 2020 yilgi natijalariga ko'ra, Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) global reytingida O'zbekiston 71,02 foiz natija bilan 190 dan ortiq mamlakat orasida 66-o'rinni ­egalladi.
Ayni paytda bu yo'nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida 2030 yilgacha kambag'allikni qisqartirish kontseptsiyasi loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Hammaning qonun oldida tengligi, insonparvarlik, adolatlilik, sud hokimiyatining mustaqilligi ta'minlanishi ham bevosita inson huquqlari ustuvorligiga xizmat qilmoqda. SHu tufayli fuqarolarning siyosiy huquqlari, fikr, so'z va vijdon erkinligi kafolatlanmoqda. Mamlakatimizda diniy erkinlik borasida ham qator amaliy ishlar qilindi. Millatlararo totuvlik va dinlararo bag'rikenglik yanada mustahkamlanmoqda.
O'zbekistonda inson huquqlariga rioya qilish va uni himoya qilishning milliy mexanizmlari ham takomillashib bormoqda. Oliy Majlisning inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) va Inson huquqlari bo'­yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan birga Bola huquqlari bo'yicha vakil va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil kabi yangi lavozimlar joriy etildi.
Kam ta'minlangan oilalar, nogironligi bo'lgan shaxslar, mehnat migrantlari, bolalar, yoshlar, ayollar, katta yoshdagilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash bo'yicha ishlar tubdan qayta ko'rib chiqildi. Oila institutini mustahkamlash bo'yicha kontseptsiya qabul qilinib, oilaviy mojarolarni hal etish mexanizmlari yaratildi.
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarining huquqiy asoslari mus­tahkamlandi. Xususan, davlat xotin-qizlar va erkak­larga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, saylov jarayonida teng ishtirok etishda, sog'liqni saqlash, ta'lim, fan, madaniyat, mehnat va ijtimoiy himoya yo'nalishlarida, shuningdek, davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida teng huquq hamda imkoniyatlar ta'minlanishini o'z kafolatiga oldi.
Inson huquqlarining eng muhim sharti bo'lgan shaxs­ning fuqaroligini tiklash bo'yicha ham salmoqli qadamlar qo'yildi. Ko'p yillar davomida yurtimizda yashab kelayotgan bo'lsa-da, fuqarolik ololmay yurgan, bu yuksak maqomni uzoq vaqt intiqib kutgan 50 mingdan ziyod kishiga O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi.
O'zbekiston xalqaro maydonda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash sohasida ham tashabbus ko'rsatmoqda. Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida kurrai zaminimizdagi ikki milliarddan ortiq yigit va qizning haq-huquqlarini ta'minlash maqsadida YOshlar huquqlari to'g'risidagi konventsiyani qabul qilish to'g'risidagi taklifi jahon hamjamiyati tomonidan yakdillik bilan qo'llab-quvvatlandi. BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida esa davlatimiz tashabbusi bilan Ma'rifat va diniy bag'rikenglik to'g'risidagi rezolyutsiya qabul qilindi.
SHu yil avgust oyida bo'lib o'tgan, eng nufuzli xalqaro, mintaqaviy va nodavlat notijorat tashkilotlarning 1000 nafardan ko'proq vakillari ishtirok etgan “YOshlar-2020: global hamjihatlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlari” mavzusidagi Inson huquqlari bo'yicha Samarqand onlayn forumi yakunlari bo'yicha qabul qilingan rezolyutsiya BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida taqdim etildi.
Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida esa barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish va inson huquqlarini ta'minlashda parlamentlar rolini oshirish to'g'risida BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etdi.
Bu yo'nalishdagi keng ko'lamli ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi qabul qilindi. Milliy strategiyada O'zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va ularga rioya qilish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanishi belgilab qo'yildi.
Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta'minlash yuzasidan olib borilayotgan islohotlar dunyo hamjamiyati tomonidan munosib e'tirof etilmoqda. Bu O'zbekiston tarixda birinchi marta BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashiga o'z guruhidagi davlatlar orasida eng ko'p ovoz bilan saylanishida yaqqol isbotini topdi. O'zbekistonning bu nufuzli organga saylanishi uning inson huquqlari sohasidagi barqaror sa'y-harakatlari e'tirofi, xalqaro miqyosda tan olinishidir.
BMTning O'zbekistondagi doimiy vakili ­Helena Freyzerning ta'kidlashicha, “O'zbekistonning BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashiga saylanishi katta sharaf. Bu O'zbekiston inson huquqlarini himoya qilishda boshqa mamlakatlarga andoza bo'lishini ang­latadi”.
Holbuki, bundan bir necha yillar avval O'zbekis­tonda inson huquqlari masalasida mavjud ko'p­lab muammolar jamiyat rivojiga jiddiy ta'sir etardi, bu holat turli xalqaro minbarlarda qattiq tanqid qilinardi.
BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi inson huquqlari sohasida eng obro'li xalqaro tashkilotdir. Uning tarkibiga 47 davlat saylanadi. Kengash dunyoda umuminsoniy huquqlar yuzasidan barcha masalalarni va vaziyatlarni muhokama qilish vakolatiga ega tuzilmadir.
Xulosa sifatida aytish kerakki, yurtimizda kechayotgan ulkan islohotlar va yangilanishlar davrida inson huquqlarini himoya qilish eng ustuvor vazifalardan biriga aylangani O'zbekistonda ­demokratik islohotlar ortga qaytmas jarayon ekanining yaqqol ifodasidir. Bu borada BMT hamda boshqa xalqaro tuzilmalar bilan faol hamkorlikni yanada kengaytirish esa, albatta, davlatimizning milliy manfaatlariga xizmat qiladi.
Inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilishning taʼminlanishi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim sharti hisoblanadi. Shunga asosan, Oʻzbekiston oʻz mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning zamirida, inson huquq va erkinliklariga boʻlgan eʼtibor, insonlarning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish, inson huquqlarini eng oliy qadriyat sifatida eʼtirof etish kabi gʻoyalarni bosh maqsad qilib qoʻydi.

Qisqa vaqt ichida fuqarolar huquq va erkinliklarini taʼminlaydigan huquqiy soha tashkil etildi, demokratiya va fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari shakllantirildi, huquqni qoʻllash amaliyoti takomillashtirildi.
Qayd etish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari hamda kafolatlari bilan bir qatorda uning tashkiliy mexanizmlari ham yaratilgan. Konstitutsiyamizda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy huquqlari, jamiyat rivojlanishining strategik yoʻnalishlari, boshqaruvning adolatli va demokratik prinsiplari, shuningdek maʼnaviy qadriyatlarimiz asoslari oʻz ifodasini topgan.
Taʼkidlash lozimki, asosiy qonunimizning 13-moddasiga asosan “Oʻzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi”. Shundan kelib chiqqan holda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar markazida birinchi oʻrinda – inson, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari nazarda tutilganligini koʻrish mumkin.
Shuningdek, mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan amalga oshirilmoqda. Yangi tahrirdagi “Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxs boʻlib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini taʼminlash vakolatlari berilgan”.
Ijtimoiy-siyosiy kafolatlar davlatda amal qilib turgan siyosiy tizim bilan bogʻliq. Ushbu tizim inson huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish uchun xizmat qiladi. Zero, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash koʻpincha davlatning olib borayotgan ijtimoiy siyosatiga bogʻliq boʻladi. Masalan, Konstitutsiyamizning 45-moddasiga koʻra, “Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolgʻiz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir” deb belgilab qoʻyilgan. Darhaqiqat, bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylanishi lozim.
Bundan tashqari, mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlar inson huquqlarining umumeʼtirof etilgan gʻoyalari va qadriyatlariga, shuningdek, xalqaro majburiyatlarga sodiqlik, amalga oshirilayotgan barcha siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich xarakterda ekanligi; demokratiya va ijtimoiy adolat gʻoyalariga sadoqatimizni namoyon etish orqali, xalq hokimiyatchiligini mustahkamlash; xalq vakilligi institutlarini rivojlantirish; demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati shakllanishiga asoslanganlik; insonparvar demokratik huquqiy davlatni barpo etish yoʻlida hamma narsa inson uchun, inson baxt-saodati uchun yaratilganligi kabi va boshqa bir qator demokratik tamoyillar asosida amalga oshirilmoqda.
Koʻrsatib oʻtish joizki, konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlar mazmunan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
– fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzish mumkin boʻlgan harakatlarni taqiqlash hamda chegaralashning yuridik meyorlarini mustahkamlash;
– fuqarolarning oʻz huquq va erkinliklarini hech qanday toʻsiqsiz amalga oshirishlarida davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning masʼulligi;
– tajovuz etishdan himoyalanishni taʼminlovchi maxsus meyorlar (shikoyat, sudga murojaat qilish huquqlari) mavjudligi;
– huquqlarni buzganlik uchun yuridik javobgarlikning belgilanganligi;
– davlat va fuqarolarning huquqlarini amalga oshirishni mustahkamlashda jamoat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslarning faoliyati.
Konstitutsiyaviy kafolatlarga bevosita mamlakat Konstitutsiyasining oʻzida mustahkamlangan kafolatlar kiradi. Inson va fuqarolarning huquqlari kafolatlari ichida fuqarolarning teng huquqliligi tamoyili alohida oʻrin tutadi. Konstitutsiyamizning 18-moddasiga muvofiq, “Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar”.
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan yana biri fuqarolarning murojaat qilish huquqi siyosiy huquqlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Konstitutsiyamizning 35-moddasida “Har bir shaxs bevosita oʻzi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega” ekanligi koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu moddada belgilangan norma fuqarolarning siyosiy huquqlaridan biri hisoblanib, ularning davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga murojaat qilish huquqlarini belgilaydi.
Xulosa sifatida taʼkidlash joizki, inson huquqlari rivojlanishi uzluksiz davom etuvchi va takomillashib boruvchi jarayon hisoblanadi. Shunga koʻra, inson huquqlariga oid norma va qoidalarni har bir shaxs qalbi va ongiga singdirishi, oʻz fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlishi va oʻz navbatida, milliy oʻzlikni anglashga hamda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati shakllantirilishiga oʻz hissasini qoʻshmogʻi lozim. insonga bekamu koʻst yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalarda oʻz imkoniyat va talablarining amalga oshirilishini taʼminlovchi huquqiy maqom. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosidir. OʻzR Konstitutsiyasida qayd etilgan huquq va erkinliklar: qonunlarning mazmuni va qoʻllanilishiga hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyat faoliyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi; Oʻzbekistonning har bir fuqarosiga, uning jinsi, irqi, millati, tili, diniy eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, maslagi, shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan qatʼi nazar, inson huquqlari va erkinliklari buzilmasligini, sud yoʻli bilan himoya qilinishini ka-folatlaydi. Konstitutsiya barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslangan holda, oʻzgalarning huquqlariga hurmat bilan qarash tamoyillarini, oʻzgalarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini buzish hisobiga oʻz huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaslikka, ijtimoiy adolat va hamjihatlikni taʼminlashga qaratilgan. OʻzRda I. va f. h. va e. amalga oshirilishiga davlat kafolat beradi. Oʻz navbatida respublika hududida yashovchi shaxslar Konsti-tutsiyada taʼkidlangan huquq va erkinliklarga, xalqaro huquq meʼyorlariga rioya etishi zarur. Umum eʼtirof qilgan mazkur xalqaro meʼyoriy manbalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsi-yasi, Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya va OʻzR qoʻshilgan yana bir qator xalqaro hujjatlardir.[1]
Download 36,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish